8-MA’RUZA
MAVZU: Vodovod va nasoslarning mustaqil ishlashi.
Nasosning amaldagi tavsiflari
Reja:
1. Monoblokli nasos agregatlari
2. Nasos qismlarining materiallari
3. O'qli nasoslar
4. Diagonal nasoslar
Tayanch iboralar: o'qli nasos va dvigatel, monoblokli agregatlar, ishchi g'ildirak kuraklari, o'qning yo'nalishi, quvursimon kamera, vodovod va nasoslar, suyuqlikka dinamik ta’sir.
Keyingi yillarda o'qli nasos va dvigatel bitta valga o'rnatilib, bir butun monoblokni tashkil
etuvchi suvga cho'ktiriladigan OPV va OMPV turdagi agregatlar xam ishlab chiqarilgan (bu
yerda O-osevoy, P-pogrujnoy, V-vodyanoy, M-monoblochniy kabi ruscha so'zlarning birinchi xarflari).
Cho'ktiriladigan monoblokli agregatlarda elektr dvigatel nasos oldidagi «quruq» qobiqqa
joylashtiriladi va quruq saqlash uchun uning ichiga qisilgan xavo xaydab turiladi. Ushbu turdagi nasos agregatlari qo'llanganda qurilish baxosi ancha arzon tushadi, chunki stansiya binosini qurishga zarurat bo'lmaydi. Nasosning vali, ish bo'linmasi, g'ubchak, uzatkich, burilish qismi, ishchi g'ildirak kuraklari - po'lat, diffuzor va to'g'rilovchi moslama - cho'yan, podshipniklarining sirpanma qismi-rezina qoplangan po'lat materialdan tayyorlanadi.
Vodovod
//// . Nasos
O 'qli nasoslar. O'qli nasoslarning ishchi gildiragi bir nechta parraklar o'rnatilgan vtulkadan tarkib topgan bo'ladi. Parraklarni oqimga uriladigan oldi tomonlari egilgan qanotlar ko'rinishida bo'ladi. Nasosning ishchi g'ildiragi suyuqlik bilan to'lgan quvursimon kamerada aylanadi. Parraklar suyuqlikka dinamik ta’sir ko'rsatishi va oqim tezligini o'zgarishi natijasida parrak ustida bosim ortadi, uni tagida esa-pasayadi. Buning xisobiga ko'tarish kuchi xosil bo'ladi va g'ildirak doirasidagi suyuqlikning asosiy massasi o'qning yo'nalishi bo'yicha xarakatlanadi. Shuning uchun bunday nasoslar o'qli deyiladi. Markazdan qochma nasoslarga nisbatan, o'qli nasoslar ortiqroq uzatishga, lekin kamroq siquvga egadir.
Diagonal nasoslar. Diagonal nasoslarning ishchi gildiragidan o'tadigan suyuqlik oqimi, markaz dan qochma nasoslar kabi radial yoki o'qli nasoslar kabi parallel yo'nalishda emas, balki qiyalik ostida, xuddi to'g'ri turtburchaklarning diagonallari bo'yicha xarakatda bo'ladi.
Oqimning qiyalik ostida xarakatlanishi diagonal nasoslarning asosiy konstruktiv o'ziga xosligini belgilaydi. Bunday xolda siquvni xosil qilish uchun bir vaqtni o'zida xam markazdan qochma, xam ko'tarish kuchlardan foydalaniladi.
Diagonal nasoslarning ishchi g'ildiraklari yopiq yoki ochiq bo'lishi mumkin.
Surish quvurining grafik tavsifini qurish uchun tenglamadan foydalanamiz.
Berilgan Qp xisobiy sarfda hwvcp yo'qolishini uzatish funksiyasi deb ifodalab, aniqlaymiz:
,
Qx - uzatishning qiymatini ixtiyoriy ravishda qabul qilib topamiz:
.
tengliklarning chap va o'ng qismlarini xadlar bo'yicha bo'lib topamiz:
Q1, Q2, , Qi kattaliklarni bir qator qiymatlarini qabul qilib, tenglamadan hwvs1, hwvs2, , hwvsi topamiz. Q-H koordinatalar turida Q1, Q2, , Qi uzatishlar uchun mos bo'lgan hwvs1, hwvs2,.., hwvsi, ordinatalarni Ng chizigidan o'lchab joylashtiramiz. Nuqtalarni ravon chiziq bilan birlashtirib, parobolik egri chiziqni, ya’ni surish quvurining Q-Hvs.tr. grafik tavsifini olamiz Nasosning Q-H egri chizikning ordinatasidan Q-Hvs.tr egri chiziq ordinatasini ayirib olib va olingan nuqtalarni birlashtirib Q-N’ keltirilgan tavsifni olamiz.
Aynan shunday usul yordamida «Suv-quvurlar-tarmoq» tizimi uchun siquv grafik tavsifini ko'rish mumkin, bu xolda
bu yerda
Do'stlaringiz bilan baham: |