Microsoft Word bustonul orifiyn ziyouz com doc



Download 406,08 Kb.
Pdf ko'rish
bet25/203
Sana26.09.2021
Hajmi406,08 Kb.
#185964
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   203
Bog'liq
Abu Lays Samarqandiy. Bo'stonul orifiyn

www.ziyouz.com kutubxonasi 
22
taoloning: 
"(Mo'minlar Allohga) ro'baro' bo'ladigan kunda ularga (Alloh tomonidan yo'llanadigan) 
salom tinchlik-omonlik tilash bo'lur. (Alloh) ular uchun ulug' mukofot (ya'ni, jannat) 
tayyorlab qo'ygandir" (Ahzob, 44), degan so'zidir. 
Faqih (rahimahulloh) aytadilar: Ilm o'rgatish uch sababga ko'ra bo'ladi. Birinchisi
Allohdan ajr umidida, haq olmasdan; ikkinchisi, ujra (maosh) hisobiga; uchinchisi, biron-
bir shartsiz, bordiyu, hadya qilishsa, qabul etadi. Alloh rizosi uchun ta'lim bergan 
muallimga ajr bor va uning amali Payg'ambarning (sollallohu alayhi vasallam) 
amallaridir. Agar haq evaziga ta'lim bersa, bu xususda ixtilof bor. Oldingilar: "Ta'lim 
uchun haq olish joiz emas, chunki Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Mendan bir oyat 
bo'lsa ham, etkazinglar", deganlar. Bas, u zotning ummatlariga ham o'zlariga vojib 
bo'lgani kabi etkazish vojib bo'ldi. Payg'ambarga (sollallohu alayhi vasallam) haq olish 
joiz bo'lmagani kabi, ummatlariga ham joiz emas", deyishdi. Keyingi ulamolardan Osim 
ibn Yusuf, Nosir ibn Yahyo, Abu Nasr ibn Salom va boshqalar joiz hisoblashdi. Ta'lim 
oluvchi uchun Qur'on yodlashga, o'qish va yozishni o'rganishga haqni shartlashib olishi 
afzaldir. Ustoz-shogird Qur'onning ta'limida haqni shartlashib olishlarida zarar yo'q deb 
bilaman, chunki musulmonlar shuni bir-birlaridan meros qilib olganlar va unga ehtiyojlari 
bor. Uchinchi sababga ko'ra, ustoz shartlashmasdan ta'lim bersa va unga hadya qilinsa, 
hadyani qabul etishiga barchalari ittifoq qilishgan. Chunki Payg'ambar (sollallohu alayhi 
vasallam) ham muallim bo'lganlar va hadyani qabul qilganlar. Abu Said Xudriy 
(roziyallohu taolo anhu) aytadilar: "Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) ashoblari 
g'azotda yurganlarida bir arab mahallasidan kishi kelib: "Oralaringda dam soladigan 
odam bormi? Mahalla oqsoqolini chayon chaqib oldi", dedi. Bir kishi unga Fotiha surasini 
o'qib dam soldi, so'ng u tuzaldi. Shunda unga qo'ylaridan bir nechtasini hadya qildi. U 
olishdan bosh tortdi. Bu haqda Rasulullohga (sollallohu alayhi vasallam) aytganida: 
"Nima bilan dam urding?" deb so'radilar. U: "Fotiha bilan", dedi. Shunda Rasululloh: 
"Fotiha surasi bilan dam urish kerakligini qaerdan bilding, qo'ylarni ol va menga ham 
ulush ajratinglar", dedilar. Ya'ni, haq olish mubohdir.  
Ba'zi olimlar Mushafga nuqta va belgi qo'yishni yomon ko'rishdi. Bu Abu Hanifaning 
(rahmatullohi alayh) so'zlaridir. Abdulloh ibn Mas'ud: "Qur'onni ortiqcha narsalardan xoli 
qilinglar va unda Alloh taoloning so'ziga qo'shib biron narsani yozmanglar, unga belgi 
qo'ymanglar va uni chiroyli ovoz bilan ziynatlanglar, uni arabiy qilib o'qinglar, chunki u 
arabchadir", deganlar. Lekin biz aytamizki, unga nuqta va unga belgi qo'ysa, ziyoni yo'q, 
musulmonlar bu ishni meros qilib olganlar. Chunki unga muhtoj bo'lganlar, xossatan 
ajamlar. Nuqta, alomatlarni qo'yish kerak, chunki ular mutakallafdirlar. 
Junub kishi va hayz ko'rgan ayol Qur'on o'qimaydi, mushafni ushlamaydi ham, faqat 
g'ilofli bo'lsa, ushlashi mumkin. Tahoratsiz kishi o'qisa bo'laveradi, lekin u ham mushafni 
faqat g'ilofi bilan ushlaydi. 
"Uni faqat tahoratli – pok kishilargina ushlar" (Voqe'a, 79), degan muhkam oyat sababli 
Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Qur'onni faqat pok kishigina ushlaydi", deganlar. 
Ali ibn Abu Tolib (roziyallohu taolo anhu) rivoyat qiladilar: "Nabiy (sollallohu alayhi 
vasallam) hojatxonadan chiqqanlaridan keyin Qur'on o'qirdilar". 


Bo’stonul orifiyn. Abu Lays Samarqandiy 
 
 

Download 406,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish