Turli matematik masalalar
1. Uchoqda sayohat qilganda, yo'lovchilarga o'zlari bilan olishga muayyan og'irlikdagi yuk ruhsat etilgan. Har kilogram ortiqcha yukka yo'lovchi 10 dollar ustama to'lashi kerak. Agar 40 kilogram yuk olib ketayotgan yo'lovchi 50 dollar to'lagan bo'lsa, 80 kilogram olib ketayotgan yo'lovchi qancha pul to'lashi kerak?
2. Ikki yog'ochli kubchaning yoqlarida shunday raqamlar yozilgan-ki, bu ikki kubcha yordamida oyning istalgan kunini tasvirlash mumkin. Bunga erishish uchun qanday raqamlar yozish kerakligini aniq ko'rsating.
3. a = 1, b = 2, c = 3, ... , z = 26 bo'lsin. Quyidagi ifodaning qiymati nechaga teng: (x - a)(x - b)(x - c)...(x - z)?
4. 13 soni tub son va uning aksi 31 ham. Aksi tub son bo'lgan nehcta ikki xonali tub son topa olasiz?
5. Matematika fanidan testda taxmin qilishdan qaytarish uchun Malikning o'qituvchisi har bir no'to'g'ri javob uchun yetti bal olib tashlashini e'lon qildi. Biroq, har bir to'g'ri javob bahoga faqatgina besh bal qo'shadi. Malik hamma misollarga javob berdi va "teng qildi". Boshqacha aytganda, u roppa rosa nol oldi. Malik testdagi 24ta misoldan qanchasiga to'g'ri javob bergan?
6. Linda, Aziza va Iroda qarta o'ynashga qaror qilishdi. Ular hisobni bodom yordamida qilishdi. Ular o'zaro quyidagi shartga kelishishdi: kim o'yinni yutqazsa, boshqalarga ularda qancha bodom bo'lsa shuncha bodom berishi kerak. Birinchi o'yinni Linda yutqazdi va Aziza va Irodaga har birida qancha bo'lsa shuncha bodom to'ladi. Ikkinchi o'yinni Aziza yutqazdi va Linda va Irodaga ularda qancha bodom bo'lsa shuncha bodom berdi. Uchinchi o'yinni Iroda yutqazdi va Linda va Azizaga har birida nechta bodom bo'lsa shuncha bodom berdi. Shu payt, har bir o'yinchida 8tadan bodom qoldi. Har bir o'yinchi qancha bodom bilan o'yinni boshlagan?
7. Sinfda 30ta talaba bor. O'n bittasining ko'zi ko'k. O'n beshtasining sochi qo'ng'ir. Uchta talabaning ko'zi ham ko'k, sochi ham qo'ng'ir. Nechta talabaning na ko'zi ko'k, na sochi qo'ng'ir?
8. Sug'urta tizimi o'z mijozlariga ular uzoq vaqt kasallik davrida har oy quyidagi reja bo'yicha birinchi 240,000 ming so'm yillik maosh bo'yicha mablag' to'laydi:
1-oy: hech nima
2-4-oylar: oylikning 50%
5- va keyingi oylar: oylikning 25%
agar u kasal bo'lsa va xo'jayinidan haq olmasa. Bu reja quyidagi mijozlarga necha pul to'laydi agar:
Tursun ikki oy kasal bo'lgan, yillik maoshi 120,000 so'm va xo'jayinidan kasallik davri uchun haq olmagan bo'lsa?
Murod olti oy kasal bo'lgan, biroq birinchi ikki oy uchun xo'jayinidan haq olgan va yillik maoshi 180,000 so'm bo'lsa?
Iroda yillik maoshi 300,000 so'm, uch oy kasallik davri uchun xo'jayinidan haqini olgan va to'qqiz oy kasal bo'lgan bo'lsa?
9. Anjumanda Qozoqiston, O'zbekiston, Tojikiston va Qirg'izistondan jami 15ta guruh qatnashyapti. Har bir davlat turli sondagi guruhlar jo'natgan va har biridan kamida bitta guruh vakil bo'lgan Tojikiston va O'zbekiston jami 6ta guruh jo'natgan. Bitta davlat roppa rosa 4ta guruh jo'natgan. O'zbekiston va Qirg'iziston jami 7ta guruh jo'natgan. Har bir davlat tomonidan nechta guruh jo'natilganini toping?
10. 52talik standard majmuadan siz bir qancha qarta oldingiz. Tanlangan qartalar orasida kamida bitta xonim, ikkita qarg'a, uchta zo'r (tuz) va to'rtta qisht bor. Eng kami bilan qancha qarta tanlagan bo'lishingiz mumkin?
11. 19ta talaba bo'lgan guruhning har bir a'zosi xaltasida 3, 4 yoki 5ta kitob bor. Kitoblarning umumiy soni 71ta. 4ta kitobi bo'lgan talabalar soni 10ga karrali. Nechta talabada 3ta, nechtasida 4ta va nechtasida 5ta kitob bor?
12. A qishloqning 6800 kishi aholisi bor va u har yili 120 kichiga kamayib boryapti. B qishloqning 4200 kichi aholisi bo'lib, u har yili 80 kichiga ortib boryapti. Necha yildan keyin bu ikki qishloqning aholisi tenglashadi?
13. 8ta sonning o'rta qiymati 6ga, 6ta boshqa sonlarning o'rta qiymati 8ga teng. Barcha 14 sonning o'rta qiymati nimaga teng?
14. 1 dan 200gacha sanaganda, yo'lda qancha 7dan o'tasiz?
15. Qirralari 10cm, 4cm va 4cm bo'lgan to'g'ri burchakli parallelepiped bo'yaldi va qirrasi 1cm bo'lgan kichkina kublarga bo'lindi. Kublarning necha foizi kamida bir yoqdan bo'yalgan?
16. Saylda 20ta katta kishi yoki 32ta bolalarga yetadigan yemish bor. Agar saylda 15ta katta kishi bo'lsa, yana nechta bolani to'ydirsa bo'ladi?
17. AQShda Dildora va Dilfuza yegulik sotib olishmoqchi bo'lishibdi. Ular pullarini qo'shishganlarida 25, 10 va 5 tsentlik tangalardan iborat $4 chiqibdi. Agar ularda 35 dona tanga va 25 tsentlik tangalar soni 5 tsentlik tangalar sonidan ikki baravar kam bo'lsa, ularda qancha 25 tsentlik tanga bor?
18. 64-maktabning 120ta yuqori sinf o'quvchilari shahmat, shashka yoki har ikkala to'garak a'zosi. Agar shashka to'garagida 90ta va shahmat to'garagida 70ta o'quvchi bo'lsa, har ikkala to'garakda nechtadan o'quvchi bor?
19. Shunday son toping-ki, agar uni kvadratga oshirsa, 27 qo'shsa, 3ga ko'paytirsa, kvadrat ildiz chiqarsa va 18 ayirsa, hech narsa qolmaydi.
20. Men 100 va 200 sonlari orasidagi sonman. Men o'ngga va chapga bir hil o'qilaman. Mening raqamlarim yig'indisi 8. Men kimman?
Do'stlaringiz bilan baham: |