343
qarshiligini bostirib,
miloddan avvalgi 25 yil oxiriga
kelib
mamlakatni zabt etadi. Minglab kantabr va asturlar qullikka tushib,
konlarda metall qazib olish ishlarida ishlay boshladilar.
Ammo oradan bir necha yil o‘tgach erksevar qabilalar qo‘zg‘olon
ko‘tardilar. Rimliklar
bu safar ularga ham dengizdan, ham
quruqlikdan hujum qilganlar. Kantabr va asturlar oxirigacha
mardonavor himoyalandi.
Miloddan avvalgi 19 yili
Vipsaniy Agrippa
qo‘zg‘olonni uzil-kesil bostirdi. Ayni vaqtda rimliklar fuqarolar urushi
davrida Sezarning o‘limidan keyin Rim hukmronligidan ozod bo‘lgan
Galliyaning janubiy- g‘arbiy qismini yana bo‘ysundirganlar.
Keyinroq
Rim qo‘shinlari
Alp tog‘i viloyatlarini ham ishg‘ol qilib, aholisini
qullik asoratiga soldilar.
Do'stlaringiz bilan baham: