Microsoft Word fargona kelini ziyouz com doc



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/151
Sana13.07.2022
Hajmi0,55 Mb.
#792868
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   151
Bog'liq
fargona kelini roman. jorjiy zaydon

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
83
o‘rtasiga rahna solish uchun Iroqqa bordi. U Zirg‘omning botirligini, Jahon uchun jon fido 
qilishga tayyorligini yaxshi bilardi. Jahonni Afshin olib ketdi, degan gapga ishonsa, 
Afshinni o‘ldirmay qo‘ymasligini ham bilardi. Somon olisni ko‘rolmaydigan, kaltafahm 
edi. Shuning uchun o‘ylagan tadbirini o‘rinlata olmadi. Uning hiylasi Zirg‘omga ma’lum 
bo‘lib qoldi. Lekin kaltafahmligi tufayli u «Vazifamni to‘liq bajardim va maqsadimga 
erishdim», deb Iroqdan qaytdi. 
Jahon esa Armanistonning o‘sha vaqtdagi viloyat markazi bo‘lmish Ardabilga 
yaqinlashayotganini sezgach, oldida turgan xavf-xatarga qarshi kurashish tadbirini ko‘ra 
boshladi. U Bobak to‘g‘risida ancha narsalar eshitgandi. Uning rasvo va aysh-ishratga 
berilgan odam ekanini, Ardabilda istiqomat qilishini ham bilardi. Uni olib ketayotgan 
kishilar qorong‘i tushmasdan serdaraxt bir o‘rmonga yetishdi. Bu ardabilliklarning 
yashirinadigan joyi bo‘lib, biror falokat yuz bersa, shu o‘rmonda jon saqlashardi. Uy 
jihozlari va idish-tovoq yasash uchun kerakli yog‘ochni ham shu o‘rmondan kesib 
ketishardi. 
Shu o‘rmonga qarab turib Jahon Bobakning zulmidan o‘zini mudofaa qilish tadbirini 
o‘ylay boshladi. U Zirg‘omni eslab: «Boshimga tushgan savdolar qulog‘iga yetsa, holi 
nima kecharkin?» — deb qo‘ydi. 
Jahon shu xayol og‘ushida ekan, ular Ardabilga boradigan yo‘ldan burilib, o‘rmonga 
kirayotganlarini sezdi. Kishilardan bittasi kelib Jahonga qashqa otining jilovini o‘rmon 
tomon burish lozimligini aytdi. Buning sababini bilmasa ham, Jahon otini o‘sha tomonga 
burdi. Bir-biriga birikib ketgan daraxtzorni kesib o‘tib ular noqulay yo‘ldan borishardi. 
Jahon esa bu tariqa yurilayotganining boisini bilish maqsadida goh o‘ng, goh so‘l 
tomonni diqqat bilan kuzatardi. Shu payt ularning boshlig‘i Jahonning yoniga kelib: «Bu 
tomonga burilganimizdan ajablanayotgan yoki xavfsirayotgan bo‘lsangiz kerak?» — dedi. 
«Men hech narsadan cho‘chiyotganim yo‘q, lekin Ardabilga yaqin qolganda bu noqulay 
yo‘ldan borayotganimizdan hayron bo‘lyapman, xolos», — dedi qiz. Boshliq Jahonning 
jur’ati va dovyurakligiga tahsin aytib: «Yo‘lning chekkasida tikib qo‘yilgan bayroqni 
ko‘rmadingiz shekilli»— dedi. 
— Yo‘q, ko‘rmadim, qani bayroq? 
Boshliq uni yetib kelgan joylaridagi bir tepalikka olib chiqdi: 
— Huv anavi bayroqni ko‘rmayapsizmi? — dedi-da, bayroq tomonga ishora qildi. 
Jahonning ko‘zi bayroqqa tushdi-yu, uning Afshinniki ekanini payqab, yuragi orqasiga 
tortib ketdi: 
— Bu musulmonlar bayrog‘i-ku, — dedi u. 
— Ha, to‘g‘ri, bir kishi kelib: «Kattamiz Ardabilni tashlab chiqib ketdilar, u yerni 
musulmonlar bosib oldi» — deb xabar yetkazdi. 
— Siz Bobakni aytyapsiz shekilli, u qaerga ketibdi? — hayajon bilan so‘radi Jahon. 
— U Armanistonning ichkarisiga kirib, Ars daryosi yonidagi Bazz degan bir shaharchaga 
o‘zini olibdi. Buni bizga xabarchi aytdi. 
Jahon: «Bu kishi mehribon, marhamatli odamga o‘xshaydi. Odamlar jang qilish bilan 
ovora bo‘lib ketsa, bizni, balki bo‘shatib yuborar», deb umid qildi-da: «Demak, bizni 
Bazzga olib ketyapsizlarmi?» deb so‘radi. 
— Hovva, Bazz bu yerdan bir necha kunlik yo‘l. 
— Nahotki, meni o‘zlaringiz bilan birga borishga majbur qilsanglar? 
Bu savolidan Jahonning «bizni bo‘shatib yuborishingiz mumkinmi?» demoqchi 
bo‘layotganini sezgan boshliq: 
— Kattamizning farmoni qat’iy. Uni buzishning sira iloji yo‘q. Basharti biz sizni bu yerda 
bo‘shatib yuborsak, qaroqchilar qo‘liga tushmaganingizda ham, yirtqich hayvonlarga 
yemish bo‘lasizlar, — dedi. 


Farg‘ona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon 

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish