www.ziyouz.com
kutubxonasi
148
— Yo‘q, oyi! Bu sir ikkimizning oramizda maxfiy qolaverishi kerak. Mu’tasim bilib qolsa,
menga bo‘lgan muhabbati o‘rnini hasad egallab, mening payimga tushib qoladi. Men
o‘zimning nasl-nasabimni bilib oldim. Shuning o‘zi yetarli. Uni izhor qilgan taqdirimizda
biror foyda chiqadi deb o‘ylamayman, chunki odamlar baribir ishonmaydi.
Kutganimizdan ham ortiqroq ne’mat va martabaga erishganimiz uchun xudoga shukur
qilamiz.
JO‘RJIY ZAYDON VA UNING «FARG‘ONA KELINI» ROMANI HAQIDA
Jo‘rjiy Zaydon arab adabiyotining yirik namoyandalaridan biri. U adabiyot sohasidagina
emas, balki fan va madaniyat bobida ham anchagina ishlar qildi, adabiyotshunoslik, til,
falsafa, tarix, huquq, geografiya, jurnalistika, yozuvchilik — bular Zaydon qiziqqan va
hayratomuz darajada samarali ijod qilgan sohalardir.
Jo‘rjiy Zaydon 1861 yil 14 dekabrda Bayrut (Livan)da tug‘ilib, 1914 yil 21 avgustda
Qohirada vafot etdi. U kambag‘al oilada tug‘ilgani uchun ko‘p o‘qishga qurbi yetmadi,
poyabzal moylab yurib, mustaqil ravishda kitob mutolaasiga kirishdi; adabiyot, tarix uni
erta qiziqtirdi. U o‘z kuchini sinab ko‘rgan sohalarning birortasida ham rasmiy ta’lim
olmagan, hammasiga ham shaxsiy mutolaa bilan erishgan edi. Jo‘rjiy Zaydon
protestantlar kollejiga qisman qatnab o‘qib, dorichi degan guvohnoma olgan xolos. Keyin
u Misrga borib, u yerda «az-Zamon» jurnali redaktsiyasiga ishga kirib bir yilcha ishlaydi
(1882), keyin Livanga qaytadi, so‘ngra Bayrutda bir yilcha olimlar suhbatida bo‘lib, ko‘p
narsa o‘rganishga muvaffaq bo‘ladi. Undan Londonga borib, tabobat sohasidagi
bilimlarini oshirishga urinadi, u yerda sharq adabiyoti va tarixini biladigan olimlar bilan
tanishadi, kutubxonalarga qatnaydi. Britaniya muzeyi kutubxonasida u ayniqsa ko‘p
mutolaa qiladi. Bundagi arab manbalari uning ijodiga katta turtki bo‘ldi. So‘ngra Zaydon
Yevropa bo‘ylab sayohat qiladi. Qohiraga qaytgach, muallimlik qiladi, ayni zamonda «al-
Muqtataf» jurnalida ishlay boshlaydi. Zaydon 1892 yili Misrda «al-Hilol» (YArim oy)
jurnaliga asos soladi va umrining oxirigacha — yigirma yildan ko‘proq vaqt mobaynida
uning noshiri bo‘lib qoladi. Bu adabiy jurnal shundan buyon o‘tgan sal kam sakson yil
davomida arab adabiyoti va madaniyati rivojiga katta hissa qo‘shdi.
Zaydon bu jurnal uchun tarixiy-adabiy maqolalar yozdi, uyushtirdi. Shu jurnal taqozosi
bilan u ilmiy-ommabop maqolalar va tarixiy sarguzashtlar yozib, keyinchalik tarixiy
romanlar yaratdi.
Zaydon 1889 yilda ikki jildlik «Misrning yangi tarixi», «Umumiy mosuniy tarixi»ni,
1902—1906 yillar orasida esa besh jildlik «Islom madaniyati tarixi»ni yozadi. Bu so‘nggi
asar to‘laligicha 1910—1912 yillar orasida Istambulda turk tiliga, keyin fors, hind
tillariga, 1907 yilda Leydenda to‘rtinchi tomi ingliz tiliga, birinchi tomi esa 1914 yilda
tatar tiliga tarjima qilindi. 1908 yilda Zaydon «Arablarning islomdan oldingi tarixi»
asarini yozdi. Uning ikki jildlik «Sharqning mashhur kishilari», «Arab tili tarixi»,
«Qadimgi arab nasablari», «Yangi farosat ilmi», «Xalqlar darajasi», «Ajoyib yaralmalar»,
«Umumiy tarix», «Qisqacha yunon va rumo tarixi», «Misrning qisqacha geografiyasi»
kabi tarixiy-adabiy va tilshunoslikka oid asarlari bosilib chiqib, muallifiga katta shuhrat
keltirdi. Zaydon vafotidan keyin farzandlari uning uch jildlik tanlangan asarlarini nashr
ettirdi.
Zaydonni adabiyot olamiga mashhur qilgan uning romanlari bo‘ldi. U arab tarixiy
romanchiligiga asos soldi, uni yuqori pog‘onaga ko‘tardi. Zaydonning 22 tarixiy romani
Farg‘ona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Do'stlaringiz bilan baham: |