www.ziyouz.com
kutubxonasi
29
* B o b a k a l-X u r r a m i y — Xalifa Ma’mun davrida chiqib, Bazzni markaz qilgan, yigirma yilcha hukm surib, keyin
Mu’tasim davrida Afshin tomonidan ushlanib, o‘ldirilgan.
* Birodaringiz deb bu yerda Bobakni aytmoqchi.
* Xurosonda yashirin siyosatga boshchilik qilgan qo‘mondon. 775 yilda Iroqda o‘ldirilgan.
* Xalifa Horun ar-Rashidning vaziri bo‘lgan, 803 yili o‘ldirilgan.
* Xalifa Ma’munning vaziri bo‘lgan, Eronlar tarafdori bo‘lgan eronlik, 818 yili o‘ldirilgan.
* S o v l a j o n — shohlar qo‘lida oliftalik uchun olib yuriladigan hassa.
OSHIQ-MA’SHUQNING UCHRASHUVI
Zirg‘om Jahonning xonasida bir chekkadagi kursiga o‘tirib, uni sabrsizlik bilan kutmoqda.
Bularning birga bo‘lishidan hech kim shubhalanmasdi, saroydagilar buni oddiy narsa deb
tushunardi. Chunki Zirg‘om hokim ishonadigan yigit. Jahon esa odatda erkaklardan
qochmasdi.
Zirg‘om o‘z sevgilisining otasi betob bo‘lganidan tashvishga tushgan, ne-ne xayollarga
borgan bo‘lsa ham, uning Jahonga muhabbati va u bilan uchrashib, gaplashishga bo‘lgan
ishtiyoqi hamma narsani unuttirib yuborgandi.
Shu paytda Jahon otasining buyrug‘ini Mehtarga aytayotganini Zirg‘om tashqaridan
eshitdi-yu, yuragi o‘ynab ketdi. Jahon kirishi bilan Zirg‘om o‘rnidan irg‘ib turib, uning
istiqboliga yurdi. Ular shodlanib, bir-birlariga tabassum qilishdi. Butun borliqni, g‘amu
g‘ussani unutib, yangidan olamga kelgandek bo‘lishdi.
Jannatdagi kishilar suhbatining nash’asini tasavvur etmoqchi bo‘lgan odam uzoq vaqt
hijron azobini chekkan oshiq-ma’shuqning raqiblardan olisda, visol ayyomidagi
suhbatlariga nazar tashlasin. Farqi shundaki, jannatdagi suhbat boqiy bo‘lsa, bularning
suhbati muvaqqat bo‘lib, orasiga cho‘p tushib qolish xavfi ham yo‘q emas.
Ikki qo‘lini qovushtirib turgan sevgilisini ko‘rib Jahonning yuziga qon yugurdi-yu,
ko‘rishmak uchun unga qo‘l uzatdi. Ich-ichidan xursand bo‘lib va ko‘zlari chaqnayotgan
Zirg‘om ham unga qo‘l uzatib, kaftini siqib ko‘rishdi. Jang maydonlarida qo‘rquv
nimaligini bilmaydigan botir yigit Zirg‘omki shu payt dag‘-dag‘ titrarkan, iroda va aqli
har qancha zo‘r bo‘lsa ham, zuvalasi ayollik loyidan qorilgan Jahon bu holatdan qay
ahvolga tushishini anglash qiyin emas, albatta.
Zirg‘om so‘z boshlab: «Sayidam, qachonlardan beri vaslingga tashnaman», — dedi.
Jahon qo‘lini uning qo‘lidan ohistagina oldi-da, ginali qarab: «Meni sayidam demang,
balki... voy, keling o‘tiraylik», — dedi. Ikkalasi kursiga o‘tirishdi. Jahonning nima
demoqchi bo‘lganini sezgan Zirg‘om: «Sendan bo‘lak kimni sayidam deb atashim
mumkin? Axir, sen Farg‘ona malagi va hokimning qizisan. Men esa bir kambag‘al
bevaning — Oftobning o‘g‘liman».
Jahon uning gapini bo‘ldi: «Balki, siz mening sayidim va xojamsiz, siz xalifa
soqchilarining boshlig‘i yoki askarlarining qo‘mondoni bo‘lganingiz uchun emas, chin
bahodir — qahramon bo‘lganingiz uchun sayidimsiz. Bunisi ham mayli, sizni menga hoja
qilib qo‘ygan boshqa bir narsa borki, uni aytishga tilim ojiz. O‘sha narsani o‘zingiz topib,
menga aytmasangiz ko‘nglim taskin topmaydi». Qiz uyalib, qip-qizarib ketdi. U
muhabbati to‘g‘risida gapirmoqchi bo‘lganini, lekin oshkora aytishdan hayo qilganini
sezgan Zirg‘om: «Qaysi vajdan bechora Zirg‘omni o‘zingizga sayid deb hisoblayotgan
bo‘lsangiz, o‘shaning xuddi o‘zi sizni Zirg‘omga ma’buda qilib qo‘ygan. Men shu
ma’budaning itoatkor quliman», — dedi.
— Men sizga ko‘nglimdagi narsani ham, uning sabablarini ham aytib berishdan ojizman
dedim-ku, ammo o‘zim aniq biladigan va aytib bera oladigan narsam shuki, olamda men
uchun sizdan ko‘ra ulug‘ zot yo‘q. Vaqtni bekor o‘tkazmaylik, chunki kohin kelib qolib,
otam meni chaqirib qolishidan qo‘rqyapman, — dedi Jahon.
Farg‘ona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Do'stlaringiz bilan baham: |