www.ziyouz.com кутубхонаси
18
allaqanday malhamdori sotib olganmish. Mana sizga bu yog‘i! Men shu zormondani ham mahkamada
katta bir lavozimni egallab o‘tirgan akaxonimizga qo‘ng‘iroq qila-qila bazo‘r, sog‘ tishini sug‘urgandek
bir azobda undirgan edim. «Mayli, cho‘ntak puli qilarsizlar», deya zo‘rg‘a imzo chekib bergan edi u
azamat.
O’n kunlik safarga — yigirma dollar cho‘ntak puli, kulgili emasmi bu, masxara emasmi? Qaysi bir
xizmatlari evaziga hozir mamlakatma-mamlakat elchilik qilib yurgan o‘sha akaxonimizga yigirma dollar
berib ko‘ring-chi, olib ketini artarmikan?
Shu taxlit tovarish Baxtiyor ikkimizning boshimiz qotib o‘tirganda qayoqdandir tovarish Yak, og‘zi
qulog‘ida, xushxabar bilan .kirib keldi:
—
Bir-birovlariygni tabriklashlaring mumkin, qolgan besh kunlik barcha sarf-xarajatni —
musofirxona haqiyu restorandagi yeyish-ichishlaringni Buriyo xalq demokratik hukumati o‘z zimmasita
oladigan bo‘ldi!
Uning tantanavor gap yo‘siniga hamohang men ham shunday tantanavorlik bilan, minnatdorlik
aralash xitob qildim:
— Yashasin Buriyo xalq demokratik respublikasining beva-bechoralarga mehribon, g‘amxo‘r,
olijanob hukumati!
— Ana bu boshqa gap, tovarish Erkin aka! — deya maqtadi meni tovarish Yak, siyosiy ongim picha
oshganidan chiroyi yorishib. — Endi qolgan kunlaring ham sermazmun o‘tishi uchun sizlarga atab
maxsus dastur tuzmog‘imiz kerak bo‘ladi. Takliflaring yo boshqa xohish-istaklaring bo‘lsa, marhamat,
menga yozib beringlar.
Rahbar sifatida men aytib turdim, xushxat tovarish Baxtiyor qog‘ozga tushirdi:
1. Rossiya Federatsiyasi elchixonasini ziyorat.
2. Buriyo Milliy axborot mahkamasi faoliyati bilan tanishuv.
3. Oddiy buriyoliklar xonadonini borib ko‘rish va hokazo.
Tag‘in bir istagim o‘ta shaxsiy iltimos tarzida bo‘lib, uni bu qadar rasmiy takliflar sirasiga
qo‘shmoqni ep bilmadim.
Qog‘ozga ko‘z yugurtirgan tovarish Yakning qoshlari chimirildi.
— Rossiya elchixonasida nima bor, sizlar mustaqil davlat vakilisizlar-ku? — dedi hamma gapdan
boxabar bu shayton norozi bo‘lib.
— Gap shunda-da, — dedim men salmoq bilan va o‘zimda yo‘q vakolatni suiiste’mol qilmoqqa
kirishdim: — Birinchidan, yaqin kelajaqtsa biz bu yerda elchixona ochish niyatidamiz, binobarin,
elchixona faoliyati va mavjud shart-sharoitlar bilan tanishmog‘imiz darkor. Ikkinchidan, o‘zingizga
ma’lumki, yaqindagina biz ham sobiq Ittifoq tarkibida edik, binobarin, bu elchixonada bizning ham
haqimiz, ulushimiz bor!
— Bo‘pti, ko‘ramiz, — dedi mug‘ambir tovarish Yak qog‘ozni to‘rt buklab ko‘krak cho‘ntagiga tiqib
qo‘yarkan.— O’ylashib ko‘ramiz.
Rostakamiga o‘ylab ko‘rdi bu xumpar! Uylab ko‘rib, takliflarimizdan bittaginasini hisobga olibdi.
Uniyam chala-yarim. Elchixona masalasida esa, bizni u yerga yo‘latmaslikning har chorasini qilib ko‘rdi
desa bo‘ladi...
Tushdan keyin Moskov samolyotiga patta olib quygani «Aeroflot» vakolatxonasiga bordik.
Pattaxonaga kirib chiqqan tovarish Yak motamsaro qiyofada bizga ma’lum qildi:
— Ishlar chatoq, tovarishlar, bergan pullaring bir kishining qaytishigagina yetar ekan! O’zlaring
tanlanglar, qani, kim ketadiyu kim qoladi?
Bu xabardan kapalagimiz uchib, dardi dunyomizni zulmat qoplagandek bo‘ldi. Bu qanaqasi, axir?
Toshkentdan xazonga aylanib bo‘lgan rublning bir to‘rxaltasini orqalib kelib, yarmiga Moskovdan bu
yoqqa patta olgan, qaytishimizga mo‘ljallangan yarmi esa shu kunga qadar chamadonlarimizning
yarmini egallab yotgan edi. Endi nima qildik, tovarish Yak, biror yo‘lini ko‘rsat yo‘lboshchimiz
bo‘lsang?
— Marhamat, o‘zlaring kirib so‘rab chiqishlaring mumkin, — dedi tovarish Yak sovuqqina qilib. —
Chapaklar yoki chalpaklar mamlakati (qissa). Erkin A’zam
Do'stlaringiz bilan baham: |