Microsoft Word bustonul orifiyn ziyouz com doc


-bob  Qur'onni o'rganish va o'rgatish to'g'risida



Download 406,08 Kb.
Pdf ko'rish
bet24/203
Sana26.09.2021
Hajmi406,08 Kb.
#185964
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   203
Bog'liq
Abu Lays Samarqandiy. Bo'stonul orifiyn

17-bob 
Qur'onni o'rganish va o'rgatish to'g'risida 
Faqih Abu Lays Samarqandiy (rahimahulloh) aytadilar: Qur'on o'qiy oladigan kishi ba'zi 


Bo’stonul orifiyn. Abu Lays Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
21
vaqtlarda o'qishni tashlab qo'yishi durust emas. Qancha ko'p o'qisa, afzaldir. Nabiy 
(sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Insonlarning eng afzali echilib ko'chuvchidir", 
dedilar. "Echilib ko'chuvchi kim?" deb so'rashdi. "Bir boshlaganda tugatuvchi Qur'on 
sohibidir. Xuddi echganda ketib qoladigandek, boshlasa tugatadi. Qur'on o'qiy oladigan 
kishi bir yilda ikki marta uni xatm qilish lozim, agar ko'proq o'qishga qodir bo'lmasa", 
dedilar Nabiy.  
Hasan ibn Ziyod Abu Hanifadan (rahimahulloh) rivoyat qiladi: "Bir yilda ikki marta 
Qur'onni xatm qilgan kishi uning haqqini ado etibdi, chunki Nabiy (sollallohu alayhi 
vasallam) vafot etgan yili Jabroilga (alayhissalom) uni ikki marta o'qib bergan edilar.  
Anas ibn Molikdan (roziyallohu taolo anhu) rivoyat qilinadi. Payg'ambar (sollallohu alayhi 
vasallam): "Menga ummatimning ajr-savobi ko'rsatildi, hattoki inson masjiddan chiqarib 
tashlagan xasning savobi ham. Lekin men Qur'on o'qishdan ulug'roq yaxshilikni 
ko'rmadim. Menga ummatimning gunohlari ko'rsatildi, kishi yod olgandan so'ng esidan 
chiqargan oyat yoki suraning gunohidan kattaroq gunohni ko'rmadim", dedilar.  
Abu Abdurahmon Sulamiy Usmon ibn Affondan (roziyallohu anhu), u zot Nabiydan 
(sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qiladilar: "Sizlarning eng yaxshingiz Qur'onni 
o'rganib, uni boshqalarga o'rgatganingizdir". Abdurahmon: "Mana shu hadis meni shu 
joyga o'tqizdi", dedilar, ya'ni, insonlarga ta'lim berish uchun o'tirganlarini nazarda 
tutdilar. Zero, u kishi Hasan va Husaynning (roziyallohu anhumo) muallimi edilar".  
Zunnun Misriy aytadilar: "Men masjidga kirganimda:  
"Ularning ustlarida yashil ipak va shoyi liboslar bo'lib, ular kumush bilakuzuklar bilan 
bezangandirlar va Parvardigorlari ularni nihoyatda pokiza sharob-la sug'organdir" 
(Inson, 21), oyatini o'qiyotgan kishini ko'rdim, u oyatni takror-takror o'qir va og'zi bilan 
xuddi bir narsa ichayotganday tamshanar edi. Men unga: "Ey, sen bir narsani 
ichyapsanmi yoki o'qiyapsanmi?" dedim. U: "Battol, men ichganda topadigan lazzat va 
halovatni uni o'qishdan topyapman", dedi".  
Xabarlarda kelishicha, Isrofilning (alayhissolatu vassalom) yoqimli ovozi bordir. Agar u 
Qur'on o'qimoqchi bo'lsa, farishtalar uni tinglash uchun ibodatni to'xtatishadi.  
Dovudning (sollallohu alayhi vasallam) chiroyli ovozlari bor edi. Agar Zaburni o'qisalar, 
suv muzlab, qushlar havoda, hayvonlar va vahshiylar erda to'xtab qotib qolar edi. 
Yirtqichlar chorva hayvonlariga aralashib ketardi. U zotdan o'sha xato zohir bo'lgandan 
so'ng, ovozlaridagi halovat olib qo'yildi. U zot: "Ey Rabbim, ovozimga nima qilding?" 
dedilar. Alloh azza va jalla vahiy qilib aytdiki: "Sen Bizga, Biz senga berdik va sen Bizga 
osiylik qilganingdan keyin e'tiborsiz tashlab qo'ydik, agar oldingidek erta turganingda, 
seni qabul qilardik".  
Qiyomat kunida Isrofilga (alayhissalom) Qur'on o'qish amr qilinadi va Dovudga 
(sollallohu alayhi vasallam) ham o'qish buyuriladi. Hazrati Dovud: "Ey Rabbim, mening 
ovozim qani?" deydilar. Shunda: "Senga ovozing qaytarildi", deyiladi. U zotga ovozlari 
qaytarib beriladi, so'ng hujralardan hurlarning ovozi eshitiladi, u ovozlarni hech kim hech 
qachon eshitmagan. Alloh azza va jalla: "G'qimli ovozlarni eshitganmisizlar?" deb aytadi. 
Shunda hijob ko'tariladi va Alloh ularga: "Sizlarga salomlar bo'lsin", deydi. Bu Alloh 


Bo’stonul orifiyn. Abu Lays Samarqandiy 
 
 

Download 406,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish