Miloddan avvalgi IV asr
va III asr boshlarida
Xitoyning tobora parchalanib borish jarayoni mamlakatda ishlab
chiqaruvchi kuchlarning va ayirboshlashning rivojlanishiga to‘siq
bo‘ldi. Butun mamlakatda yagona sug‘orish tarmoqlarini vujudga
keltirish, daryo suvlarini muntazam taqsimlab turish ishi barcha
o‘lkalar birlashuvini taqozo etgan. Ammo maydalashuv Sharoitida
buning iloji bo‘lmagan. Shunday hodisalar yuz berganki, bir tumanda
boshqalari bilan kelishmay turib, to‘g‘on qurilishi tabiiy ofat keltirib
chiqargan. Ikkinchi tomondan, o‘zaro dushman bo‘lgan shohliklarning
chegaralarida o‘rnatilgan bojxona g‘ovlari xo‘jalik sohasidagi o‘zaro
munosabatlar taraqqiyotiga to‘sqinlik qilgan. Shuni ham nazarda
tutish kerakki, sinfiy kurashning keskinlashuvi va ko‘chmanchilar
tomonidan solingan xavf hukmdor tabaqalarda mamlakat birligini
tiklashga intilish paydo qilgan. Ichki va tashqi dushmanlarni yengish
uchun quldorlar markazlashtirilgan hokimiyatni mustahkamlashga
muhtoj edilar.
Mamlakatni yangidan birlashtirishda Xitoyning g‘arbiy
tumanlarini o‘z ichiga olgan va hukmronligini janubdan Yanszi
qirg‘oqlarigacha o‘rnatgan Sin shohligi asosiy o‘rin tutdi. Miloddan
Do'stlaringiz bilan baham: |