345
yurish qilgan, goh keraksiz inshootlar qurdirgan, goh bo‘shab
qolgan
xazinasini to‘ldirish uchun zo‘ravonlik bilan pul to‘plagan. Bo‘shab
qolgan xazinasini to‘ldirish uchun Kaligula ko‘pgina senatorlarning
mol
-mulkini musodara qildirib, o‘zlarini qatl ettirgan. U qullarga o‘z
sohiblari ustidan shikoyat qilishiga yo‘l qo‘ygan. Quldorlik negiziga
putur yetkazgan bu buyruq Kaligulani halok qildi.
Senat
aristokratiyasi va pretorianlar gvardiyasi boshliqlari orasida fitna
qo‘zg‘algan. Fitnachilar imperatorni o‘ldirib, boshqarishning
respublika shaklini
tiklash fikriga keladilar. Milodiy 11 yili yanvarida
Kaligula sirkdan saroyga qaytib kelayotib,
Palatin tepaligida
o‘ldiriladi. Senat respublika e'lon qilishga
urinsa ham, pretorian
harbiylari bunga qat'iyan qarshi chiqdilar.
Ular Germaniyning ukasi
Klavdiyni imperator deb e'lon qildilar. Natijada senatorlar respublika
tuzumini tiklash fikridan voz kechishga majbur bo‘ldilar.
Do'stlaringiz bilan baham: