300 ming kishiga yetgan. Avgust tashkil qilgan doimiy Rim qo‘shini
qariyb to‘rt yuz yil turgan. Bu tarixda birinchi muntazam qo‘shin
bo‘lib, Rim imperiyasi hukmdorlari ichki va tashqi siyosatlarida unga
tayanib ish ko‘rganlar.
Avgustning ichki siyosati. Avgustning ichki siyosati yaqqol ko‘rinib
turgan sinfiy xarakterda bo‘lgan. Miloddan avvalgi 36 yildayoq Sekst Pompeyning Sitsiliya davlatini tor-mor keltirganidan so‘ng
Avgust Sitsiliyada qo‘lga tushgan qochoq qullarni jazolash uchun
egalariga qaytarishni buyurgan. U qul sotib olgan shaxs 20 yil o‘tmay
turib uni ozod etishini taqiqlagan qarorni senat orqali chiqartirgan.
342
Qulni ozod qilgan sohib qul narxining 5% miqdorida soliq to‘lashi
lozim bo‘lgan.