Bugun do‘stlarim bilan fudbol o‘ynagani bordik



Download 49,9 Kb.
Pdf ko'rish
Sana16.03.2022
Hajmi49,9 Kb.
#493498
Bog'liq
2 5256154773249327831



....
Bugun do‘stlarim bilan fudbol o‘ynagani bordik.
Fudboldan qaytyotib kayfiyatim buzildi. Do‘stlarimdan
ajralib, yolg‘iz qaytdim. Hayollarim meni har tamonga
olib ketdi. Esladim, hammasini. 
Bola edim, yetishmovchiliklar oilamizni ko‘p qiynardi.
Shunda tezroq katta bo‘lishni va o‘qib ilmli bo‘lib boy
badavlat bo‘lishni orzu qilardim.
Yillar o‘tdi ulg‘aydim. Balog‘at yoshiga yetgandim.
Ha, ha o‘sha kun edi. Hammasi o‘sha kundan
boshlangandi.
O‘sha kun. Tong otdi. Har doimgidek o’z xonamdan
kiyinib yana maktab tamon yo’lga otlandim. Shirin
hayollar bilan maktabga yetdim. Ko’nglim sezardi
bugun o’zgacha kun edi. 2-dars kimyo darsida sinf
rahbarimiz darsga kirib sinfimizga yangi bir o’quvchi
kelganligi haqida e’lon qildilar. Hamma qiziqish bilan
kuzatardi. Eshikdan esa bir qiz mo’ralab qaradi va
menga qarab ko’z qisib qo’ydi ( bu xolamning qizi edi ).
Yurakda qandaydir hayajon turgandi. 
Shu zaylda kunlar o’tdi. U bilan yaqindan tanishdik.
U bilan har kun gaplashardik. Biz juda yaqin bo‘lib
qolgan edik. Har kun, har tun u haqida o’ylaydigan
bo’lib qoldim. Har tong maktab tamon shoshilardim.
Sinfdosh qizlar orasidan doim uni axtarardim.
Bilmadim menga nima bo’lyapti, lekin kundan kunga


unga qattiq bog’lanib boryotgan edim. O’qishga
nisbatan qiziqishim yuqori bo’lganligidan u bilan fan
bo’yicha ko’p sinashardik. Ba’zan u, ba’zan esa men
yutardim.
Bugun uning tug‘ilgan kunidaman. U judayam xursand
edi. Har doim uning yonida bo’lishni xoxlar edim.
Kelajak haqida gaplashar edik. Men doim hali katta
odam bo’laman, oliy dargohlarda o’qiyman, o’qimishli
odam bo’lib yetishaman derdim. Ismimni yozib, bu
nom hali ko’p joylarda yoziladi derdim. U ham o’qishga
qiziqishlari haqida aytardi va menga omad tilardi.
Uning kulishi, ismimni sehrli ohangi bilan aytishi
hecham esimdan chiqmaydi.
8-sinfni tugatdik. Yozgi ta’tilda ko’rishmadik. Uni
judayam sog’ingan edim.
9-sinf boshlandi. Mana yana diydor ko’rishdik. U
yanada go’zallashib ketgandek ko’rindi ko’zlarimga.
O’sha kuni sezdim, men uni sevardim. Har kuni xat
yozishardik. Uning yozgan xatlarini qayta qayta o’qib
chiqardim. Sinfda mendan oldinroqda o’tirgani sababli
menga qarayotganligini sezib qo’yardim. Chunki
bilardim, u ham menga befarq emasligini. Darsda
nuqul unga termulgancha o’tirardim.
Bir kuni Adabiyot o’qituvchimiz savol javob qildilar
va bir boshdan hammadan so’ray boshladi. O’sha
kuni faqat ugina savol javobdan a’lo bahoga o’ta


oldi. U rus tilidagi she’rlarni ham ajoyib qilib o’qirdi va
yoddan bilardi. O’sha kuni undan g’ururlandim, undan
faxrlandim. Maktabni bitirishni hecham xoxlamas
edim. Bitirsam undan ayrilib qoladigandek edim. Uni
har kuni ko’ra olmas edim. 
Maktabni bitirishimda ko’ngilsiz voqea sodir bo’ldi.
Sinfimizda so’nggi qo’ng’iroqni chalish uchun bir
kishi tanlab olinishi kerak edi. Sinfdoshlarim esa
meni tanlashdi, sababi o‘qishga bo‘lgan qiziqishim
yuqori ekanligi va maktabimiz nomidan yolg‘iz viloyat
olimpiadalarida qatnashganim edi. Aslida bu mening
eng katta orzuyim edi. So’nggi qo’ng’iroq chalinish
vaqti kelganda esa direktorimiz meni emas yonimda
turgan qizni chaqirdi. Hamma qarsaklar chalishdi.
Men esa hammadan ham balandroq ovozda qarsak
chaldim. Chunki chaqirilgan qiz o‘sha edi. To’g’ri alam
qilardi. Ich ichimda olov yonardi. Lekin u chalgani
uchun, uning uchun xursand edim va sinfga qaytib
kirganimizda uni chin qalbimdan tabrikladim. U
mahzunlik bilan nimaga tabriklayabsiz dedi. Chunki
u ham bilardi aslida bu mening orzuyim bo‘lganligini.
Men esa " siz uchun xursand ekanligimdan " deb
javob berdim. O’sha kuni yurakda alam bilan uyimga
qaytdim. Undan xafa bo’lmadim. U aybdor emasdi.
Bunda tanish-bilishchilik bo’lgandi. Uning otasi va
direktor hamkasb edilar. U o’sha kuni mendan juda
xijolat bo’lgandi. Bizning sevgimizni bir sinfdoshimiz,
uning yaqin dugonasi bilardi. Bitiruv lentamizga
sinfdoshlardan estalik yozishimizda meni lentamga
o’sha sinfdoshimiz bizga baxt tilab yozgandi ( o‘sha


lenta hali ham maktab davrimdagi sumkamda turibdi ).
Maktabni tugatib hammamiz har tarafga ketdik.
Biz ikkimiz umuman boshqa boshqa yo’ldan ketdik.
Oradan vaqtlar o’ta boshladi. Unga vaqti vaqti bilan
qo’ng‘iroq qilardim. Uni judayam so’gingan edim. U
bilan o’tgan kunlarimizni eslab o’zimga o’zim taskin
berardim. Uning qishlog’iga borardim. Uzoqdan uning
uyiga qarab, unga termulgancha kuzatardim.
Bir kuni biz sinfdosh jo’ralar bilan dam olishga ularni
qishlog’iga bordik. Erta tongdan yo’lga chiqdik.
Hayolimda faqat u bilan ko’rishish va unga aytadigan
birinchi so’zim haqida o’ylardim.
Ana u bilan ko’rishdik. O’sha kun yuqori hayajon bilan
o’tdi. Birga sayr qildik. Hech esimdan chiqmaydi:
Oqtosh degan tepalikka chiqyotganimizda u
mening qo‘llarimdan mahkam tutgancha tepalikka
chiqqandi. Istardimki, Uning qo‘lini hech qachon
qo‘yib yubormaslikni. Unga uni qanchalar sevishimni
aytgim kelardi. Lekin buni aytishga o’zimda kuch topa
olmasdim. Unga uzoq termulgancha qolardim. O’sha
kun tarixga aylandi xolos.
1-iyun. Bugun bitiruv kechasi tashkil etdik. Unda
ikkimiz birga edik. Bugun juda baxtli edim sababi, u
men birga edi. Uni yonimda xush kayfiyat bilan ko’rish
men uchun katta baxt edi. U bilan tonggacha raqsga
tushdik. O’sha kun hayotimda unutilmas kunlardan
biriga aylandi. Hayotning ishlarini qarangki, ikki kun


o’tib otam bilan birgalikda ularning uyiga ishga tushdik.
Durodgorlik ota kasbim va men otam bilan birga
mehnat qilardim. U yerga nimaga borganimni men
va faqat u bilardi. Uning borligi uchungina o’sha uyga
borganman.
U o’zgargandi. U endi maktabdagi menga boshqacha
nigohlar bilan qaraydigan qiz emasdi. Biz ishga
tushdik. Ikki kun o’tib esa u o’qishga ketib qoldi. U
kollejda o’qirdi. Uning qaytishini intizorlik bilan kuta
boshladim. Qachon shanba kelarkin deb kun sanardim.
Mana men kutgan shanba ham kelgandi. Erta
tongdan to kechgacha uning yo’llarida ko’zim toldi.
Uni kutdim. Kun bo’yi ko’cha qaradim. U esa kelmadi.
Undan qattiq xafa bo’ldim. Sababi u bilardi mening
kutayotganligimni.
Sezardimki, u ancha o’zgargandi. U kollejda o’qirdi men
esa odamlarning uylarida ishlardim. Unga ularning
uyida ishlayotganligim qanday ta’sir qilgan, men
haqimda qanday fikrga borganligini men bilmayman.
Men oilamiz uchun ishlardim va ota onamga yordam
berishga harakat qilardim. Ishni tugatdik. Shu orada
ularning ham qishlog’ida bitiruv kechasi bo’lib o’tdi.
Men unda bor edim. O’sha kun hammasi tugadi (lekin
men buni bilmagandim, hammasi e‘tiborsizligim sabab
edi ). Uyga qaytdik. Ko’ngil behuzur edi. Nimadandir
alamzada edim. 
Bir kuni u bizning uyimizga keldi. Uyda qurilish ishlari
bilan band edik. Mendan bitiruv kechasi rasmlarini
olgani kelgandi. U men uchun juda qadrli edi. Sababi
unda menga nisbatan boshqacha mehr ko’rardim.


O’sha kun ham menga qayg’urib charchaganim
yuzimdan ko’rinib turgani va ancha oriqlaganim haqida
haqida gapirdi. 
Oradan bir yil o’tdi. Men abituriyent edim. Kollejdagi
bitiruv imtixonidan qaytyotganimda uni otasi bilan
birga ko’rdim. Mashinada ketishyotgan edi. Otasi
mashinaga taklif qildi. Men esa rad etdim. Chunki,
uning otasi yaxshi odam emasdi nazdimda. Shu payt
uni ko’ra oldim xolos( qaniydi bilganimda uni so’nggi
bor ko’rganimni). 
Kollejni tugatdim va oliy dargohga institutga hujjat
topshirdim.
15-avgust. Yurakda katta hayajon va quvonch bilan
ota-onamga o’qishga davlat grandi asosida qabul
qilinganligimni aytdim. Ana shu kuni Ota-onamdan
birinchi marta raxmat eshitdim. Eng baxtli insonlar
qatorida edim. Mening eng katta orzuyim ushalgandi.
19-avgust tongida esa bayram kayfiyatida yurgan
paytimda mash’um xabar yetib keldi. U olamdan o’tgan
edi. 19 yoshli, hali hayot nima ekanligini tushunib
yetishga ulgurmagan hayotning go’zalliklariga
to’ymasdan hayotdan ko’z yumgandi. Bo’g’zimga
tiqilgan alam shunchalar kuchli ediki. Uydan boshga
do’ppi kiyib janoza tamon otlandik. Quloqlarim
kar, ko’zlarim ko’rga o’xshardi. Chunki quloqlarim
bu so’zlarni eshitmagan, ko’zlarim bu holatni aslo
ko’rmagan. U bilan so’nggi bor diydorlashish uchun
uning yoniga kirardim. Karaxt ahvolda edim. Nima


qilishni, nima deyishni, nima o’ylashni bilmasdim.
Ko’zlarimdan daryo-daryo bo’lib oqayotgan yoshlarni
adog‘i yo’q edi. U jilmaygancha yotardi. Shu paytdagi
ahvolimni, ko’rgan manzaramni tasvirlash uchun
so’zlar topish mushkul. O’zimni qo’lga olib tashqariga
chiqdim. U bilan o’tgan damlarimni birma-bir
esga oldim. Unga bir marta bo’lsada qanchalar
sevishimni, unga mehrim qanchalar cheksiz ekanligini
aytolmaganimdan afsuslanardim. Hayolimda nahot
endi uni ko‘rmayman, nahot talabalik baxtimni u
bilan bo‘lisholmayman, nahot uning joduli ovozini
eshitmayman, nahot uning sehrli oyyuzini endi
ko‘rmayman degan o‘y gir-gir aylanardi. Uni so’nggi
manzilga kuzatar ekanman, endi qaro tuproq ostida
uni boshqa ko’ra olmasligim haqida o’yladim. Nafas
yetmayotgandek, chuqur alam bilan o’zimni zo’rg’a
ushlardim. Qabri ustiga tuproq tashlar ekanman.
To’xtanglar u hali tirik, uni ko’mmanglar deb uni qaytib
olgim kelardi. Axir u hali yashamadiku, hayotga keldiyu
nimani ko’ra oldi. O’n gulidan bir guli ochilmasdan
so’ldiku. Ovozim boricha baqirgim kelardi. 
Mana bugun 5-sentabr. Unga so’nggi bor xat yozdim:
" Mehribonim, mana bugun men sizdan bir kun ko’p
yashayapman. Siz hayotim mazmuni edingiz. Afsus
bularni endi sizga ayta olmayman. Hayot hali ham
davom etyapti. Lekin unda siz yo’qsiz. Sizni judayam
sog’indim. Siz doim qalbimning tub tubida yashaysiz ". 
5-noyabr. Institutdan qaytyotib mayin mayin qor
yog’yotganligini ko’rdim. Atrofimdagilar qorni ko’rib


juda xursand edilar. Men esa nimani o’yladim? - "
Sevgilim sovuqqotmayaptimikan ".
Mana mehribonim bu dunyoni tark etganiga ham 3
oy bo’ldi. Men esa uning qabri boshida uning nomiga
tilovat o’qib uni yodga oldim va unga: " Esingizdami
ismimni yozib bu nom hali ko’p joylarda yoziladi
degandim. Men va’damni bajardim. Xoxlardimki,
mening bu baxtiyor kunlarimda siz ham birga
bo’lishingizni va mening yonimda bo’lishingizni
istardim ".
Yo‘lda yurib borarkanman, osmonda charaqlab turgan
yulduzlarga beixtiyor ko‘zim tushdi. Sezamanki, o‘sha
yulduzlar orasidan mening Yulduzim ham tikilib turibdi.
Shu bilan hayot to‘xtab qolmadi. Yana yashashda
davom etdim. Oradan yillar o‘tdi.
2 yildan so‘ng. 26-aprel. XXI asr balosi edi bu telefon.
Telefonda bir qiz bilan suhbatlashardim. U bilan oldin
kollejda bir guruhda o‘qigandik. U ham mendan keyin
talabalik baxtiga muyassar bo‘lgandi. Biz tobora bir
birimizga bog‘lanib borardik. Tunlari telefonda soatlab
nimalarnidir suhbatlashardik. 
1-oktyabr. U menga boshqa telefon qilmaslikni, menga
bog‘lanib qolyotganligini va bir kun kelib ajralishib
ketsak azoblanishni istamasligini aytdi va men bilan
gaplashmay qo‘ydi. Yuragimda haqiqiy olov yondi.
O‘zimni qo‘yarga joy topolmadim va sezdimki, men


yana sevib qolgandim. Bir ikki kun o‘tgach u bilan
gaplashdim. Unga yoqtirishimni, jiddiy niyat bilan, oxirgi
pallagacha uning uchun kurashishimni aytdim. Shu
payt vujudimda ajib his ( bu sevgidan edi nazarimda ),
hayajon va qo‘rquv paydo bo‘ldi.
Osmonni qora bulutlar qoplagan, qorong‘u ko‘cha
yolg‘iz yo‘lning o‘nqur-cho‘nqurlariga tushib, tebranib
yurib borardim.
O‘sha haqiqatdan ham meni o‘ziga rom etgandi. Menda
u bilan ko‘rishish istagi paydo bo‘ldi. Ko‘rishish mushkul
edi, sababi biz bir birimizda olislarda edik. Ungacha
borish uchun uchta viloyatdan o‘tishim zarur edi.
Majnun Laylisini deb poyonsiz cho‘llarni kesib o‘tganda
bu menga nimayam bo‘lardi dedim. 
23-dekabr. Hech kimga aytmasdan yo‘lga chiqdim.
Kechki payt u darsdan chiqish paytiga darvoz yonida
uni kutardim. Vaqt esa o‘tib borardi, lekin undan darak
yo‘q. Qo‘ng‘iroqlarim javobsiz edi. Qaysidir mahal u
javob berdi va allaqachon uyga ketganligini aytdi.
Hafsalam pir bo‘lib bir do‘stimnikida mehmon bo‘ldim.
Orzuqib kutilgan diydor.
Ertasi kuni, men hali ham o‘sha joyda kutardim.
U kelyotganini aytdi. Yuragim hapqirib, u tamon
shoshildim. Esimdan hecham chiqmaydi o‘sha onlar.
Telefonda gaplashib bir birimizni topdik. Archazorlar


ortidagi o‘rindiqlardan biriga o‘tirdik. So‘zni nimadan
boshlashni bilmay, unga tikilgancha jim qolgandim.
U juda go‘zal edi. Quloqlarimda bir so‘z bong urardi:
Bu sen izlagan baxting deya. Diydor onlari uzoqqa
cho‘zilmadi. 18 daqiqa. Men ana shu 18 daqiqa uchun
3 kun sargardonlikda yurdim. Asosiysi maqsadimga
yetdim.
Bu uchrashuv menga umid bergandi. Qalbimda
o‘zgacha tuyg‘u paydo bo‘lgandi. Bu tuyg‘u meni faqat
oldinga boshlardi va unga yetishasan derdi.
Shu zaylda kunlar oylarga ulanib, oradan yillar o‘tdi.
Aniq aytishim mumkinki, men unga qattiq bog‘lanib
qolgandim. Sevgim kundan kun kuchaya borardi. Ha
rost, men u bilan baxtli edim.
Hayotim uning bilan go‘zal edi. Unga juda qattiq
bog‘lanib qolgandim. Balki bu sevgidan darakdir.
Bir birimizdan olislarda bo‘lsakda biz go‘yoki birga
yashardik, birga uyg‘onardik, bir birimizga xayrli tong
tilardik, birga dars qilardik, birga darsga borardik, birga
qaytardik, birga uxlardik. Bularning hammasi telefon
orqali bo‘lardi. Ba‘zi paytlar uchrashuvga borardim.
Uchrashganimizda unga tikilgancha qolardim, lekin
diydoriga hecham to‘ymasdim. Oshiqligim tobora
kuchaya borardi. Men hayot deganlarida, kelajak
deganlarida faqat uni tushunardim. 
Unga har safar xayrlashish oldidan uni sevishimni


aytardim va "o‘zingni ehtiyot qil" deya hali menga
kerakligini uqtirardim.
Men sevdim oshig‘u devona bo‘lib, uni o‘ylab tunlarni
bedor o‘tkazdim, uni she‘rlar bitdim, unga ishondim,
ishonchimni sindirib yakson qilsa ham yana ishondim.
Havas qilishdi unga, menday oshig‘i borligi uchun ...
Har doim uning borligini sezib, uning mayin ovozini
eshitib baxtga to‘lardim.
Osmonni bulutlar qoplab, havoning avzoyi buzula
boshladi...
2018-yilning iyul oyi. Men hayotim o‘sha kezlarda
tugagandi. Shundan buyon yashadim deb
aytolmayman. To‘g‘risini aytsam kechirgan hayotimni
tasvirlash uchun so‘z topolmayman.
19-sentyabr. Ishga kirdim. Xursand bo‘ldim
(bilmasdimki meni oldinda shu ish ketidan nimalar
kutyotganini). Lekin nimadandir ko‘nglim hech
to‘lmasdi.
6-noyabr. Erta tongda uyg‘onishning o‘zi men uchun
katta baxtdek tuyuldi. Axir bu men qanchalik intizorlik
bilan kutgan kun edi. Ota-onam yaxshi niyatlar bilan
sevgilimning ostonasi tamon otlanishgandi. O‘sha
payt ko‘nglimda qanday his hukmron edi bilmayman,
lekin, xursand yoki hayajonlarga to‘lib toshmagandi.


Ish tufayli kun bo‘yi uyda qanday vaziyat va nima
bo‘lganligi haqida xabarsiz qoldim. Kech tushdi. Ishdan
qaytgach uydan xabar oldim.
Bilmadim, hayollarga berilib ketdimmi, qorong‘u
ko‘chada yuztuban yiqildim.
Men faqat yo‘lda emas, hayotda ham yiqilgandim
aslida. Uydan xabar oldim va bildimki, endi hammasi
tugagandi. O‘sha kunni hech qachon unutmasam
kerak.
" Ertalab uyg‘ondim: bugun suyganimga uylanyapman
deya...
Kechasi uxladim: sevgimdan ayrildim deya... "
Men sevgimni taqdirimga yutqazib qo‘ydim...
Kimdadir savol tug‘uladi: nega ayrilishdi degan?
Menda tanlash sharti paydo bo‘ldi: ota-onam, oilam
yoki sevgim ???
Men tanladim: ota-onam va oilamni...
Bir joyda o‘qigandim: 
Bir oshiq yigitdan so‘rashibdi: senga tanlash zarurati
tug‘ulsa sevgingni tanlarmiding yoki ota onangni
oilangnimi deb...
Oshiq yigit javob beribdi: ular mening tana a‘zolarim


kabi, biri jigarim bo‘lsa, biri yuragim...
Xuddi shuningdek men ham tanladim: Jigarimni va
Yuraksiz qoldim.
Men sevgimdan voz kechdim, nega?
Axir biz o‘zbekmiz. O‘zbek oilasida ota ona orzusi katta
ahamiyat kasb etadi.
Men voz kechdim sevgimdan ota-onamning,
aka-ukalarimning, sevgilimning ko‘zlariga qarab.
Yoshligimdan itoatkor farzand bo‘lib ulg‘aydim va yana
shunday bo‘ldim. Men shu azoblar ichida yashadim va
yashayapman, lekin o‘zimni o‘ylamadim, o‘ylolmadim.
Dedim: ota-onam istagandek farzand bo‘lishim kerak,
ota-onamga kelin suyish baxtini berishim kerak,
sevgilimni baxtsiz qilmasligim kerak.
U men bilan baxtli bo‘lolmasdi, buni ko‘nglim sezardi.
Men istardimki, ota-onam mendan rozi bo‘lishini, umr
yo‘ldoshim men suygan ayol bo‘lishini, u men bilan
baxtli bo‘lishini, suyganim mening uyimga kelin bo‘lib
emas ota-onamga qiz bo‘lib kelishini, mening oilamda
o‘z o‘rniga ega bo‘lib hurmat ehtirom ko‘rishini. Lekin
ko‘rdimki, mening istaganim bo‘lmas ekan. Men u bilan
bo‘lib ota-onamni rozi qilolmas ekanman, men u bilan
bo‘lib unga o‘zim istagandek baxt berolmas ekanman.
Yengildim taqdirga, yengildim sevgiga...


Unga aytardim: seni o‘zgasining yonida ekanligingi,
meniki emasligingni, senga hech qachon yeta
olmasligimni, sensizligimdan ko‘rib bilib yashagandan
ko‘ra o‘lganim afzal deya. Ha rost, bu shunchaki
aytilgan gaplar emasdi. O‘lganim afzal edi.
Hozirgi hayotimni tasvirlashga so‘zlar topolmayman va
shuningdek xoxishim ham yo‘q.
Men uchun hayotdagi barcha orzu umidlar so‘nib
bo‘lgan. Yashashdan hech qanday ma‘no maqsad
qolmagan. Uni har kun tushlarimda ko‘rib chiqaman.
Men undan bir marta bir umrga ayrildim. Lekin
tushlarimda undan har kun ayrilaman. Ortidan
yuguraman: seni hali hamon sevaman, ketma, yonimda
qol, seni qo‘yib yubormayman deya. Lekin baribir
ayrilaman. Ayrilaman... Ayrilaman... Ayrilaveraman...
27.03.2019. Bir yil oldingi kunlarni esladim. Bir yil
muqaddam xuddi shu kunda men sevgim uchun
kurashdim. Suyganimga oshiq bo‘lgan yigit bilan. Men
yutdim va sevgimni saqlab qoldim. Bu necha biridan
biri edi...
Bugun oradan bir yil o‘tib, mana yolg‘izman. Men uni
boshqalardan tortib oldim, sevdim, asradim, avayladim,
mehr berdim. Lekin so‘ngda esa uni taqdirim mendan
yulib oldi. Qo‘limdan esa hechvaqo kelmadi.
To‘g‘risini aytsam sog‘indim u bilan o‘tgan bedor


tunlarimni, uning mayin ovozini, sevgimni, bahorning
erta ochilgan gullari kabi pok orzularimni, o‘zimdagi
jo‘shqinlikni.... sog‘indim o‘zimni...
O‘ylayman, balki... 
Hozir u qaytsa, uni qabul qilarmidim? 
- yo‘q.
Uni sog‘indim deb u tamon borsam...
Baxtli ko‘rsam suyunarmidim?
- yo‘q ( mensiz baxtli ekanligini ko‘rish menga og‘ir ).
Baxtsiz ko‘rsam suyunarmidim?
- yo‘q ( uni hali ham sevaman, uning baxtsizligi
yuragimni battar ezadi ).
Sevgim uchun kurasharmidim?
- yo‘q ( u o‘lib bo‘lgan, uni o‘zim ko‘mganman ).
Uning bu hayotda borligi meni xursand etadimi?
- yo‘q ( u bor ekan sevgim ham o‘lmagan va
yashayveradi )
U bu dunyoni tark etsa xursand bo‘larmidim?
- yo‘q ( bu menga battar azob beradi )
U meniki xoxlaymanmi?
- yo‘q ( bu ilojsiz va endi anchayin kech)
Unga baxt tilarmidim?
- yo‘q ( .... )
Vaqt ortga qaytib o‘sha sevgi boshlanmagan yo‘lga
qaytsam, uni yana sevarmidim?
- ha.
U endi meniki emas, meniki bo‘lmaydi ham. Shunday


ekanligini bilib ham sevaveramanmi?
- ha.
Oxirgi o‘zgartirilgan: 00:26

Download 49,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish