OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI
O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
TARIX FAKULTETI
TARIXIY O’LKASHUNOSLIK FANIDAN
KURS ISHI
MAVZU: Toshkent vohasi toponomikasi
BAJARDI: A.Azamov
TEKSHIRDI: R.Qo’yliyev
TOSHKENT-2022
Toshkent vohasi toponomikasi.
Mundarijia
KIRISH…………………………………………………………………..………..3
I-bob. Toshkent vohasining hududiy bo’linishi ……………….………..…4-7
1.1. Chirchiq-Ohangaron vohasi toponomikasi …………………………….....3-6
1.2.Toshkent shahrining o’lkamizdagi o’rni……………………………….. ....….7
II-bob. .Toshkent vohasi toponomikasi …………………………………..…8-19 2.1.Toshkent vohasining Geografik joylashishi………………………………98-
2.2. Qadimgi va o’rta asr mualliflari asarlarida Toshkent ………………....…10-13
2.3 X-XI asrlarda Choch shaharlari haqida arab geograflari ma’lumotlari…..14-19
Xulosa …………………………………………………………………….…..20
Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………………20-21
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev 2016 yilning 24 noyabr kuni Toshkent shahri saylovchilari bilan uchrashuvida mamlakatimiz birinchi Prezidenti tomonidan Toshkentni Vatanimizning yuragi va oltin ostonasi deb ta’riflaganlari, u kishining “Toshkent timsolida O‘zbekistonni, O‘zbekiston timsolida Toshkentni ko‘ramiz” degan so‘zlariga e’tibor qaratar ekanlar, “Toshkent – Sharq darvozasi”, “Toshkent – tinchlik va do‘stlik shahri”, degan ta’riflar yoniga keyingi yillarda “Toshkent – Islom madaniyati poytaxti”, “Toshkent – yashash uchun eng qulay shahar” degan e’tiroflar qo‘shilganini hamda buni nainki xalqimiz, ayni vaqtda dunyo ahli ham tan olmoqda deya ta’kiblab o‘tdilar 1.
Mavzuning dolzarbligi. Toshkent – qadimiy tarixiy asoslarga ega shahardir. Shahar 2200 yillik davrda shakllanib, rivojlanib taraqqiy etgan. Toshkent to‘g‘risidagi tarixiy ma’lumotlar yunon olimlari asarlarida, xitoy manbalarida shahar sifatida e’tirof etilgan. Milodiy IV asrlarda Toshkent hududi Choch va Iloq davlati hududlari tarkibiga kirgan. Tarixiy yozma manbalarda Choch, Shosh, Shoshkent deb yuritilgan.
Toshkentning barcha yutuqlari bu O‘zbekistonning har tomonlama taraqqiy etganligining munosib ko‘rsatkichidir. Shularni inobatga olib, 2009 yil mamlakatimizda poytaxtimizning 2200 yilligi keng nishonlandi.
Yillar davomida Toshkentning xalqaro obro‘-e’tibori ancha o‘sdi. Bu yerda 40 dan ortik elchixona ochilgan, boshqa diplomatik missiyalar, ko‘plab obro‘li xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari faoliyat ko‘rsatadi. O‘zbekistonning siyosiy, iqtisodiy, madaniy markazi hisoblangan Toshkent Konstitutsiyada o‘zining huquqiy jihatdan ahamiyatini namoyon qilgan. Poytaxt maqomini Konstitutsiyada mustahkamlanishi Toshkentning ma’muriy markaz sifatidagi o‘rnini belgilab beradi.
1Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. Toshkent. 2016.
Do'stlaringiz bilan baham: |