www.ziyouz.com
kutubxonasi
141
Vardon rozi bo‘ldi:
— Mayli, majlisni xoh ertaga, xoh undan keyinga qoldirilsa ham zarari yo‘q, lekin
aybdorning Somurrodan ketmay turishiga sud oldida kim kafil bo‘la oladi?
Xalifa:
— Bu kishi shu yerda — saroyda turadi, — dedi-da, soqchilar boshlig‘iga «buning qurol-
yarog‘ini va kiyimlarini yechintirib ol, qochib ketmasi, poylab tur», — deb buyurdi. Afshin
pushaymon yeb o‘rnidan turdi-yu, lekin hamon karamdimog‘lik va zarda bilan xalifa
oldidan chiqdi.
Afshindan keyin xalifa Vardonni ham chiqarib, yuborib, Zirg‘omni olib qoldi. Keyin xalifa
bir xo‘rsindi-da, zirg‘omga qarab: — Badbaxt zardushtlar! Davlatimizga sherik bo‘ladi-
yu, yo‘limizga g‘ov soladi. Olloh bizga ularning qilichidan foydalanishga, makrlarini esa
o‘zlariga qaytarishga yordam berdi. Xo‘sh, Sohib, bu ishda qanday fikr berasan? — deb
so‘radi.
Zirg‘om javob qildi:
— Ularning ko‘nglidagi buzuqlik hazrati oliylariga ma’lum. Ularning o‘zidan ham,
makrlaridan ham ko‘p zamonlardan buyon nolib yurgandilar.
Xalifa gapida davom etdi:
— Do‘sting Vardonning gaplari bizga sir emasdi. Chunki Xurosondagi omilimizdan
maktub olib turamiz. Bu maktublarda u Afshinning o‘z mamlakatiga juda ko‘p mol-dunyo
yuborib turishi haqida shikoyat yozardi. Ammo biz sabr qilib kelardik.
Ko‘p odamlar uni zardushtligi hamda Tabariston podshosi Moziyor va Bobak bilan bizga
qarshi muhoraba qilishga ittifoq tuzganligi haqida maktub yo‘llardi. Bundan qozi Ahmad
va vazirlarimiz Muhammad bin Abdulmalik Zayyot va boshqalar xabardor. Bizga xiyonat
qilishda Afshin bilan ittifoqlashgan Tabariston podshosi Moziyorni, Sug‘d podshosi
Marzubonni, bir zardusht ruhoniyni va Ushrusanada masjid bino qilgani uchun Afshinning
qiynoviga uchragan ikki musulmonni olib kelishga kishi yuborganmiz. Men yaqinda
majlis chaqiraman. Unga o‘sha kishilar qatnashadi. Barcha maxfiy sirlarni shu majlisda
ochib tashlaymiz va aybdorlarni o‘z aybiga yarasha jazolaymiz.
Tez orada Mu’tasim majlis chaqirdi, unda o‘sha kishilar qatnashdi. Unga Zirg‘om bilan
Vardon ham da’vat etildi. Hamma yig‘ilgach, Afshin qamoqxonasidan chiqarilib majlisga
olib kelindi. Vazir Abdulmalik soqchilik vazifasini olib bordi. Kaltak yegan va badanida eti
qolmagan ikki kishi keltirilib, orqalari ochildi va xalifa Afshinga qarab:
— Bularni taniysizmi? — deb so‘radi.
Afshin javob qildi:
— Ha, taniyman, bu kishi so‘fi, bunisi imom. Bular Ushrusanada masjid qurgani uchun
har birini ming qamchi urganman. Chunki Sug‘d podshosi bilan oramizda har bir millatni
o‘z dinida qoldirish, unga daxl qilmaslik to‘g‘risida shartnoma bor. Bu ikkalasi
Ushrusanadagi bir otashxonaga taaddi qilib, ichidagilarni chiqarib tashlab, o‘rniga masjid
bino qilishgan. Shuning uchun bularni o‘rgan- man.
Qoralovchi savol berdi:
— Sizda oltin, javohirlar bilan bezalgan bir kitob bor, ichida kufr so‘zlari ham yozilgan.
Shu kitobni qaerdan olgansiz?
Afshin:
— U kitob menga otamdan qolgan, unda ajamlar* adabiyoti kufrlari ham bor. Men
undan adablarini olib, kufrlarini tashlayman. U shunday ziynatlangan ekan, o‘z holicha
qoldirdim. Menimcha, bu islomdan chiqaradigan bir ish bo‘lmasa kerak, deb o‘ylayman.
Keyin guvohlardan yuqoridagi ruhoniy turdi:
— Bu kishi bo‘g‘ib o‘ldirilgan hayvon va qushlarning etini ham yeydilar va ular
bo‘g‘izlangandan shirinroq bo‘ladi deb meni ham yeyishga majbur qiladilar. Bir kuni
Farg‘ona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Do'stlaringiz bilan baham: |