Miloddan avvalgi 28 yil oxirida Oktavian betobligini bahona
qiladi, ”sog‘ayib ketgach”, yanvarda (miloddan avvalgi 27 yil 13
yanvarda) senatning avvaldan tayyorlangan kengashini chaqiradi.
Unda Oktavian o‘zining mamlakatni qanday idora qilayotganligi
to‘g‘risida hisobot berib, fuqarolar urushi butunlay tugaganligi va Rim
tuprog‘ida osoyishtalik o‘rnatganligi to‘g‘risida ma'lum qilib, sog‘ligi
yomonlashganligi tufayli senatdan zimmasidagi vazifalaridan ozod
qilishlarini “iltimos” qiladi. Ammo senat Oktavian “iltimos”ini
qondirmaydi. Oktavian senatning prinsepsi, yagona prokonsul,
legionlar bosh qo‘mondoni deb e'lon qilinadi. Unga avvallari
xudolarga nisbatan qo‘llangan Avgust taxallusi beriladi.
Senat Oktaviandan Rim legionlari joylashgan eng boy va harbiy -
siyosiy jihatdan muhim viloyatlar - Galliya, Illiriya, Makedoniya va
Suriyani boshqarishda davom etishni talab etadi. Misr Rim tomonidan
istilo qilinganidan keyin u ham Oktavian mulki deb e'lon qilinadi.
Avgust davrida Rim imperiyasi qurolli kuchlarining umumiy soni
Do'stlaringiz bilan baham: |