www.ziyouz.com кутубхонаси
21
shaharni kezib chiqsangiz ham birorta munkillagan qariyani yoki mayib-nogironni uchratolmaysiz,
ajab hol! Unaqalar yo shahardan ko‘chirib yuboriladi, yo maxsus muassasalarga eltib joylashtiriladi.
Namunaviy sotsialistik jamiyat har turli mayib-mubtalolardan, jisman nosog‘, noraso, badbashara
«unsur»lardan xoli bo‘lmog‘i kerak! Beixtiyor saksoninchi yillardagi Moskov olimpiadasi arafasida
qo‘llangan muvaqqat chora — har turli qalang‘i-qasang‘i, mayib-majruh, mayxo‘ru bezori va
fohishalarni shahardan chiqarib yuborish manzarasi xotirga keladi. O’xshashlikni qarang! Maqsad-
muddaoning birligi, mushtarakligi dunyoning ikki chekkasida yashayotgan odamlarni ham yakdil
qiladi, tug‘ishgan aka-ukaga aylantirib qo‘yadi!
Men bu gaplarni osmondan olib yoki o‘zimcha to‘qib aytayotganim yo‘q, zinhor-bazinhor. Bu
ma’lumotlar «ishonchli manba» — Diqqinafas elchining og‘zidan chiqqan. Unga ishonmaslikka esa
menda — atigi besh-o‘n kunlik musofirda hech bir asos yo‘q.
Xoniyani surunkali bayramlar shahri, dedik. Haqiqatan shunday. Qachon qaramang — butun
mamlakat allaqanday bayramga tayyorlanib yotgandek. Qayoqqa qaramang — ulkan bayram
tantanalariga hozirlik. Doimiy hozirlik. Ayniqsa, bayramlar arafasida katta-katta maydonlar yoshlarga
to‘lib ketadi. Ular kun bo‘yi oyoqda tikka, oftobning tig‘ida, turli tusdagi liboslarga burkanib, turli
tantanavor shakllar yasash bilan ovora. Yuzlab-minglab yigit-qiz. Bayram kuni ulug‘ dohiy «sevimli
rahbar» atalmish ukasi hamda boshqa safdoshlari qurshovida kelib, yuzlab-minglab odamdan
yasaladigan bu jonli gullarni maroq bilan tomosha qiladi. U ana shunaqa rangin tomoshayu
tantanalarni xush ko‘radi. Sirasini aytganda, bu kabi tadbirlar shu birgina zotning ta’biga moslab,
uning ko‘nglini ovlamoq, vaqtini chog‘lamoq maqsadida qilinadi. Yanada dangalrog‘i — butun
mamlakat shu bandaning xizmatida, bir ko‘ngil maylining ijrosi bilan mashg‘ul. Darvoqe, bu to‘ymas-
tinchimas shuhrattalab ko‘ngilning boshqa muddaosi ham bor. U chet ellik mehmonlarga, iloji bo‘lsa-
ku butun jahon ahliga yurtining sotsializm qurishdagi mislsiz yutuqlari, afzalliklarini mana shu singari
tomosha-tantanalar orqali ham namoyish etmoqni istaydi. Kelsin, ko‘rsin, bilsin, sotsializmning
buriyocha shakliga tahsin-tasannolar aytsin!
Ha-ha, ulug‘ dohiy tovarish Xon Man Men bu dunyoga bekorga kelgan emas, umri bekorga
o‘tayotgani yo‘q, ahli olam bilsin! Uning va inisining portreti har bir buriyolikning uyi to‘rida turibdi!
Uning tabarruk siymosiyu o‘lmas g‘oyalari har bir buriyolikning ko‘ksidangina emas, miyasidan,
yuragidan, vujud-vujudidan mustahkam joy olgan! U yog‘ini so‘rasangiz, million-million odam
istiqomat qiladigan mana shu jannatmonand shahar ham uning sharafli nomi bilan ataladi! Shahar
markazidagi baland tepalikka o‘rnashgan parlament saroyi qarshisida bo‘y cho‘zgan osmon barobar
cho‘ng haykal ham uniki! (Aytishlaricha, O’rta Osiyodagi Toshkent degan shaharda ham jahon
yo‘qsillarining dohiysiga shunga yaqin bir haykal tiklangan ekan, ammo mustaqillikka chiqqach,
sotsializm g‘oyalarini rad etib, uni ag‘darib tashlabdilar. Afsus, afsus! Yaxshilikni bilmaganlar! Mayli,
o‘zlaridan ko‘rishsin, bir kun kelib pushaymon qilishlari muqarrar!) Ha-ha, tovarish Xon Man Men
bekorga yashagani yo‘q, umri bekorga o‘tayotgani yo‘q!
Shaharning qoq o‘rtasidagi yasama tepalikda kattaligi uydek keladigan bir rasm — panno bor.
Unda olis ufqdan zarrin nurlar sochib bosh ko‘tarib kelayotgan quyosh, yam-yashil o‘tloqlar, gulgun
chamanzorlar va do‘mboqqina bir bolakay tasviri solingan. Bolakay, chehrasida yoshiga nomunosib
bir shijoat, quyosh sari qo‘l cho‘zib turibdi. «Ulug‘ dohiy tovarish Xon Man Menning besh yasharlik
chog‘i, — deya izoh beradi zukko tovarish Yak. — Ilk bor jonajon Buriyoni istibdod changalidan ozod
qilish va kommunizm g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish rejalarini tuzayotir».
Bu gapga nima deysiz! Lekin millionlab odam, million-million buriyolik bu riyo va ro‘yolarga
ishonib, shirin aldovlar og‘ushida yashamoqda. Nachora, e’tiqod — o‘limdan kuchli. Zulm esa undan-
da qudratliroq.
Bir oqshom bekorchilikdan Baxtiyor ikkalamiz shaharning markaziy ko‘chasi bo‘yidagi peshtoqlari
yarqirab turgan binolarning hovli tarafiga o‘tib, taajjubda qoldik: na suvoq, na pardozi bor — qop-
qora yalang‘och beton. Ochiq ayvonchalarda odam g‘ij-g‘ij, har xil lash-lushlar, eski-tuski jandalarmi
uyulib yotibdi, qimirlamoqqa joy yo‘q. Xullas, ruhni toptaydigan behad ayanchli bir manzara. Negadir
Chapaklar yoki chalpaklar mamlakati (qissa). Erkin A’zam
Do'stlaringiz bilan baham: |