CAP
CARAVANE
81
cap
nm 1. loc adj de pied en cap boshdan oyoq; 2. burun; le cap de
Bonne Espérance yaxshi umid buruni; 3. yo‘nalish, kurs, yo‘l; mettre le cap
sur -ga tomon yo‘l olmoq.
capable
adj 1. qobiliyatli, qobil, qodir, layoqatli, iste’dodli; 2. yaroqli; il se
sent capable de réussir u zafar qozonishga qodir, yaroqli; 3. epchil,
chaqqon, malakali, kuchli; c’est un ouvrier très capable bu juda epchil
ishchi.
capacité
nf 1. idish sig‘ imi, hajmi, kattaligi; 2. qobiliyat, layoqat, qobillik,
qodirlik, qurb, qudrat, quvvat, iste’dod; 3. yaroqlilik, qodirlilik, huquqqa ega
bo‘lish qobiliyati, huquqdorlik.
caparaçonner
vt ot yopig‘ i, jul yopmoq, egar-jabduq solmoq.
cape
nf yengsiz yoping‘ich, rido; rire sous cape yashirincha kulmoq.
capeline
nf xotinlarning keng shlapasi.
capharnaüm
nm tartibsiz narsalar to‘lib-toshib yotgan joy, eski-tuskilar
joyi.
capillaire
I. adj 1. juda ingichka, nozik, qil tomirli; 2. sochga oid; II. nm
kapellyar (juda ingichka naycha, qilnaycha, qiltomir).
capilotade (en)
loc adv o‘ ta ezilgan holat, nihoyatda charchagandan
mayda-mayda bo‘lgan holat.
capitaine
nm 1. sarkarda, lashkarboshi; 2. boshliq, sardor, yo‘lboshchi; 3.
kapitan, rota komandiri; 4. sport komanda kapitani; 5. darg‘a, kema kapitani.
capital, ale
adj asosiy, bosh, birinchi, tub, eng muhim; peine capitale
o‘lim jazosi.
capital
nm 1. kapital, mablag‘, sarmoya, boylik, bisot; 2. kapitalizm,
kapitalistlar sinfi; 3. eng muhim narsa, tub ma’no, mohiyat, mazmun.
capitale
nf 1. markaz, poytaxt; 2. qo‘lyozmaning bosh harfi.
capitalisation
nf kapitallashtirish, qo‘shimcha qiymatni kapitalga, pulga
aylantirish.
capitaliser
I. vt kapitalga, pulga aylantiroq; II. vi tejab pul yig‘moq,
jamg‘armoq, to‘plamoq, orttirmoq.
capitalisme
nm kapitalizm jamiyati.
capitaliste
I. nm kapitalist (burjuaziya jamiyatida hokim sinf vakili,
sarmoyador), boy, boyon; II. adj kapitalizmga oid, doir.
capiteux, euse
adj mast qiladigan, kayf beradigan.
capiton
nm yumshoq narsalar (sinadigan nozik narsalarni joylashtirganda
atrofiga tiqiladi).
capitonnage
nm yumshoq qilib joylash.
capitonner
vt yumshoq narsa qoplamoq; capitonner une porte eshikka
yumshoq matoh qoplamoq, yumshoq narsalarga o‘rab joylashtirmoq.
capitulation
nf taslim bo‘lish.
capitule
nm to‘pgul.
capituler
vi 1. taslim bo‘lmoq, yengilganligini bo‘yniga olmoq; 2. yon
bermoq, yengilib o‘z maslagidan kechmoq.
capon, onne
adj, n fam vieilli qo‘rqoq, yuraksiz.
caporal
nm 1. kapral (kichik harbiy unvon), bo‘lim komandiri; caporal-
chef katta kapral; 2. past navli tamaki.
capot
nm kapot, qopqoq.
capote
nf
shinel, avtomobil yopqichi, jild.
capoter
vi 1. to‘ntarilmoq, ag‘darilmoq; (avtomobil haqida) 2. amalga
oshmay qolmoq.
câpre
nf kovul.
caprice
nm 1. injiqlik, m ijg‘ovlik, xarxasha, noz, g‘alati qiliq, tantiqlik, istak,
xohish; 2. pl betayinlik, beqarorlik, beburdlik; les caprices de la mode rasm-
odatning o‘zgaruvchanligi, betayinligi.
capricieux, euse
I. adj injiq, mijg‘ov, noz, tantiq, o‘zgaruvchan; II. n injiq
bola, dovdir odam, beqaror odam.
capricieusement
adv injiqona, xarxashali, ters, o‘jar, qaysar.
capricorne
nm tog‘ taka yulduzlar turkumi, burji.
câprier
nm kovul, kavar (buta o‘simlik).
caprin, ine
adj echkiga oid; echki.
capsule
nf 1. anat parda, xaltacha; 2. qopqoq (buti lka uchun); 3. urug‘li
ko‘sak, ko‘rak; 4. piston kapsul; 5. g‘ilofli dori.
capsuler
vt qopqoq yopmoq, tiqin tiqmoq.
capter
vt 1. qo‘lga kiritmoq, topmoq, erishmoq, qozonmoq, muvaffaq
bo‘lmoq, qidirib topmoq; 2. burmoq, qayirmoq, boshqa yo‘lga solib yubormoq
(buloqni); 3. tutib, to‘xtatib qolmoq, qo‘ lga tushirmoq; capter un message
topshiriqni qo‘lga tushirmoq (xabarni).
captieux, euse
adj aldoqchi, yolg‘on, soxta, dog‘uli.
captif, ive
I. adj 1. asir tushgan, tutqun, qo‘lga olingan; 2. bog‘langan;
ballon captif bog‘langan aerostat; II. n tutqun, asir; qul.
captivant, ante
adj shaydo qiladigan, maftun etadigan, maroqli,
jozibador, qiziqarli.
captiver
vt maftun etmoq, rom etmoq, asir, shaydo qilmoq, o‘ziga
tortmoq.
captivité
nf asirlik, mahbuslik, tutqunlik.
capture
nf 1. asir olish, qo‘lga tushirish, ushlab turish, qo‘lga olish, ishg‘ol,
zabt, istilo qilish; 2. o‘lja, qol’lga kiritilgan narsa.
capturer
vt bosib olmoq, zabt etmoq, asir olmoq, qamoqqa olmoq;
capturer un animal féroce yirtqich hayvonni tutqunlikda ushlamoq.
capuche
nf kiyimga tikilgan qalpoq, turli kichik narsalar qopqog‘i.
capuchon
nm 1. qopqoq, shlapa, trubka qopqog‘i, ruchka qopqog‘i.
capucin, ine
n kaputsin (tarki dunyo qilgan katolik, monaxlari ordenining
a’zosi).
caquet
nm 1. tuxumlagan tovuq qaqaqlashi; 2. bekorchi gap, safsata;
g‘iybat, fisqi-fasod gap, g‘idi-bidi gaplar.
caquetage
nm tovuqxonadagi qaqillashlar.
caqueter
vt 1. qaqillamoq; 2. g‘iybat, fisqi-fasod qilmoq, tinimsiz
vaysamoq, bidirlamoq.
car
conj chunki, negaki, shuning uchunki, shunga ko‘ra.
car
nm avtobus.
carabe
nm sassiq qo‘ng‘iz, o‘siroq qo‘ng‘iz.
carabin
nm student-tabib.
carabine
nf karabin (qisqa stvolli miltiq).
carabinier
nm 1. karabiner (askar); 2. Italiyada militsioner; Ispaniyada
bojxona xodim i.
caraco
nm ayollar nimchasi.
caracoler
vi otni gijinglatmoq, ot o‘ynatib yurmoq.
caractère
nm 1. fazilat, tabiat, fe’l, xulq, fe’l-atvor, fe’l-xo‘y; 2. harf, litera,
yozuv, belgi; 3. xususiyat, xossa, belgi, alomat, nishona, asar, ishora, fazilat,
hosiyat, xislat; caractères individuels shaxsiy fazilat.
caractériser
I. vt ta’riflamoq, tafsiflamoq, baho bermoq, baholamoq; II. se
caractériser vpr ta’riflamoq, tafsiflamoq, baholanmoq.
caractéristique
I. adj biror xususiyatga ega bo‘lgan, ajralib turadigan,
antiqa, ajoyib, farqlovchi; II. nf ta’rif, tafsif, baho, xos xususiyat; les
caractéristiques d’une machine mashinaning alohida xususiyatlari; fazilat,
hosiyat, alomat.
caractérologie
nf inson fazilatlarini o‘rganadigan fan .
caracul
nm voir
karakul.
carafe
nf 1. grafin; 2. rester en carafe chetda qolmoq, unutilmoq; 3.
bosh, fam; un coup sur la carafe boshga bir zarba.
carafon
nm grafincha.
caraïbe
I. adj Karib dengiziga oid; II. n Antil orollari aholisi (indeyslar).
carambolage
nm 1. billyardda asisiy soqqaning ikki soqqaga birdan
urilishi; 2. to‘qnashuv; carambolage d’automobiles sur une route
encombrée to‘lib-toshgan ko‘chada avtomobil to‘qnashuvi.
caramboler
vt to‘qnashmoq, urilib ketmoq.
caramel
I. nm karamel (konfet turi), obaki, obakidondon; II. adj och sariq,
qizg‘ish, malla.
caraméliser
vt qanddan qiyom qilmoq.
carapace
nf 1. toshbaqa kosasi, po‘st, po‘choq, qobiq, po‘stloq
(tuxumda); 2. qalqon, sovut, qobiq.
carapater (se)
fam qochib ketmoq, nari ketmoq, uzoqlashmoq, juftakni
rostlamoq, tum taraqay bo‘lmoq.
carat
nm karat, qirot (0,2 gramm).
caravane
nf 1. karvon, les chiens aboient, la caravane passe prov it
hurar, karvon o‘ tar; 2. yo‘ lovchilar, odamlar guruhi.
Do'stlaringiz bilan baham: