www.ziyouz.com
kutubxonasi
150
sarkardalar tayinlagan. So‘ngra ichki nizolardan qo‘rqqan xalifa Mu’tasim (813—843)
yangi shahar Somurroni bunyod etib, turk gvardiyasiga o‘sha yerni qarorgoh qilib
belgilaydi, so‘ngra poytaxtni ham unga ko‘chiradi. Lekin xalifa Somurroda ham bora-
bora turk qo‘shinlari va lashkarboshilaridan xavfsiray boshlaydi. Chunki bu gvardiya
boshliqlari toj-taxt uchun o‘zaro kurashlarga ham aralashib, o‘z manfaatlariga xizmat
qiladigan nomzodni qo‘llashga harakat qila boshlaydilar.
Arab xalifaligiga kirgan boshqa xalqlar, hokimlar xalifalik taxtini saqlab qolishga
urinishgan. Chunonchi, Ushrusana hokimi Afshin xalifalikning eng yirik sarkardasi
bo‘lgan. Shu Afshin yordamida Mu’tasim akasi Ma’mun ham bostirolmagan Bobak
qo‘zg‘olonini bostiradi va Bobakni Somurroga keltirib o‘ldiradi. Afshinning o‘sib
borayotgan nufuzidan qo‘rqqan xalifa uning Bobakni tutib berganini ham hisobga
olmaydi, xiyonatda ayblab o‘ldiradi.
Zaydonning «Farg‘ona kelini» romani ana shu voqealarga bag‘ishlangan. Bunda barcha
tarixiy voqealar, shaxslar o‘zicha qoladi. Voqea Farg‘ona hokimining qizi Jahonning Zir-
g‘om bilan sevgisi tasviri bilan boshlanib, tarixiy voqealarning borishiga ko‘ra, bu
sevishganlar boshqa yurtlarda turli-tuman sarguzashtlarga duchor bo‘ladilar. Jahon
Bobak qaroqchilari qo‘liga tushib, voqea Armanistonga ko‘chiriladi, u yerda xurramiylar
bilan xalifalik qo‘shini to‘qnashuvi tasvirlanib, Bobakning qo‘lga tushishi, qatl etilishi
ko‘rsatiladi. Nihoyat, roman Jahonning Iroqqa Somurroga kelishi, ikki sevishganning bir-
biriga yetishuvi bilan tugaydi.
Tarixni yaxshi bilgan Zaydon tarixiy asarlar yozish, bilan qanoat hosil qilmagan. U
odamlarga tarixni badiiy asarlar orqali targ‘ib qilishni, ularni tarixdan o‘rnak olishga
da’vat etishni ma’qul ko‘rgan. Shu sababdan roman janrini tanlagan. Bundagi barcha
qahramonlar tarixiy shaxslar bo‘lib, ba’zi birlarigina avtorning ijodiy fantaziyasi
mahsulidir.
Yozuvchining o‘zi bunday deydi: «Odamlarning tarix o‘qishiga va undan foydalanishiga
eng yaxshi vosita tarixni roman shaklida ommalashtirish ekanligini tajribada ko‘rdik.
Bunda, xususan, ba’zi bir Yevropa yozuvchilarida ko‘rganimizdek, roman tarixdan ustun
turmasligi kerak, balki tarix romandan ustun turishi va romanni boshqarishi kerak. Bu xil
G‘arb yozuvchilarida shundayki, ularning tub maqsadlari roman yozish bo‘lib, uni
ishonarli qilib ko‘rsatish maqsadidagina tarixiy voqealardan foydalanishadi. Bunda ular
tarixiy voqealarni izohlashdan chekinib, o‘quvchilarni adashtirib qo‘yadilar.
Biz esa o‘z romanlarimizda o‘tmishdagi tarixiy voqealarga asoslanganmiz. Barcha qiziq
voqealarni keltirishimizdan maqsad o‘quvchini ularga qiziqtirishdir. Tarixiy voqealar hech
o‘zgartishsiz, o‘zicha olingan, sevgi qissalarini kiritishdan maqsadimiz romani oxirigacha
o‘qib chiqishi uchun o‘quvchida qiziqish uyg‘otishdir».
Avtor tarixiy romanni shunday tasavvur qilgan. Rostdan ham u tarixiy voqealarni chuqur
mutolaa qilgan, romandagi yirik shaxslar va ular haqidagi tavsiflar, shahar ko‘rinishlari,
qal’a, daryo, ibodatxonalar, diniy e’tiqodlar, kiyim-kechak, tashqi ko‘rinishlar, ma’lum
xalqning kasb-hunarlari — hamma-hammasi tarixiy kitoblardan olingan. Hatto bularni
sharhlashda o‘quvchi oldida mas’uliyat sezgan va uning shubhasidan hayiqqan Zaydon
roman betlarida o‘zi tayangan manbalarni ham keltirgan. Shu tariqa roman sahifalarida
mashhur sharq tarixchilaridan Mas’udiy, Yaqubiy, ibn Butata, ibn al-Asir, ibn Xallikon, al-
Maqdisiy, Yoqut Hamaviy kabi nomlar va ularning asarlari uchraydi.
Zaydon bu romanni yozishdan oldin O‘rta Osiyo tarixini, geografiyasini birmuncha
o‘rgangan ko‘rinadi. Lekin shunga qaramay, uning ba’zi ma’lumotlari roman voqeasidan
keyingi davrlarga oid ma’lumotlardir. Hatto O‘rta Osiyo territoriyasini «Turkiston» deb
atalishi ham keyingi asrlarga to‘g‘ri keladi. Zaydon Sirdaryoni «Farg‘ona tashqarisidagi
Toshkent daryosi» deb oladi, bu yerdagi qadimiy turkiy xalqlar tilining qanday atalishini
Farg‘ona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Do'stlaringiz bilan baham: |