www.ziyouz.com
kutubxonasi
140
Vardon:
— Iborati mening yodimda, agar hazrati oliylari ruxsat bersalar, huzurlarida uning
iboratidan ba’zisini o‘qib, bersam, — dedi.
Xalifa:
— Mayli, esingda borini aytib ber, — dedi.
Vardon:
— Vasiyatnoma xudo nomi bilan emas, zardushtlar xudo deb e’tiqod qiladigan «Urmuzd»
nomi bilan boshlanib, unga shariat qozisi o‘rnida majusiylar kohini guvoh bo‘lgan.
Shunday emasmi, islom askarlarining sarkardasi! Mana shuning o‘zi bu zotning
kimliklarini bilib olish uchun hazrat oliylariga yetarli dalil bo‘lsa kerak.
Afshin yana g‘azablandi. Vardon uni tahqirlamoqchi va sharmandasini chiqarmoqchi
bo‘layotganini payqadi. U bilan nojo‘ya o‘chakishgani uchun achindi-yu, lekin o‘zini
bardam tutib, dedi:
— Xo‘sh, bunda ta’na qilishga arziydigan nima bor? Vasiyat qilgan kishi o‘zi zardusht
dinida bo‘lgani uchun o‘z dini va mamlakatining urf-odati bo‘yicha yozgan. Gapingga
qaraganda, meni zardushtlikka nisbat bermoqchisan. Bu sening haddan tashqari
yuzsizliging!
Vardon Afshinga murojaat qildi:
— Hazrat oliylari ruxsat bersalar, men bilgan gapimni aytib bersam.
Xalifa:
— Sen o‘zingni himoya qilyapsan, bunga yordam beradigan har qanday gapni aytishga
haqlisan, — dedi.
Vardon Afshinga murojaat qildi:
— Men sizni zardushtlikka nisbat beribgina qolmay, zardushtiysiz, hozirgacha Urmuzdga
topinib yurasiz, deb barala ayta olaman. Bundan tashqari, islomni himoya qilaman
degan niqob ostida mol-mulk jamg‘arishni o‘zingizga asosiy kasb qilib olgansiz.
Qo‘lingizdan kelsa, musulmonlar davlatini chilparchin qilishga urinasiz. Mana,
Farg‘onadagi otashxona bu gapimning dalilidir.
Vardon shunday degandan keyin Afshin masala chuqurlishib ketayotganini ko‘rib, bu
yig‘inning o‘zida uning hal bo‘lmasligini payqadi-da, keyinga qoldirmoqchi bo‘lib, dedi:
— Sening gaplaring hozirgi yig‘inimiz mavzuidan chiqib ketdi. Biz hozir ikki asir ayolning
yashirin ravishda olib ketilganligi masalasini qarayapmiz.
Gapga Zirg‘om aralashdi:
— Bu masalada men aybdorman, deb hazrati oliylariga aytdim, chunki ularning bittasi
mening ma’shuqam, u hozir o‘z hovlimda...
Xalifa gapini bo‘ldi:
— Uni jufti halollikka olishingga biz e’tiroz bildirayotganimiz yo‘q, bildirmay, olib qochib
ketgani uchun Vardonni ayblayapmiz.
Vardon javob berdi:
— Afshin janoblari «lozim bo‘lib qolgan taqdirda musulmonlar davlatini ag‘darishda
darkor bo‘lar» deb har yili ularning qanchadan-qancha mol-dunyosini o‘z mamlakatlari
Ushrusanaga yuborib turadilar. Jahonni ham «olib borib o‘sha mollarga qo‘shib qo‘yilsin»
deb farmon berganlarini bilib, uni olib qochdim.
Xalifa Afshinga o‘girildi. Uning ko‘ksida selkillab turgan soqoli va qaltirab turgan muzdek
qo‘l-oyoqlariga qaradi-da:
— Bu ayblar juda katta ekan, ularni rad qila olmaydiganga o‘xshaysiz, — dedi.
Afshin o‘zini oqlamoqchi bo‘ldi:
— Bu gaplarning hammasi yolg‘on. O‘tirishning davomini ertaga qoldirsak! Shunda uning
sarasi sarakka, puchagi puchakka ajraladi.
Farg‘ona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Do'stlaringiz bilan baham: |