Microsoft Word Foydali qazilma end doc



Download 3,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/106
Sana29.12.2021
Hajmi3,28 Mb.
#80184
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106
Bog'liq
foydali qazilmalar va ularning konlari

Birinchi qism 
 
FOYDALI QAZILMA KONLARINING HOSIL BO‘LISHI 
JARAYONLARI VA SHAROITLARI 
 
I bob. UMUMIY MA’LUMOTLAR 
 
1-§. Yer po‘stining tuzilishi va tarkibi 
 
Yer po‘sti sayyoramizning eng yuqori qattiq qobig‘ini tashkil 
etadi va murakkab relyef tuzilishiga ega. Quruqlik relyefida tog‘lar va 
tog‘ tizmalari, past tog‘liklar, tepaliklar hamda tekisliklar ajratiladi. 
Yer po‘stining qalinligi okean ostida 5–8 km, quruqlikda esa 20–
70 km ni tashkil etadi. Yer po‘stining yuqori qismini tashkil etuvchi 
jinslarning tarkibi va xossalari to‘g‘risida tabiiy ochilmalar, tog‘ 
lahimlari hamda burg‘i quduqlari kernidan olingan namunalar bo‘yi-
cha ma’lumotlar olish mumkin. Lekin yer po‘stining ancha chuqur 
gorizontlari va ular ostidagi qobiqlar haqida faqat geofizik, aniqrog‘i 
seysmik tadqiqotlar asosida fikr yuritish mumkin. 
Yer po‘stining taxminan 13 km chuqurlikgacha bo‘lgan qismida 
Mendeleyev davriy jadvalining 90 ta elementi aniqlangan. Qolgan ele-
mentlar (masalan ameritsiy, kyuriy va boshqalar) yer po‘stida ma’lum 
emas. 
Yer po‘stining kimyoviy tarkibini aniqlashda F.V.Klark, 
V.I.Goldshmidt, V.I.Vernadskiy, A.Ye.Fersman, A.N.Vinogradovning 
xizmatlari katta. 1889-yilda amerikalik olim F.V.Klark tog‘ jinslari-
ning kimyoviy tahlillaridan 6000 ga yaqinini to‘plab, litosferaning o‘r-
tacha tarkibini hisoblaydi. 
1939-yilda rus olimi A.Ye.Fersman elementlarning yer po‘stida-
gi yoki biror-bir tizimdagi (masalan, Yer shari, Quyosh atmosferasi va 
h.k.) foizlardagi o‘rtacha miqdorini «kimyoviy elementlarning klarki» 
deb atashni taklif qilgan. Klark o‘lchovi elementlarning geokimyoviy 
tomonlarini o‘rganishda keng qo‘llaniladi. Quyida yer po‘stida eng 
ko‘p klarkga ega bo‘lgan kimyoviy elementlar keltiriladi: 
1. Kislorod 
49,138.   Magniy   
2,35 


 
13
2. Kremniy  
26,009.   Vodorod   
1,00 
3. Aluminiy  
7,4510.   Titan  
 
0,61 
4. Temir   
4,2011.   Uglerod    
0,25 
5. 
Kalsiy 
 3,2512. 
 
Xlor 
  0,20 
6. Natriy   
2,4013.   Fosfor 
 
0,12 
7. Kaliy   
2,3514.   Marganets  
0,10 
Mana shu 14 element litosferaning 99,51 %ni tashkil etadi, 
qolgan barcha elementlarning og‘irligi uning atigi 0,49 %ga teng. 
Kislorod, kremniy va aluminiy yer po‘stining asosiy qismini 
(82,58 %) tashkil etganligi sababi – bu elementlar barcha keng tarqal-
gan tabiiy birikmalar tarkibida uchraydi.  
Fizik xossalari va tarkibi bo‘yicha yer po‘stini umumiy tarzda 
uchta qatlamga bo‘lish qabul qilingan: cho‘kindi, granit va bazalt. 
Eng yuqori cho‘kindi qatlam cho‘kindi jinslardan iborat bo‘lib, 
uning qalinligi okeanlar tubida 0,3–0,4 km ga yaqin, qit’alarda esa 
10–25 km ga yetadi. Granit qatlam asosan granit va fizik xossalari 
unga yaqin bo‘lgan gneys va kristalli slanetslardan iborat. Uning 
okeanlar ostidagi qalinligi 2–5 km ga yetadi, qit’alarda esa 10 km dan 
40 km gacha boradi. 
Bazalt qatlamining qalinligi okeanlar tubida 3–7 km ga borsa, 
qit’alarda 10–35 km ga yaqin. 
 

Download 3,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish