milodiy 220 yillar). Sin sulolasi hukmdori Sin Shixuandi
hokimiyatiga qarshi dehqonlarning noroziligi ortib, ular ko‘plab
qo‘zg‘olon ko‘tardilar. Miloddan avvalgi 206yili qo‘zg‘olonchi
dehqonlar yo‘l boshchilaridan biri Lyu Ban taxtni egallab, Sin sulolasi
hukmronligiga yakun yasadi va yangi davlatga asos soldi. Bu
qo‘zg‘olon natijasida dehqonlarning iqtisodiy ahvoli birmuncha
yaxshilanib, soliqlar kamaytirildi va davlat mehnat majburiyatlari
yengillashtirildi. Ammo hokimiyat quldor zodagonlar qo‘lida
qolaverdi. Ular, dastlab, dehqonlarga bir oz yon bergan bo‘lsalar ham,
vaqt o‘tishi bilan Sharoit yana ilgarigi ahvoliga qaytdi.
Mehnatkashlar ommasining xonavayron bo‘lishi quldorlikni
yanada o‘sishi va mamlakatda qullar sonining ortishiga sabab bo‘ldi.
Nochor ahvolda qolib, amal-taqal tirikchilik qilgan kambag‘allar
ko‘pincha bolalarini qul qilib sotishga majbur bo‘lganlar.
Urush yillarida mamlakat xo‘jalik hayoti izdan chiqib, hukumat
qo‘shimcha soliqlar solar edi. Xan sulolasi davrida odatiy soliqlardan
tashqari, hosilga qarab natural soliq joriy qilingan bo‘lib, u yeri bor
odamlardan olingan. Shu bilan birga aholidan olinadigan pul solig‘i
joriy qilingan. U-di hukmronligi davri xazina tushumini oshirish
maqsadida tuz va temirga monopoliya joriy qilingan. Qul savdosi
rivojlanib, maxsus qul bozorlari vujudga kelgan.
Qullar soni ko‘payganligiga qaramay, ularning mehnati u qadar
foyda bermay qo‘ydi. Qullar mehnatining unumini oshirish maqsadida
qullarga kichikroq yer berilib, shaxsiy xo‘jalik yuritishga ruxsat
etilgan.
273
Ayni vaqtda ijara munosabatlari ham taraqqiy eta borib,
dehqonlar boylar yerini hosilning 50% evaziga ijaraga olganlar. Ijara
haqining Yuqoriligi tufayli ko‘plab dehqonlar asoratga tushganlar.
Xan davrida Xitoyning tashqi savdosi o‘sib, istilochilik siyosati
keng ko‘lamda yuritildi. Xitoyliklar miloddan avvalgi II asr oxirlarida,
imperator U-di davrida (miloddan avvalgi 140 - 87 yillar) g‘arbning
uzoq joylari, O‘rta Osiyogacha, “G‘arbiy chet joy” (Si yuy) deb
atalgan mamlakatga qadar kirib borganlar. Xitoy karvonlari Sharqiy
Turkiston orqali Amudaryo va Sirdaryo oralig‘idagi o‘lkalarga yetib
borgan. Xitoyliklar, ayniqsa, Farg‘ona bilan savdo munosabatini
o‘rnatganlar. Xitoy mollarini Eron savdogarlari bu yerdan Suriya,
Eron, hatto Rim imperiyasigacha olib borganlar.
Muhim savdo yo‘li - “Buyuk Ipak yo‘lini” qo‘lga kiritishga
intilish istilochilik siyosatining davom etishiga sabab bo‘ldi. Xitoylik
sarkarda va diplomat Ban Chao (miloddan avvalgi 32 - 102 yillar)
Sharqiy Turkistonga bir necha marta qo‘shin tortib borgan va istilo
qilgan. Xitoyliklar Sharqda Koreya, Hindi-Xitoyning ayrim
hududlariga ham kirib borib, Hindistonga yo‘l ochmoqchi bo‘lganlar.
Tashqi savdo va istilochilik siyosati kengayib borishi oqibatida
zodagonlar yanada boyiganlar.
Xan davrida Xitoy davlati qudratining oshishi madaniyatning
yuksalishida ham o‘z ifodasini topgan. Manbalarda ko‘rsatilishicha,
bu vaqtda akademiya, kutubxona tashkil qilingan, davlat
yozuvchilarga homiylik qilgan, ochiq imtihonlar o‘tkazib,
amaldorlarning malakasini oshirgan. Ammo mehnatkash xalq ahvoli
og‘ir bo‘lib qolavergan.
Ijtimoiy ziddiyatlarni kamaytirish maqsadida Dun Chjunshu, Van
Chun va Van Man islohotlar o‘tkazishga harakat qilganlar. Dun Chjun
- katta yer-mulklarning bir kishi qo‘lida bo‘lishini ta'qiqlash, tuz va
temir monopoliyasi, “quldorlarning o‘z qullarini qatl etish huquqini
bekor qilib, quldorlikka barham berish”, soliqlarni kamaytirish, harbiy
va mehnat majburiyatlarini yengillashtirishni taklif etgan.
Xitoyda o‘tkazilgan islohotlar kutilgan natija bermagan.
Pirovardida kambag‘allar ocharchilik natijasida ko‘targan
qo‘zg‘olonlari tobora kuchayib bordi.
Fan Chun boshchiligida 18-yilda ko‘tarilgan “qizil qoshlilar”
qo‘zg‘olonida Shandun aholisining ko‘p qismi ishtirok etdi. Van Man
274
islohotlaridan norozi ayrim zodagonlar ham qo‘zg‘olonga qo‘shildilar.
Fan Chun rahbarligidagi 10 ming kishilik qo‘zg‘olonchilar lashkari
Van Man qo‘shinini mag‘lub etdi. 23-yili Van Man qo‘shini batamol
tor-mor etilib, poytaxtni qo‘zg‘olonchilar egallab olishdi. Lekin 27-
Do'stlaringiz bilan baham: |