“Avesto” qadimgi Sharqiy eron tilida yozilgan. “Avesto”
grammatik jihatdan qadimgi fors tilidan deyarli farq qilmaydi.
Ko‘p tadqiqotchilar fikriga ko‘ra “Avesto” O‘rta Osiyo, xususan
Xorazmda miloddan avvalgi I ming yillikning birinchi yarmida
vujudga kelgan. Muqaddas kitobda keltirilgan jo‘g‘rofiy ma'lumotlar
ham buni tasdiqlaydi. Masalan, xudo yaratgan o‘lkalar sanab o‘tilar
ekan, boyligi va ko‘rkamligi jihatidan qadimgi Xorazm, Gava
(So‘g‘d), Marg‘iyona (Marv), Baktriya (Balx) birinchi bo‘lib tilga
olinadi.
Eron yassitekisligida tashkil topgan qadimgi davlatlar
ichidan ozmi - ko‘pmi aniq ma'lumotga egamiz, faqat
Midiya saltanati haqida. Midiya shohligi hozirgi Eronning shimoli-
g‘arbiy va xozirgi Ozarbayjon hududida joylashgan edi. Sharqshunos
olim V.I. Avdiyev “Qadimgi Sharq tarixi” asarida Midiya
Zagrosning tog‘li o‘lkalarida va undan Sharqda joylashgan hosildor
yerlardagi hududni egallaydi deb yozadi. Ossur yozuvlarida miloddan
Do'stlaringiz bilan baham: |