www.ziyouz.com
кутубхонаси
35
mutaalliqlarigakim, burun xarj va tahmillarini ko’p faqir va miskinlarning himoyati bila zulm va
taaddidin xalos bo’lurlar edi».
Hazrati Xoja Ubaydullohning o’z qaramog’idagi dehqon va chorvadorlarni zulm, kamsitishdan
himoya qilgani, zulm qilguvchi amaldorlarga nisbatan Keskin choralar ko’rganini isbotlovchi turli
voqyeiy hikoyalar ham mavjud. Jumladan, Muhammad Qozi quyidagicha hikoya qiladi:
«Bir karra Qarshiga borardilar. Qarshiga yaqinlashganlarida Xoja Ubaydullohga Tegishli tuyalarni
boquvchi Qora Ahmad ismli arablardan bo’lmish kishi kelib, arablar toifasining oqsoqoli Sayyid
Muhammad sortning unga ko’rsatgan zulm va tahqirlaridan yig’lab shikoyat qiladi. Xoja Ubaydulloh
uning so’zlarini eshitib, ahvolida o’zgarish paydo bo’lgan bo’lsa-da, hech narsa demadi. Samarqandga
qaytganlarida Malik ko’chasida hazrat Xoja Ubaydulloh Sayyid Muhammad sort va Muhammad Ali
ko’kaldosh bilan uchrashdilar. Hol-ahvol so’ralgach, hazrat achchiq bilan Sayyid Muhammad sortga
qarab, Sen bizning odamlarimizni tahqir qilib, ularga zulm qilur ekansan. Shuni yaxshi bilgilki, men
ham tahqir yo’llarini yaxshi bilaman. Biz ham senga nisbatan shunday qilurmiz, bundan qo’rqishing
kerak, deb kesatib gapirdilar va uni jo’natib yubordilar. Shu kuni va ertasi ertalabgacha hech kimga
gapirmadilar. Biror kishi ham jur’at qilib, ul hazrat bilan gaplasha olmadi. Bir Necha fursat o’tgach,
Sayyid Muhammad sort kasal bo’lib, og’irlashib bordi. U bu haqda mirzo Sulton Ahmad podshohga
xabar yetkazib, buning sababi hazrati Xojaga nisbatan qilgan odobsizligi ekani, u kishining g’azabiga
uchraganini bayon qildi va iloji bo’lsa hazratning gunohimni bag’ishlashlariga ko’maklashishni so’radi.
Sulton Ahmad mirzo Darvesh Aminni hazrati Xoja huzuriga yo’llab, Sayyid Muhammad sortning
gunohini bag’ishlashlarini juda ham iltimos qildi. Darvesh Amin Sulton Ahmadning iltimosini takror-
batakror aytgach, Xoja hazratlari aytdilarki, o’lgan Sayyid Muhammad sortning gunohini qanday qilib
avf etayin. Men Iso emasmanki, o’liklarga jon ato qilib, ularni tiriltirsam. Mirzo Sulton meni
ko’rmoqchi bo’lgan ekan, Men borurmen, deb Ark tomon yo’l oldilar. Arkning eshigiga
yaqinlashganlarida birovning tobutini ko’tarib chiqdilar. Bu Sayyid Muhammad sort jasadi solingan
tobut edi. Hazrati Xoja Arkka kirmay qaytdilar.
Bu voqyeiy hikoya Xoja Ubaydullohning Mehnatkashlarni har qanday zulm va tahqirdan himoya
qilganidan dalolat beradi. To’g’ri, bunda Xoja Ubaydullohning ruhiy ta’sir kuchining naqadar zo’rligiga
alohida diqqat qilinmoqda. Xoja Ubaydulloh faqat Dehqon va chorvadorlarninggina emas, balki hunar
va tijorat ahlining manfaatlarini ham himoya qilgan. Bunga misol sifatida Xoja Ubaydulloh tomonidan
hikoya qilingan quyidagi lavha diqqatga sazovordir.
«Bir marta Abu Sa’id mirzodan shaxsiy tamg’ani (Xoja Ubaydulloh mollaridan olingan tijorat solig’i)
bag’ishlashni, ya’ni bekor qilishni so’ragan edim, uni bag’ishladilar. Shundan keyin aytdim: men va
sizning oramizda anchadan beri do’stlik munosabatlari mavjud. Nima bo’lardiki, himmatingizni oliy
darajaga yetkazib, g’ayri shar’iy bo’lmish tamg’a solig’ini hamma uchun ham bekor qilsangiz. Sizning
oliy himmatli ekaningizni bilganim uchun ham bunday iltimos qilayapman. Mirzo Sulton Abu Sa’id
hech narsa demadi. Biz ham boshqa gapirmadik. Bu orada Amir Nursa’id bizning huzurimizga
kelganda, yuqoridagi voqeani unga aytdik. Amir Nursa’id mirzo Abu Sa’id huzurida bo’lganida
shunday debdi: Olihazrat, ajab ish qilib, tamg’a solig’ini hamma uchun Bekor qilibsiz. Abu Sa’id mirzo
aytibdi: «hazrati Xoja so’zni oily himmatlikdan boshlaganlarida men bu iltimosni qondirmasam,
himmatsiz bo’lib qolishimni sezib aytganlarini qabul qildim. Xoja hazratlarining ehtiromi uchun
tamg’ani barcha uchun bekor qilurmiz». Bir necha muddat o’tmay, va’daga ko’ra tamg’a solig’i barcha
uchun bekor qilindi».
Bu voqeaning to’g’riligini «Ravzat us-safo»ning muallifi Mirxond ham tasdiqdab, shunday yozadi:
«Hazrat Xoja Ubaydulloh Hirotga Sulton Abu Sa’id huzuriga kelib, Samarqand va Buxoro uchun
tamg’a solig’ini bekor qilishni iltimos qildilar. Podshoh Xoja hazratlari iltimoslarini qabul qilib,
Samarqand va Buxoro viloyatlarining juda katta mablag’ni tashkil etuvchi va podshohlik xazinasiga
tushuvchi tamg’a solig’ini bekor qildilar».
Bu hikoyalarda Xoja Ubaydullohning ajib fazilati ko’zga tashlanadi. U faqat o’zini, o’z manfaatini
o’ylamagan. Agarda shunday bo’lmasa, o’zining mollari uchun tamg’a solig’ini Bekor qildirib, jimgina
Buyuk ma’naviy murshid
Do'stlaringiz bilan baham: |