www.ziyouz.com
кутубхонаси
31
hozircha noma’lum bo’lib qolmoqda, ya’ni nima uchun Abu Sa’id Mirzo Toshkandda ekanligi vaqtida
boshqa ulamolarga emas, balki Xoja Ubaydullohga uchrashgan? Xoja Ubaydullohning qaysi tomonlari
Abu Sa’id Mirzoning diqqatini o’ziga tortgan? Ikkinchi tomondan esa, Xoja Ubaydulloh Abu Sa’id
Mirzoni qanday taniydi? Nega u Abu Sa’id Mirzoga ruhiy homiylik qilishga rozilik berdi?
Agar ba’zi ishoralarga e’tibor qilinsa, bu savollarning ayrimlariga javob topish imkoni borga
o’xshaydi. Jumladan, aytishlaricha, Xoja Ubaydulloh qandaydir masala bo’yicha Movarounnahr
podshosi Abdullo Mirzoga murojaat qilish maqsadida Samarqandga borgan ekan. Ammo saroy
amaldorlari uni Abdullo Mirzo qabuliga kiritmagach, u noiloj Toshkandga qaytibdi. Agar shunday
bo’lsa, Xoja Ubaydullohning Abdullo Mirzo va uning amiru amaldorlaridan qattiq ranjigani tabiiy.
Xuddi shu holatda Toshkandga kelgan Abu Sa’id mirzo va uning Samarqandga yurish qilish rejalarini
eshitgan Xoja Ubaydulloh Abu Sa’id mirzoning ruhiy homiy bo’lish haqidagi iltimosini qabul
qilmadimikan?! Buning ustiga o’zi ham qo’shilib Samarqand tomon bormadimikan?! Shunday bo’lgan
ko’rinadi. Shu jihatdan Abu Sa’id mirzoning Samarqand hokimi Abdullo mirzoga qarshi yurishida
qatnashgan Abu Sa’id mirzoning lashkarboshlaridan bo’lgan Hasan bahodurning quyidagi hikoyasi
diqqatga sazovor ko’rinadi:
«Abu Sa’id mirzo lashkari Toshkanddan Samarqand tomon yo’l olganda Men uning bilan birga
edim, – deydi Hasan bahodur. – Bulung’ur arig’i yaqinida mirzo Abdullo qo’shinlari saf tortib turgan
ekan. Men mirzo Sulton Abu Sa’idga yaqin turdim. Mirzo Sulton Abu Sa’id lashkarining soni taxminan
yetti mingdan iborat bo’lsa, mirzo Abdullo lashkari va qurol-yarog’i juda ko’p edi. Bu orada bizning
lashkarlarimizdan bir qismi mirzo Abdullo tomon o’tdi. Mirzo Sulton Abu Sa’id nihoyatda tashvishga
tushib, unda qo’rqish alomati sezila boshlandi. Shu vaqtda mirzo Sulton Abu Sa’id menga murojaat
qilib, «Ey Hasan, biror narsa ko’ryapsanmi?» deb so’radi. Men aytdim: «Sultonim, men Xoja (Ahror)
hazratlarini ko’ryapman, ul kishi lashkarimiz oldida bormoqdalar». Mirzo Sulton Abu Sa’id aytdi: «Men
ham ko’ryapman». Men aytdim: «Mirzo, g’am yemang» dushman ustidan g’alaba qozonajakmiz». Shu
vaqtda men «yog’i qochdi» deb baland ovoz bilan aytib yuborgan ekanman bu gapni butun
lashkarimiz takrorlab, ilgari harakat qildi. Ozgina fursat o’tmay, mirzo Abdullo asir tushdi va uning
lashkari yengildi. Shu kunning o’zida Samarqand qo’lga kirdi». Muhammad Qozi shunga ilova qilib,
Xoja Ahrordan eshitgan quyidagi gapni ham keltiradi: (Xoja Ahror) ayturdilarki, «mirzo Abdullo asir
tushgach, uni darhol o’ldirdilar. Men Toshkand tomon yo’l oldim».
Bundan ko’rinadiki, Sulton Abu Sa’idning mirzo Abdullo lashkarlari ustidan g’alaba qozonishi uning
Xoja Ubaydullohga nisbatan bo’lgan ixlosini yanada kuchaytirgan va unga bog’lanib qolgan. Ana
shuning natijasida Samarqand taxtiga o’tirgan Sulton Abu Sa’id mirzo Xoja Ubaydullohning o’zi yonida
bo’lishini ma’qul ko’rib, uni Toshkanddan Samarqandga ko’chirtirib kelgan. Xoja Ubaydullohning
Sulton Abu Sa’id mirzo tomonidan Samarqandga ko’chirtirib kelgani o’sha voqeaning shohidlari
tomonidan tasdiqlangan. Jumladan, Xoja Ahrorning muridlaridan bo’lmish mavlono darvesh Saripuliy
shunday hikoya qiladi:
«Mirzo Sulton Abu Sa’id hukmronlikni qo’lga olgach, Xoja Ubaydulloh hazratlarini Toshkanddan
Samarqandga ko’chirtirib keldi. Hazrat Xoja Ubaydulloh Samarqandga ko’chib kelganlarida u kishini
birinchi bo’lib ziyorat qilgan Men edim».
Bu voqea 1452 yilda sodir bo’lib, shundan so’ng Xoja Ubaydulloh umrining oxirigacha Samarqand
bilan bog’landi. Albatta, u Movarounnahr va Xurosonning juda ko’p shaharlari, qishloqlariga
sayohatlar qilardi, ammo asosiy makoni Samarqand bo’lib qoldi. Xoja Ubaydulloh Sulton Abu Sa’id va
so’ngra uning o’g’li Sulton Ahmadning Samarqanddagi hukmronliklari davrida ular nazdida juda katta
e’tiborga sazovor bo’lib qolmay, balki Mehnatkash aholi, tijorat ahli, hunarmandlar, ilm, adabiyot,
tasavvuf va boshqa sohalarning zabardast vakillari doirasida shuhrat qozondi, ko’pgina mol-mulk, yer
va boyliklar sohibi ham bo’ldi. Xoja Ahror e’tiborining tezda oshgani shundan ham bilinadiki, 1454
yilda Xoja Ahror tomonidan sotib olingan hovli vasiqasida u oliy maqom, davlat va din sharafi, ilohiy
sirlarning orifi va mazhari kabi faxriy unvonlar sohibi sifatida hamda fuqaro va akobirlarning pushtu
panohi, deb tilga olingan. Shunisi e’tiborga loyiqki, Xoja Ubaydullohning bunday yuksak martabalar va
Buyuk ma’naviy murshid
Do'stlaringiz bilan baham: |