avvalgi IX asrda maday qabilalari haqida ham aytilib, ular
ossuriyaliklar bilan shiddatli janglar olib borganligi haqida so‘zlanadi.
Ossuriyaliklar bilan madaylar o‘rtasida savdo-sotiq aloqalari asosida
Midiyaga ossur - bobil madaniyati elementlari kirib kelganligi
aniqlangan.
Midiya haqidagi dastlabki ma'lumotlar miloddan avvalgi X - IX asrlarga oid bo‘lib, unga ko‘ra mahalliy halq chorvachilik bilan ham
ko‘chma, ham o‘troqlashgan tarzda shug‘ullanganliklari ma'lum. Shu
bilan birga, ular dehqonchilik ham qilganlar. Midiya shohligida bu
davrda rivojlangan sinfiy davlat bo‘lmay, balki bir nechta qabilalar
Midiya
madaniyati
169
birlashmasidan (konfederatsiya) iborat edi. Gerodot asarlarida ular olti
qabiladan tashkil topganligi eslatiladi. Muallif ulardan to‘rttasini
“nomadlar” deb ataydi.