yilda
“qizil qoshlilar” orasiga kirib olgan zodagonlar
qo‘zg‘olonchilardan ustun kelib, ularni tor-mor keltirganlar va avvalgi
tartibni qayta tiklaganlar.
184-yilda yana bir katta qo‘zg‘olon ro‘y berdi. Bu Chjan Szyao
rahbarligidagi “sariq ro‘molliklar” qo‘zg‘oloni bo‘ldi.
Qo‘zg‘olonchilarning qo‘shini bir necha yuz ming kishiga yetgandi va
ko‘p sonli qullardan iborat alohida bo‘linmalari ham bor edi. Bu
ommaviy, haqiqiy xalq harakati keng tus olganiga qaramay,
qo‘zg‘olon bostirilgan. Biroq Xan sulolasi hokimiyatni o‘z qo‘lida
saqlab qola olmadi. Ko‘pdan-ko‘p qo‘zg‘olonlar Xan davlatini holdan
toydirib, davlatni parokanda bo‘lishiga sabab bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |