Microsoft Word Foydali qazilma end doc


-§. Ma’dan tanalari shakllari



Download 3,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/106
Sana29.12.2021
Hajmi3,28 Mb.
#80184
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   106
Bog'liq
foydali qazilmalar va ularning konlari

4-§. Ma’dan tanalari shakllari 
 
Yer po‘stida foydali qazilmalar turli shakllarni hosil qilib yotadi. 
Ularning shakllari quyidagi to‘rtta yirik guruhga ajratiladi: 1) Izo-
metrik – bo‘yi, eni va qalinligi bir-biriga yaqin; 2) plitasimon – ikki 
o‘lchami yaqin va uchinchi o‘lchami kam; 3) quvursimon – bir o‘l-
chami uzun, ikki o‘lchami kam; 4) murakkab tanalar. 
1. Izometrik shakldagi ma’dan tanalariga quyidagilar kiradi: 
ma’danlashish massivi – ma’danli minerallar yalpi tarqalgan; 
shtokverk  – ko‘pincha turli tomonga cho‘zilgan va o‘zaro 
kesishuvchi ma’dan tomirlari va tomirchalari to‘plami. Bu ma’danli 
tomirlar ko‘pincha tog‘ jinslari orasida mavjud tektonik darzliklarda 
joylashadi. Bular cho‘kindi jinslar oralarida va intruziv jinslarning 
shiplarida va oralarida joylashadi. Bu shakl qalay, volfram, molibden
mis, oltin konlari uchun xosdir. 


 
17
Shtok  – ma’dan shakllarining izometrik ko‘rinishida bo‘lib, 
xrom, mis va ba’zan polimetall konlarida uchraydi.  
Uya shakli – odatda uncha katta bo‘lmagan, ko‘ndalang kesimi 
10 m largacha bo‘lgan minerallar yig‘indisiga aytiladi. Bu ma’dan 
shakllari o‘ta asosli magmatik jinslar oralarida yuzaga keladigan 
platina va mis-nikel hamda nordon intruziv jinslar oralarida yuzaga 
keladigan pegmatit konlarida uchraydi.  
2. Plita ko‘rinishidagi ma’dan shakllari bir necha turlarga ajrati-
ladi.  Qatlam shakl – ikki parallel tekislik bilan chegaralangan tog‘ 
jinslari oralarida joylashadi. Bu qatlamlar uncha qalinlikka ega bo‘l-
masada, uzoqqa cho‘zilgan bo‘ladi. 
Linza  – ma’dan uyumlari linzaga o‘xshash bo‘lib, asta-sekin 
uzoqlashgan sari qalinligi kamayib boradi. 
Tomirsimon shakllar – tog‘ jinslari oralarida darzlik va yoriq-
larda ma’dan minerallarining to‘planishi tufayli hosil bo‘ladi. Tomir-
simon ma’dan shakllari mavjud tektonik yoriqlarning katta-kichik-
ligiga bog‘liq bo‘lib, bir necha santimetrdan bir necha metrgacha 
bo‘ladi. 
Tomirsimon ma’dan shakllari sodda va murakkab ko‘rinishlarda 
bo‘lib, narvonsimon, to‘rsimon, ba’zan otning dumiga o‘xshash 
holatlari ham uchraydi. 
3. Quvursimon shakllar – silindr shakliga o‘xshash bo‘lib, yer 
yuzasidan chuqurga qarab yo‘nalgan bo‘ladi. Bu shakldagi ma’dan 
konlarining chuqurligi bir necha yuz metrdan, bir necha kilometrgacha 
bo‘lishi mumkin. 
4. Murakkab shakllar. Bunday shakllar odatda quvursimon va 
tomirsimon ma’dan tanalarining aralashmasidan iborat bo‘ladi. 
 

Download 3,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish