Miloddan avvalgi XII asr boshida elamliklarning yangi
bosqinchilik davri boshlandi. Ular Dajla daryosi vohasi viloyatlarini
va Eshnunna shahrini bosib olishadi. Shu o‘lkadan Eron orqali muhim
karvon yo‘llari o‘tar edi. Elamliklar hatto Bobil shimolida joylashgan
Sippar, Bobil va Ichinur shaharlarini bosib olishga erishgan.
Lagash hukmdorlarining miloddan avvalgi XXV asrdagi
yozuvlari paydo bo‘lgan vaqtdan boshlab bu urushlar to‘g‘risida
ma'lumotlar mavjud. Elam o‘z g‘arbiy qo‘shnisi - Ikki daryo vohasi
bilan yaqin aloqada edi. Miloddan avvalgi XXIV-XXIII asrlarda
Suza Aqqod davlati tarkibiga kiritilib, natijada Ikki daryo
madaniyatining Elamga ta'siri ancha kuchaydi. Urning III sulolasi
davrida Elam yana Ikki daryo hukmronligida qolib, sulolaning eng
zabardast vakili Shulgi Suzada “Suza xudosi va hukmdori
Do'stlaringiz bilan baham: |