www.ziyouz.com кутубхонаси
31
Tayyoramiz qandaydir tikanakli simto‘siqlar, oldida soqchi askarlar saf tortgan omborsimon
inshootlar, pastak-pastak tepaliklaru ekin
maydonlari oralab uzoq yurgach, nihoyat,
osmonga
ko‘tarildi. G’arb tarafga qarab mo‘ljal oldi. Xayriyatki, uni endi hech bir kuch ortga qaytarolmaydi,
simto‘siqlar bilan o‘ralgan boyagi sovuq maydonga qaytib qo‘ndirolmaydi.
Bizning bu mamlakatni tark etganimiz haqiqat edi. Ana u, ko‘kish g‘uborlar orasida qolib ketdi.
Bugun tong chog‘i halinchak uchgan kizaloqni esladim, «tilla baliqcha»ni, allaqanday mung‘ayib,
tashvishmand ko‘ringan tovarish Yakni... Bunday paytda ko‘ngildan «Umr agar vafo qilsa, bu
manzillarni bir kun yana qaytib ko‘rarman» degandek bir niyat kechmog‘i tabiiy.
Ajabki, menda unday istak yo‘q edi.
Bir vaqt qarasam, quloq-miyamdagi doimiy g‘uvillash tingan — uni tayyoraning bo‘g‘iq shovqini
bosib ketibdi. Daroz do‘xtir xato qilgan ekan. Dunyoda chorasiz narsa yo‘q. Gap — nimani tanlab,
nimadan voz kechishda.
1993-98