Microsoft Word bustonul orifiyn ziyouz com doc



Download 406,08 Kb.
Pdf ko'rish
bet21/203
Sana26.09.2021
Hajmi406,08 Kb.
#185964
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   203
Bog'liq
Abu Lays Samarqandiy. Bo'stonul orifiyn

www.ziyouz.com kutubxonasi 
18
balolanadi yoki o'lib ketadi: ilmi behuda ketadi yoki podsho bilan musibatlanadi yoki yod 
olgan ilmini esidan chiqaradi".  
Ta'lim olguvchi ilmni hurmat qilishi kerak, kitobni erga qo'yishi, iflos qo'llar bilan 
ushlashi loyiq emas, balki tahorat bilan tutishi lozimdir. Ta'lim oluvchi yeyish, ichish, 
uxlashdan bo'lgan nasibasini tashlab ham yubormasligi, shuningdek, hashamatli hayotni 
orzu ham qilmasligi kerak. U insonlar bilan chiroyli muomala qilishi, ular bilan 
aralashishi, qo'shilishni kamaytirishi va o'ziga tegishli bo'lmagan narsalar bilan 
shug'ullanmasligi lozim. Maqolda aytiladiki: "Keraksiz narsalar bilan shug'ullangan 
kishidan kerakli narsalari ketadi".  
Luqmoni Hakimga: "Ushbu martabangizga qanday etishdingiz?" deyilganda, "To'g'ri so'z, 
omonatni ado etish, o'zimga tegishli bo'lmagan narsalarni tark etish bilan etdim", dedi. 
Ta'lim oluvchi bardavom dars qilishi, sheriklari bilan yoki yolg'iz o'zi masalalarni 
takrorlab turishi lozim. Yazid Raqoshiy Anas ibn Molikning shunday deganlarini rivoyat 
qiladilar: "Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) bizlarga bir hadisni aytib, uylariga kirib 
ketar edilar. Biz o'zaro takrorlardik, u xuddi qalbimizda ekilgandek bo'lardi". Bu hol Alloh 
taoloning:  
"(Biz unga): "Ey Yahyo, Kitobni (ya'ni Tavrotni) mahkam ushla", (dedik) va unga 
go'daklik chog'idayoq hikmat-ma'rifat ato etdik" (Maryam, 12), degan so'zida ham zikr 
qilingandir. Ya'ni, darsni tirishqoqlik va davomiylik bilan olishga undalyapti. Bir masalda, 
darsingni mahkam tut, chunki dars ekin ekishdir, deb aytilgan edi. Abdulloh ibn 
Abbosdan (roziyallohu anhumo): "Bu ilmga nima bilan etishdingiz?" deb so'rashganda, 
"So'rovchi til, aqlli qalb, malollanmaydigan yurak va mehnatkash qo'l bilan", deganlar. 
Ba'zi rivoyatlarda: "Qiyinchilikda ham, xursandchilikda ham sabr qiluvchi badan bilan", 
deganlari zikr qilinadi.  
Sha'biy: "Kimning yuzi yumshasa, ilmi yumshaydi", deydilar. Buzrurgmehrdan ushbu 
darajasiga qanday etgani so'ralganda, "Qarg'adek barvaqt turish bilan, itning 
suykalishidek suykalish bilan, mushukning tazarru'sidek tazarru' bilan, cho'chqaning 
ochko'zligidek ochko'zlik bilan va eshakning sabridek sabr qilish bilan", degan ekan. 
Ta'lim oluvchi, agar u bilan bir inson o'rtasida nizo yoki xusumat paydo bo'lib qolsa, 
muloyimlik va insof bilan muomala qilishi lozim. U bilan johil kishining orasida farq 
bo'lishi kerak. Chunki Payg'ambar (sollallohu alayhi vasallam): "Muloyimlik qay bir 
narsaning ichiga kirsa, uni chiroyli qiladi. Nodonlik qay bir narsaning ichiga kirsa, uni 
obro'sizlantiradi", deganlar. 
Ta'lim oluvchi ustozini ulug'lashi lozim. Ustozni hurmat qilish ilmga baraka beradi va, 
aksincha, mensimasa, ilmdan baraka ketadi.  
Ta'lim oluvchi insonlar bilan yaxshi muomala qilishi lozim. Chunki insonlarning eng 
yaxshisi insonlar bilan yaxshi muomala qilgan, yomoni ishonch hosil qilmaydigan 
kishidir, deyiladi.  
Va yana ta'lim oluvchida uchta xislat bo'lishi lozim, shunda olimning so'zidan foyda 
oladi: 1) nafsida tavoze'lik; 2) ilmga harislik; 3) olimlarni hurmat qilish. Shunda 


Bo’stonul orifiyn. Abu Lays Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
19
tavoze'ligi tufayli ilm foyda beradi, hirsi bilan ilmni (olimdan) chiqarib oladi va ustozni 
ulug'lash bilan ulamolarga bog'lanadi. 

Download 406,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish