miloddan avvalgi V asrda ayrim shohliklar o‘rtasidagi kurash
keskinlashdi. Shuning uchun ham miloddan avvalgi V - III asrlar
davri “Kurashuvchi shohliklar” (Chjan -go) nomini olgan.
Miloddan avvalgi VII asrda Si hukmronligida davlat temirni o‘z
monopoliyasiga oldi. Omoch uchun temir tishlardan foydalana
boshlaydilar, bu esa mehnat unumdorligini oshiradi va qishloq
xo‘jaligida ko‘plab qullardan foydalanish imkoniyatini beradi.
Doimo urushlar chiqishi va davlat markazlarining joydan joyga
ko‘chirilishi, “siyosiy sohada”gi o‘zgarishlar qullarning ko‘pincha
yalpisiga ozod qilib yuborilishiga, erkin dehqonlarning esa, aksincha,
qullikka tushishiga olib kelgan. Vaholanki, jamoalar natural xo‘jalikka
asoslangani uchun, ishlab chiqarish usuli o‘zgarmay qolavergan.
Do'stlaringiz bilan baham: |