www.ziyouz.com kutubxonasi
17
deganlar.
3. Ta'lim olish bilan ilmni tiriltirishni niyat qilish. Chunki insonlar ta'lim olishni tashlab
qo'ysa, Payg'ambar (sollallohu alayhi vasallam): "Ilm ko'tarilishidan oldin ilmni
o'rganinglar", deb aytganlaridek, ilm ketib qoladi. Ilmning ko'tarilishi ketib qolishidir.
4. Ta'lim olish bilan birga ilmga amal qilishni niyat etish, aksini emas. Chunki ilm amal
uchun asbobdir va amalsiz asbobni talab qilish behuda ishdir, xuddi ilmsiz amal bekor
bo'lganidek.
Aytadilarki, amalsiz ilm uvoldir, ilmsiz amal zalolatdir. Ta'lim oluvchi Alloh taoloning
roziligini, oxirat hovlisini talab qilishi, dunyoni istamasligi lozim. Agar ilm bilan Alloh
taoloning rizoligi va oxirat hovlisini talab qilsa, ikkalasiga ham barobar etadi, xuddi Alloh
taolo:
"Kim (o'z amali bilan) oxirat ekinini (ya'ni savobini) istar ekan, Biz unga ekinini(ng
hosilini) mo'l-ziyoda qilurmiz. Kim dunyo ekinini istar ekan, Biz unga o'shandan (dunyo
matolaridan) berurmiz va uning uchun oxiratda biron nasiba bo'lmas!" (Shuaro, 20) deb
aytganidek.
Zayd ibn Sobit Payg'ambarimizdan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qiladilar:
"Kimning niyati dunyo bo'lsa, Alloh taolo uning ishini ajratadi va faqirlikni ikki ko'zi
oldiga qo'yib qo'yadi, dunyoda unga Alloh taolo taqdir qilgan narsadan boshqasi
kelmaydi. Kimning niyati oxirat bo'lsa, Alloh taolo uning ishlarini jamlab qo'yadi,
boyligini qalbida qiladi, dunyo unga jirkanchli va xor bo'lib keladi".
Agar kishi niyatini to'g'irlashga qodir bo'lmasa ham, ilmni tashlab qo'ymasin, shu afzal
ish, chunki ta'lim olaversa, ilm uning niyatini to'g'irlab qo'yishi mumkin.
Xabarlarda rivoyat qilinganki, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Kim ilmni Alloh
taoloning rizosidan boshqa narsa uchun talab qilsa, ilm unda hosil bo'ladi va niyati Alloh
taolo uchun va oxirat hovlisi uchun bo'lgungacha dunyodan o'tmaydi", deb aytganlar.
Mujohid: "Biz ilmni talab qildik, lekin, bizning niyatimiz kam edi. So'ng Alloh taolo bizga
niyatni rizq qilib berdi", deb aytadilar.
Agar talaba ilm uchun safarga chiqishni xohlasa, ota-onasining ruxsati bilan chiqishi
afzal bo'ladi. Ota-onasi ruxsat bermasa ham, chiqib ketaverishida ziyon yo'qdir, agar
ular uning xizmatidan behojat bo'lsalar.
Ta'lim olguvchi birorta farzni tark qilishi yoki uni vaqtidan kechiktirishi durust emas. Ilm
olish sababli birortaga ozor berishi ham loyiq bo'lmaydi. Agar shunday qilsa, ilmning
barakasi ketadi. Ilm olguvchi ilmida baxillik qilishi durust emas. Undan kimdir kitobini
yoki masalani tushunishga yordam berishini so'rasa yoki shunga o'xshash holatlarda ilmi
tolib baxillik qilmasligi kerak. Chunki u ta'lim olish bilan kelajakda xalqqa foyda
keltirishni qasd qilgandir. Shuning uchun bu holatda foyda berishdan tiyilishi unga
munosib emas.
Abdulloh ibn Muborak aytadilar: "Ilmiga baxillik qilgan kishi uchta narsaning bittasi bilan
Bo’stonul orifiyn. Abu Lays Samarqandiy
Do'stlaringiz bilan baham: |