Microsoft Word Foydali qazilma end doc


-§. Ma’dan hosil qiluvchi jarayonlar



Download 3,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/106
Sana29.12.2021
Hajmi3,28 Mb.
#80184
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106
Bog'liq
foydali qazilmalar va ularning konlari

2-§. Ma’dan hosil qiluvchi jarayonlar 
 
Ma’danli konlar quyidagi asosiy yo‘llar bilan hosil bo‘ladi: 
1. Magmaning sovib kristallashishidan. Magma – yer qobig‘i-
ning ostki qismida joylashgan cho‘g‘dek quyuq xamirsimon tog‘ 
jinslari qotishmasidir. Tabiatda ayniqsa silikatli magma keng tarqal-
gan bo‘lib, u kon hosil bo‘lishida katta ahamiyatga egadir. Uning 
tarkibida kremniy, turli metall va metalmas elementlar, shu jumladan 
o‘ta qizigan bug‘lar hamda HF, H
2
S, HCl, CO, CO
2
 va boshqa gazlar 
bor. Bunday uchuvchi moddalar magmaning eruvchanligini va kris-
tallashishini osonlashtiradi. Cr,TI, apatit va boshqa foydali qazilma 
konlari shunday hosil bo‘ladi. 
2. Alumosilikat magmaning o‘z tarkibidan ko‘p miqdorda krem-
niyni yo‘qotishi (atrof jinslarga berishi) natijasida. Uning aluminiyga 
boyib qolishi korund konlarining hosil bo‘lishiga olib keladi. 
3. Magmadan ajralib chiqqan suyuqlik va gazlarning atrof jinslar 
bilan almashinuv reaksiyalariga kirishuvi natijasida. Metasomatoz deb 


 
14
ataluvchi bu hodisa W, Mo, Cu, Zn, Pb va boshqa metall konlarining 
hosil bo‘lishida muhim o‘rin tutadi. 
4. Har xil tarkibdagi gaz, suv va qattiq moddalarning yer qobi-
g‘idagi g‘ovakliklarda uchrashib reaksiyaga kirishishi natijasida W, 
Sn, Mo, Cu, As, Bl va boshqa elementlar minerallarining tomchi-
langan va tomirsimon hosilalari bunga misoldir. 
5. Yuqoriga ko‘tariluvchi gaz va suvlar tarkibidagi erigan mod-
dalarning harorat va bosimining pasayishi natijasida qattiq mineral 
sifatida ajralib kristallashishidan; mis, qo‘rg‘oshin, rux, simob kabi 
rangli va boshqa metallar minerallari shunday hosil bo‘ladi. 
6. Minerallarning ochiq bo‘shliqlarda kristallashishidan. Bunday 
jarayon uchuvchi moddalarning uzoq vaqt davomida bo‘shliqlarda 
turib qolishi va sokin sharoitda asta-sekin mineralga aylanishidan 
kelib chiqadi. Bu tog‘ billuri, island shpati, flyuorit, kinovar, antimo-
nit, aragonit va boshqa minerallarning druzali hosilalari misolida keng 
tarqalgan hodisadir. 
7. Qattiq birikmalardan ajralish natijasida. Bu jarayon sochma 
konlarning hosil bo‘lishida muhim ahamiyatga ega. Olmos, oltin, pla-
tina, kassiterit, volframit va boshqa minerallarning sochilma konlari 
ana shunday vujudga keladi. 
8. Oksidlanish muhitida barqaror birikmalarning to‘planishi nati-
jasida. Fe, Mn, Al va ba’zi boshqa metallar konlari vujudga keladi. 
9. Nurash mahsulotlarining g‘ovak jinslar ichidan sizilishi nati-
jasida. Cu, U, Ge, magnezit kabi foydali qazilmalarning ba’zi konlari 
shunday hosil bo‘ladi. 
10. Bug‘lanish va to‘yinish natijasida. Suv havzalarining bug‘la-
nib to‘yingan eritmalarga aylanishi tufayli cho‘kindiga o‘tgan modda-
lar Na, K, Mg va boshqa tuz konlarini hosil qiladi. 
11. Kolloid eritmalardan cho‘kindiga o‘tish natijasida. Fe, Mn, 
Al larning cho‘kma konlari daryolarning kolloid eritmali chuchuk suv-
lari bilan dengizning sho‘r suvlari qo‘shilishi natijasida koagulyatsiya-
lanib (ivib) hosil bo‘ladi. 
12. Tirik organizmlarning hayot faoliyati natijasida. Ko‘mir, 
neft, gaz, fosforit, oltingugurt, diatomitlar, chig‘anoqlar, guano va 
boshqa foydali qazilma konlari shunday hosil bo‘ladi. 
13. Turli jinslarning yuqori bosim sharoitiga duch kelishi va 
tarkibidagi foydali birikmalarning zichlashib, konsentratsiyasining 
ortishi yoki qayta krisstallashishi natijasida. Bu hodisa myetamorfizm 


 
15
deb ataladi. Fe, Mn, Au, marmar, kvarsit kabilar shunday konlar hosil 
qiladi. 
 

Download 3,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish