www.ziyouz.com
kutubxonasi
31
— Hali bir qancha to‘siqlar bor. Boshqalarni cho‘chitsa ham, men ularni parvoyimga
keltirmayman. Chunki ular hammasi puchak narsalar, siz esa javohirsiz. Siz meniki
ekansiz, butun dunyo, dunyodagi hamma narsalar ham meniki. Meni ko‘nglimdagini
ochiq aytib qo‘ya qolganim uchun avf eting. Sizning ham shunday qilishingizni istardim.
Chunki men ikkilanishni, fikrni dudmol qilishni yoqtirmayman.
Zirg‘om qat’iy qilib dedi:
— Sizni sevaman yoki sizni deb butun dunyodan kechib yuboraman deb ochiq aytib
qo‘ya qolishimni istaysizmi? Yo‘q, menimcha, bunday deyishning sira ham hojati yo‘q.
Tashna kishiga «menga suv kerak desang, bo‘lmaydimi» deyish, baxti qaro odamdan
o‘zing uchun baxt istaysanmi? deb so‘rash lozim emas-ku, axir. Siz bo‘lmasangiz, men
suvsiz baliq, jonsiz jasadman. Baxtim ham, hayotim ham, butun borlig‘im ham siz.
Jahonning ko‘zlariga olam yorishganday bo‘ldi, g‘am-g‘ussasi tarqalib: «Men sizdan
kutganim ham shugina edi. Hovlida Somonning ovozi kelyapti. U bu yerga kirib,
sirimizdan voqif bo‘lib qolmasin. Endi va’damiz shuki, otam tuzaldilar deguncha u kishiga
shu haqda gap ochaman. Bergan javoblarini sizga yetkazaman», — dedi-da, turmoq
uchun o‘rnidan qo‘zg‘aldi. Shu payt g‘amgin, dard-dunyosi qorong‘i Hayzuron kirib keldi.
Jahon uning yoniga bordi. Hayzuron:
— Somon hozir hokimning oldilariga kirmoqchi bo‘lib ketdi, — dedi.
— Kohin ham birga keldimi? — so‘radi Jahon.
— Yo‘q, yolg‘iz o‘zi.
Jahon boshini sarak-sarak qilib, tishlarini g‘ijirlatdi-da: «Bu kishini ko‘rdingizmi?» — deb
Zirg‘omni ko‘rsatdi.
Hayzuron xijolat tortib, terga botib ketdi va: «Shu ahvolda kirganim uchun kechirasiz,
uzr. Qizim, otang Somonning kirishini istamaydilar, «yonimga hech kimni qo‘ymanglar,
deb tayinlagan edilar», dedi. Keyin u Zirg‘omga qarab salom berdi-da, uning qo‘lini
o‘pmoqchi bo‘ldi.
Zirg‘om kulimsirab, uning salomiga alik oldi. Hayzuron Jahonni astoydil e’zozlashini
yaxshi bilgani uchun Zirg‘om u bilan tortinmay bemalol gaplashaverardi.
— Somonning o‘z otasi oldiga kirishidan nega buncha tashvishlanmasanglar?
— Kecha kohinni olib kel, deb dadam uni yuborganlarida uddasidan chiqolmay, lalayib
qaytib kelgani uchun undan norozi bo‘lgan edilar, — dedi Jahon, so‘ngra, — hozir
otamning oldilariga borib kelaman, — dedi-da, Zirg‘omni o‘z xonasida qoldirib,
yugurganicha chiqib ketdi. Somon otasi yoniga kirishiga ruxsat bermayotgan soqchi
bilan eshik oldida «adi-badi» aytishayotganda, Jahon unga qarab: «Aka, sizga nima
bo‘ldi?» — dedi.
— Ko‘rmaysanmi, otamning oldiga kirishga to‘sqinlik qilayotibdi.
— Xafa bo‘lmang, otamiz to‘shakda yotibdilar, meni ham chiqarib yuborib, Mehtar bilan
ba’zi ishlar ustida suhbatlashyaptilar. Kohinni uchratdingizmi?
— Yo‘q, topolmadim, — dedi Somon.
— Kohinni topmay, yolg‘iz qaytib kelishingizdan dadamning dillari og‘rishini bilmaysizmi?
Ular ikkalasi eshik oldida shunday so‘zlashib turgandi, ichkaridan hokim: «Somonni
yonimga kiritmanglar, Jahon, sen bu yoqqa kel», — deb chaqirib qoldi.
Jahon akasiga qarab ohista dedi:
— Aka, siz ayvonga borib turing, otamizni ranjitmang, bu yerdan chiqib, darrov
oldingizga boraman.
Somon «xo‘p» deb ayvon tomonga ketdi. Jahon ichkariga kirdi, otasi yonida Mehtar
cho‘kka tushgan, oldida qog‘oz, siyoh va dovot bor edi. Hokim rangi o‘chgan, o‘ychan
holda karavotda o‘tirardi. Jahon kirishi bilan unga bir qarab, jilmaydi. Jahon ham ochiq
yuzlik bilan uning yoniga borib qo‘lini o‘pdi va: «Dadajon, qalaysiz? Tuzukmisiz?» deb
Farg‘ona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Do'stlaringiz bilan baham: |