15-bob
Qozilikni qabul qilish va qabul qilmaslik to'g'risida
Faqih Abu Lays (rahimahulloh) aytadilar: Qozilikni qabul qilish to'g'risida ham ulamolar
orasida ixtilof bor. Ba'zilar qozilikni qabul qilish durust emas, deb aytishdi. Ba'zilar esa,
o'zi talab qilmasdan turib qozilikka tayinlansa, agar u shu ishga salohiyatli bo'lsa, qabul
qilsa, zarari yo'q, deyishdi. Bu ikkinchisi bizning sohiblarimiz so'zidir.
Uni qabul qilish durust emas, degan kishilar Oisha (roziyallohu anho)
Payg'ambarimizdan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qilgan ushbu hadisni hujjat
keltirishadi: "Qiyomat kunida odil qozi keltiriladi va ikki kishining orasida qozilik qilishni
yomon ko'rib qoladigan darajada qattiq hisobga tashlanadi". Yana Abu Hurayra
(roziyallohu anhu) Payg'ambarimizdan (sollallohu alayhi vasallam): "Kim qozilikka
tayinlansa, go'yo pichoqsiz so'yilibdi", deb aytganlarini rivoyat qilganlar.
Shurayk Hasan Basriyning shunday deganlarini rivoyat qiladi: "Bani Isroildan bir kishi,
agar qozilikka tayinlanishga so'ralsa, payg'ambarlikdan noumid bo'lar edi".
Abu Ayyub aytadilar: "Abu Quloba qozilikka chaqirilganida, Shomga qochib keldi. Uning
kelishi Shom qozisi lavozimidan bo'shash vaqtiga to'g'ri keldi. Natijada yana qochdi va
yashirinib yurib, Yamomaga keldi. Shundan keyin uni ko'rganimda: "Qozi dengizda
suzayotgan kishiga o'xshar ekan, agar yaxshi suzolmasa, g'arq bo'lib ketadi", dedi u".
Sufyon Savriy qozilikka chaqirilganlarida, Basraga qochib yashirindilar. Amirul mo'minin
ortlaridan odam yubordi, lekin uni topisholmadi. U zot berkinib yurib vafot etib ketdilar.
Abu Hanifaga (rahmatullohi alayh) darra urishdi, hibs qilishdi, lekin qozilikni qabul
qilmadilar.
Qozilikni qabul qilishning zarari yo'q, degan kishilarning hujjati Anas ibn Molikdan
(roziyallohu anhu) rivoyat qilingan hadisdir. Payg'ambar (sollallohu alayhi vasallam)
aytadilar: "Kim qozilikni xohlasa va yordamchi so'rasa, o'ziga qoldiriladi. Va kim
qozilikka majburan tayinlansa, uni to'g'irlab turadigan bir farishta tushadi".
Hasan Basriy aytadilar: "Bir kunlik adolatli hukmning ajri uyida etmish yil namoz o'qigan
kishining ajridan afzalroqdir".
Payg'ambar (sollallohu alayhi vasallam) Abdurrahmon ibn Sumraga: "Amirlikni so'rama,
chunki agar o'zing so'rab olsang, unga vakil qilinasan, o'zingga so'ramasdan berilsa,
yordam olasan", dedilar.
Abu Muso Ash'ariydan rivoyat qilinadi: "Ikki kishi Payg'ambarning (sollallohu alayhi
vasallam) oldlariga kirishdi va: "Bizni ba'zi ishlaringizni bajarish uchun tayinlasangiz,
bizda omonatdorlik va yaxshi xislatlar bor", deyishdi. Shunda Payg'ambar (sollallohu
alayhi vasallam): "Biz o'zi xohlagan va talab qilgan kishini ishlarimizga boshliq qilib
Bo’stonul orifiyn. Abu Lays Samarqandiy
Do'stlaringiz bilan baham: |