www.ziyouz.com
kutubxonasi
145
Somon Yoqutani ko‘rsatib, baland ovoz bilan: «Dastlabki gunohim shu yerda, xuddi
mana shuning ustida», — deb yana yig‘lab yubordi. O‘tirganlar yana hayron bo‘lishda va
uni aqldan ozibdi, deb o‘ylashdi. Jahon ham shunday xayolga borib:
— Gapirsangiz-chi, axir sizga nima bo‘ldi? Nega Yoqutaga yopishib oldingiz? Sizning
nimaligingizga hech kim tushuna olmayapti, — dedi.
Somon.
— Birinchi yanglishganimning o‘zi shu Yoquta. Buning asli ismi Yoquta emas, Shahrizod,
— dedi.
Somonning bu gapini eshitgan Zirg‘omning onasi Oftob:
— Shahrizod?! To‘g‘ri, xuddi Shahrizodning o‘zi, — deb baqirdi va yonida o‘tirgan
Yoqutani bag‘riga bosib: — Senga qo‘limni birinchi tegizganimdanoq isingdan sezgan
edim, — dedi. Keyin Jahonni chaqirib: «Jahon! Azizim, Shahrizodni tanimaysanmi?» —
deya savol qildi.
Jahon hayron bo‘lib, bir oz o‘ylanib turdi-da:
— Bunaqa ismli qizni bilmayman, faqat men tug‘ilmasimdan burun go‘dakligida o‘lib
ketgan Shahrizod degan opam bo‘lganini eshitganman, — dedi.
Oftob:
— Sening opang xuddi shuning o‘zi, u o‘lgan emas, yo‘qolgandi. Voqea noma’lum
bo‘lgani uchun uni o‘ldi deb ovoza qilishgan. Bu sirni men, dadang va shu Somondan
bo‘lak hech kim bilmasdi. Uning yo‘qolishi shu Somonning qo‘li bilan bo‘lgan.
Bu endi atak-chechak qila boshlagan paytida Somon bog‘ tomonga olib chiqqan-da,
saldan keyin o‘zi yig‘lab qaytib kelgan. «Shahrizod qani», deb dadang so‘raganda, u:
«Yilqichilarning otidan bittasi kelib, uni olib qochib ketdi», — deb javob qilgan. Otang
Somonning gapiga ishonmadi. Unga har qancha do‘q-po‘pisa urib qo‘rqitsa ham, bu
o‘sha gapini ma’qullab turaverdi. Shundan keyin uni yomon ko‘rib qolgan va noiloj
Shahrizodni «o‘ldi», deb ovoza qildirishgan, — dedi.
Oftob shu voqeani so‘zlarkan, hamma miq etmay jim o‘tirardi. U gapini tugatgach, Jahon
Yoqutaga yopishib, bag‘riga tortdi-da, hadeb o‘pa boshladi. Yoqutaning sevinchi
hammanikidan ham oshib tushdi, chunki shu vaqtgacha o‘zini cho‘ri deb yurgan qiz
hokimning qizi bo‘lib chiqdi. U ham singlisini quchoqlab o‘pdi. Bu tasodifdan hayratda:
«Opa-singil o‘rtasidagi bu o‘xshashlik bejiz emas ekan-da», deyishar va bir-biridan bu
o‘ngimizmi, tushimizmi deb so‘rashardi.
Jahon so‘radi:
— Somon aka, ochig‘ini ayting, Shahrizodni qanday qilib sizdan olib ketishgan?
Somon ko‘z yoshini artib turib: — Men o‘n yoshlarda, bu opang esa to‘rt yoshdalik
vaqtimizda ancha esimni tanib qolgan bola edim. Dadam bilan oyim buni juda sevib
erkalatishar, menga esa unday qilishmasdi. Mening rashkim kelib, singlimni yomon
ko‘radigan bo‘lib qoldim. Otamdan pul so‘raganimda menga bermasdan, bunga pulni
ham, boshqa narsalarni ham beraverganlari menga qattiq alam qildi. Bir kun odamlar
ko‘chalarda yurib kichkina bolalarni sotib olisharmish deb eshitib qoldim-da, singlimning
murabbiyasi ko‘zini shamg‘alat qilib, uni bog‘cha tomonga aldab olib chiqdimda,
o‘shalarga ikki oltinga sotdim. Ular buni olib ketishdi, men esa uyga qaytib kelaverdim.
Shahrizod qani deb so‘rashganda, bilmayman, ot olib qochib ketdi, deb javob qildim.
Dadam ishonmadilar. Keyin uni men sotib yuborganimni eshitib, ko‘p qidirtirdilar, baribir
foyda chiqmadi. Shundan keyin otam meni yomon ko‘rib, endi senga hech narsa
bermayman deb ta’kidlab qo‘ydilar. Shundan buyon hamma menga dushmanu, hamma
xatti-harakatlar mendan o‘ch olish, menga zarar yetkazish uchun qilinayotgandek
tuyulib, qaysi yo‘l bilan bo‘lsa ham mablag‘ to‘plab, ulardan o‘zimni himoya qilishim
kerak, degan fikrga o‘tib oldim. Shu yo‘lda birinchi qilgan harakatim otam betob bo‘lib
Farg‘ona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Do'stlaringiz bilan baham: |