81
Mavzu XII. DAVLAT BYUDJETI STATISTIKASI
Reja:
1. Davlat byudjeti mohiyati va statistikaning vazifalari.
2.
Davlat byudjeti daromadlari statistikasi.
3.
Davlat byudjeti harajatlari statistikasi.
4.
Davlat byudjeti difitsitini qoplash manbalari.
1. Davlat byudjeti mohiyati va statistikaning vazifalari.
Davlat byudjeti – mamlakat
iqtisodiyotining boshqarishda, xukumatning
iqtisodiy siyosatini amalga oshirishda muhim vosita hisoblanadi. Davlat xo‘jalik
yurituvchi sub’ektlar (korxona,
tashkilot, firmalar), hamda jismoniy shaxs
daromadlarining bir
qismini soliqlar tarzida olib, markazlashgan moliyaviy
resurslar tashkil etadi va uni aholining turli sabablar bilan (nogironlik, ko‘p
bolalik, ishsizlik va shu kabi sabablar) kam ta’minlangan qatlamini himoya qilish,
ijtimoiy sohani hamda davlatni boshqarish uchun harajat qiladi. Budjet so‘zining
ma’nosi – chemodan, pul to‘ldirilgan xaltani bildiradi. Demak, byudjet davlatning
bir
tomonidan daromadlar, ikkinchi tomondan ularni nimalarga sarflanishini
bildiradigan moliyaviy rejadir. O‘zbekiston Respublikasining «Byudjet
tizimi
to‘g‘risida»gi (2000 yil 14 dekabrda tasdiqlangan) qonunida «Davlat byudjeti-
davlat pul mablag‘larini (shu jumladan davlat maqsadli jamg‘armali
mablag‘larining) markazlashtirilgan jamg‘armasi bo‘lib,
unda daromad manbalari
va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili
mobaynida aniq maqsadlar
uchun ajratiladigan mablag‘lar sarfi yo‘nalishlari va miqdori nazarda tutiladi»,
deyilgan.
Davlat byudjeti statistikasining asosiy vazifasi hukumatning fiskal
siyosatining mazmuni va yo‘nalishini belgilovchi byudjet ko‘rsatkichlarini
o‘rganish va tavsif berishdir. Buning uchun davlat
byudjetida quyidagilarni
aniqlash va o‘rganish lozim:
•
davlat byudjeti daromadlarining hajmi
va uning davr mobaynida
o‘zgarishini;
•
davlat byudjeti harajatlarining umumiy hajmi va uning davr mobaynida
o‘zgarishini;
•
byudjet daromadlari tarkibi va uning o‘zgarishini;
•
byudjet harajatlari tarkibi va uning o‘zgarishini;
•
davlat byudjeti daromadlarining harajatlaridan ko‘pligini (BD >BX profitsit)
yoki harajatlarning daromadlardan (BD) ko‘pligini (BD < BX = defitsit) o‘rganish;
•
byudjet difitsitini moliyalash (qoplash) manbalarini;
•
xukumat fiskal siyosatining samaradorligini hamda fiskal siyosatning
mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga ta’sirini o‘rganish.
Xalqaro valyuta fondi tavsiyasi bo‘yicha davlat byudjeti ko‘rsatkichlar
tizimi quyidagicha guruhlanadi:
82
A) Daromadlar va rasmiy olingan transportlar tasnifi;
B) harajatlar va sof kreditlari (qaytarilganidan tashqari) tasnifi;
V) Byudjet defitsitini moliyalashga doir operatsiyalar tasnifi;
G) Davlat qarzining tasnifi.
Do'stlaringiz bilan baham: