www.ziyouz.com кутубхонаси
20
Chelak ko‘targan farrosh qiz-juvonlarni shahardan tashqari yo‘l bo‘ylarida ham uchratish mumkin.
Bu shaharning ichkarisiyu tashqarisi birdek ozoda, orasta bo‘lmog‘i shart!
Balandroq joydan, deylik, musofirxona derazasidan turib nazar tashlasangiz, Xoniya xuddi
xayolparast musavvirning orzumand mo‘yqalamidan chiqqan bejirim, benuqson bir ro‘yodek yarqirab
ko‘rinadi. Negadir bari bir xil muddatda bino etilmish son-sanoqsiz oppoq qasru saroylar, ko‘rkam
bog‘u keng-keng sayilgoh maydonlar, necha yilda qurib bitkazilishi, afsus, esimda yo‘q, lekin shaklan
bir-birini aslo takrorlamaydigan (ularda odam bor-yo‘qligidan so‘z ochib, malomat orttirib yurmaylik
tag‘in!) alomat musofirxonalar!
Ha-ha, chinakam kelajak shahri bu, kommunistik shahar! Bular barining bosh me’mori, bosh
bunyodko-ri — bir kishi, yakkayu yagona zot!
Keling, endi osmono‘par bino va balandparvoz gaplarni qo‘yib, pastga tushaylik.
Pastda... Hamma deyarli bir xil kiyinadi. Odmi, juda odmi. Bir vaqtlar o‘zimizda ham rasm bo‘lgan
yakrang kitel-shim, vassalom. Nimasi bilandir o‘zimizning qishloq odamlarini yodga soladi. Qiz-
juvonlarning libosi ham shunaqa — oq koftayu qora yubka. Ortiqcha hasham, hoyu havas
ko‘rinmaydi. Bunga ruxsat yo‘q. Haydovchilarning engil-boshi sal farq qiladi — harbiy-nusxaga
yaqinroq. Mshdatsionerlarniki, tabiiyki, boshqacha — hov Navro‘z akamning zamonidan qolgan.
Lekin, beistisno, barchaning ko‘kragida bir xil tamg‘a — ulug‘ dohiy siymosi aks etgan nishoncha!
Militsionerlarning libosidan so‘z ketganda Navro‘z akani eslaganim bejiz emas. Elliginchi yillarda
Boysunimizda Navro‘z aka degich militsioner bo‘lardi. O’zi, ayniqsa, maxsus libosda badjahl, vajohatli
ko‘ringani bilan juda yumshoqko‘ngil, kechirimli odam edi. Egnida ityoqa, tomoqqacha
tugmalanadigan yozlik oq mundir, sarg‘ish, yaltiroq tugmalarida beshqirra yulduz tasviri, yelkasi
aralash turli tasmayu kamar, belida vahimali to‘pponcha — xuddi ashaddiy bir bezorining izidan
tushgandek shaxdu shiddat bilan yurardi. Biz, bolalar u kishi to‘g‘risida hazilnamo bir nakl ham
to‘qigan edik:
«To‘pponchasi belida
—
Navro‘z akam milisa!
Qilgan ishi
—
po‘pisa:
Bir so‘m bersang qo‘liga,
Qaytib ketar yo‘liga».
Xoniyada militsioner serob, har qadamda uchraydi. Aksariyati — yosh-yosh qizlar. Ayniqsa, yo‘l
nazorati xizmatida. «Navro‘z akam»ning libosini kiyib olib, chorrahalarda mashinalarga yo‘l ko‘rsatib
turishadi. Yigirma yetti yoshga yetguncha vatanga xizmat qilmoqlari shart. Undan keyin... mumkin.
Boshqalarini bilmadim-u, biz istiqomat qilgan musofirxona bag‘oyat serhasham, dabdabali edi.
Shart-sharoiti va qulayliklari borasida G’arb mamlakatlaridagi shu tur maskanlardan o‘tsa o‘tardiki,
aslo qolishmasdi. Xonalar shinam, bahavo, barcha anjomi muhayyo. Biroq negadir hammayoqdan —
turgan xonangizu pastdagi vestibyullardan ham allaqanday hid, chamasi, sholi mahsulotlarining hidi
kelardi. Lekin bu yerdagi beminnat xizmatga tan bermay ilojingiz yo‘q. Xonadan chiqdingiz deguncha,
jami ashyolarni bir sidra yangilab qo‘yadilar. Biror joyga changu g‘ubor o‘rnashganini ko‘rmaysiz.
E’tibor, intizom deganlari shu qadar! Sizni ko‘rganda allanechuk qimtinib, uyalinqirab turadigan,
ko‘rinishi bechorahol bu xizmatkor ayollarning chaqqonligiga, zahmatkashligiga lol qolasiz.
Musofirchilikda yurgan odam, har kuni yangi ohorlangan libos kiyamiz desam, ishonavering.
Dastlabki kunlar xizmatchi ayolning kiraverishdagi eshik oldida yotadigan allaqanday xaltachani
ko‘rsatib, imo-ishoralar bilan nimadir deb chuldirashiga ahamiyat bermabman. Keyin tovarish
Baxtiyordan eshitib bildim: ertalab ana shu xaltachaga kir-chiringizni solib qo‘ysangiz, kechqurun kelib
top-toza yuvilgan, dazmollangan, ohorlangan holda ko‘rasiz. Bir gal Baxtiyor haddidan oshib hatto
kostyumini ham o‘sha sirli xaltachaga solsa, yap-yangidek bo‘lib qolibdi. Tep-tekin. Beminnat.
Choychaqa uzatgudek bo‘lsangiz, qochib ketadi. Sotsializm-da. O’rniga, odamiga va mavridiga qarab
muomala qiladigan hushyor, poqdomon sotsializm!
Bu alomat shaharda tug‘ilish bor — o‘lish yo‘q. Bunda yasharish bor — keksayish yo‘q. Butun
Chapaklar yoki chalpaklar mamlakati (qissa). Erkin A’zam
Do'stlaringiz bilan baham: |