3
SO‘ZBOSHI
«Foydali qazilmalar» o‘quv qo‘llanmasi
kasb-hunar kollejlari-
ning «Foydali qazilmalar geologiyasi va qidiruv ishlari» ta’lim yo‘na-
lishi bo‘yicha tahsil olayotgan geologiya-qidiruv ishlari, geofizik
ishlar va geologiya qidiruv quduqlarini burg‘ilash mutaxassisliklari-
ning o‘quv rejasi va fan dasturiga muvofiq yozildi.
Qo‘llanma davlat ta’lim standartlari va namunaviy o‘quv rejaga
mos ravishda bajarildi.
O‘quv qo‘llanmasining matnini tuzishda mualliflar ko‘pchilik
mutaxassislar qo‘llaydigan va tan olingan
geologik atamalardan
foydalanib, sodda va ravon o‘qilishini, kollej o‘quvchisining yoshiga
mos keluvchi qiziqishlarini inobatga olgan holda ifoda qilishga asosiy
e’tiborni qaratdilar. Mavzularda uchraydigan rus, lotin va grek tilla-
ridan kirib kelgan atamalarning o‘zbek tilidagi ma’nosi
imkon qadar
keltirildi.
Qo‘llanmada elementlarning dunyo bo‘yicha zaxirasi, bir yilda
qazib olinayotgan hajmi haqidagi so‘nggi ma’lumotlar berildi.
Qo‘llamani yozishda mualliflar hozirgi kungacha chop etilgan
o‘zbek va rus tillardagi adabiyotlardan to‘liq foydalandilar.
Mualliflar qo‘llanmani tayyorlashda har taraflama amaliy yor-
dam bergan mineralogiya va geokimyo kafedrasi muhandisi F.M.Sa’-
dullayevaga o‘zlarining chuqur minnatdorchiliklarini bildiradilar.
4
KIRISH
Foydali qazilmalar xaqidagi ta’limot ma’dan hosil bo‘lishi naza-
riyasi, ularning yer po‘stida
joylashishi qonuniyatlari, ma’dan tana-
larining ko‘rinishi va yotishi, tarkibi, struktura va teksturasi hamda
foydali qazilmalarning kelib chiqishi va sanoatda ishlatilishi bo‘yicha
turlarga bo‘linishi bilan tanishtiradi.
Geologiyaning ushbu sohasi boshqa geologik fanlar bilan uzviy
bog‘langan va ularning ko‘plariga tayanib rivojlanadi. Masalan, umu-
miy geologiya,
tarixiy geologiya, regional geologiya, mineralogiya va
petrografiya, gidrogeologiya va injenerlik (muhandislik) geologiyasi
materiallariga tayansa, geofizika, geokimyo, tog‘-texnik
va iqtisodiy
fanlar bilan uzviy aloqada ish yuritadi.
Tabiatda qattiq holdagi foydali qazilmalar ko‘proq uchraydi.
Suyuq xiliga neft va suv, gazsimon turiga tabiiy yonuvchi gazlar
kiradi.
MA’DAN – metall yoki metall birikmalarini ajratib olish iqtiso-
diy jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lgan mineral hosi-ladir.
FOYDALI QAZILMA KONI – ma’lum bir iqtisodiy sharoitda
qazib olish foydali bo‘lgan bir yoki bir necha ma’dan to‘plami.
Foydali qazilma konlariga sanoat o‘z
texnik imkoniyati va qazib
olish iqtisodiy afzalligini hisobga olib ma’lum talablar qo‘yadi. Bu
talablar «konditsiyalar» deb ataladi. Iqtisodiy sharoit va texnik holati
o‘zgarishi bilan konditsiyalar ham o‘zgaradi.
Barcha foydali qazilmalar to‘rt katta guruhga bo‘linadi:
metall,
nometall, yonuvchi va
gidromineral foydali qazilmalar.
Foydali qazilma deb iqtisodiyotda foydalanish uchun son va sifat
jihatdan yaroqli bo‘lgan tabiiy mineral moddaga aytiladi.
Foydali qa-
zilmalarni to‘g‘ridan to‘g‘ri tabiiy holda yoki biroz ishlov berib so‘ng
ishlatish mumkin.
Qazib olingan foydali qazilmalar
mineral xomashyo deb ataladi.
Foydali qazilmalarning muhim xususiyatlaridan biri – ularning
tabiatda nihoyat darajada asta-sekinlik bilan hosil bo‘lishidir. Ular
ming, yuz ming yillar davomida bunyodga keladi. Shuning uchun ham
hozirda ularning zaxiralari dunyo bo‘yicha
asta-sekin kamayib bor-
moqda.
5
Hozirgi paytda dunyoda 150 dan ortiq mineral xomashyo qazib
olinmoqda. Sanoat yoki qishloq xo‘jaligida biron-bir mahsulotni olish
uchun katta miqdorda mineral xomashyoni qayta ishlashga to‘g‘ri
keladi. Misol uchun: 1 t cho‘yan olish uchun 2 t temir ma’dani va 0,6 t
koks kerak, 1 t mis uchun 100 t mis ma’dani, 1 t nikel uchun 200 t
nikel ma’dani, 1 t tantal uchun 8000 t ma’dan kerak bo‘ladi. Oxirgi 25
yilda mineral xomashyo ishlatish ancha o‘sdi. Neft va gaz 5 barobar,
temir esa 3 barobar oshdi.
O‘zbekistonda yuzga yaqin foydali qazilmalarning ikki ming
yetti yuzga yaqin koni mavjud. Mamlakatimizning mineral xomashyo
salohiyati 3,3 trilion AQSH dollari miqdorida baholanadi. Har yili 5,5
mldr. AQSH dollari hisobida foydali qazilmalar qazib olinmoqda.
Topilgan gaz zaxiralari respublikamiz ehtiyojini 35 yilga, neft esa 30
yilgacha qoplaydi. Oltin zaxiralari bo‘yicha O‘zbekiston jahonda 4-
o‘rinda, mis bo‘yicha 10–11-o‘rinda turadi.
Oltin ishlab chiqarish
umumiy hajmi bo‘yicha dunyoda sakkizinchi o‘rinda va aholi jon
boshiga ishlab chiqarishda beshinchi o‘rinda turadi. Mamlakatimizda
topilgan 30 ta oltin konining jami zaxirasi 4000 tonnadan oshadi.
Katta zaxiralarga ega bo‘lgan 30 ta uran koni bor. Har yili 80 ming
tonna mis qazib olinmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: