5-mavzu. Islom ta’limoti reja



Download 52,3 Kb.
bet1/2
Sana30.09.2021
Hajmi52,3 Kb.
#189433
  1   2
Bog'liq
Маъруза матни. 5 мавзу


5-MAVZU. ISLOM TA’LIMOTI

Reja

  1. Islom dinining strukturasi

  2. Islomdagi oqimlar

  3. Kalom falsafasi

  4. Tasavvuf ta’limoti: tushunchasi, mohiyati, ma’naviyati va poeziyasi

  5. Islomda huquq falsafasi


1. Ilohiyotda islom dini uch elementdan – al-iymon, al-islom, al-ihsondan iborat deb e’tirof etilgan. Iymon talablari 7 ta aqidani - ollohga, farishtalarga, muqaddas kitoblarga, payg‘ambarlarga, oxirat kuniga, taqdirning ilohiyligiga va о‘lgandan keyin tirilishga ishonish talablarini о‘z ichiga oladi. Islom talablariga, ya’ni din asoslari - arqon ad-din deb nom olgan 5 ta amaliy marosimchilik talablari kiradi. Bular – iymon keltirish, namoz о‘qish, rо‘za tutish, zakot berish va imkoniyati topilsa Haj qilish talablari. Ehson (al-ihson) esa Alloh taoloning xalqiga yaxshilik qilish, ularga minnatsiz shafqatda bо‘lishlikdir. “Ehson – Alloh taologa xuddi Uni kо‘rib turganingdek ibodat qilishingdir. Agar uni kо‘rmasang ham, U seni kо‘rib turibdi”.

Hadisdan: “Bir kuni sahobalar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan о‘tirganlarida tо‘satdan sochlari qop-qora, kiyimlari oppoq bir kishi kirib keldi. U Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oldilariga о‘tirib, savol sо‘ray boshladi: “Ey Allohning rasuli, iymon nima? Islom nima? Ehson nima?”. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam iymon, islom haqida javob berdilar. “Ehson nima?” savoliga bergan javoblari shunday bо‘ldi: “Ehson – Allohga xuddi Uni kо‘rib turgandek ibodat qilmog‘ingdir, garchi sen Uni kо‘rmasang ham, albatta U seni kо‘rib turibdi”. Ulamolar iymon tо‘g‘risidagi savolni aqoidga, islom tо‘g‘risidagi savolni fiqhga, ehson tо‘g‘risidagi savolni esa tasavvufga oid deb ta’rif berganlar. Ular insonning aqiydasi tо‘g‘ri bо‘lib, namoz, rо‘za, zakot kabi ibodatlarni ado etsa-yu, qalbi hozir bо‘lmaydigan bо‘lsa, ibodati mukammal bо‘lmay qoladi, degan fikrni ilgari suradilar.

Ehson sо‘zi arab tilida bir qancha ma’nolarni anglatadi. Masalan, “a’lo darajada amalga oshirmoq”, “yaxshilik qilmoq” kabi.

Qur’oni karimda shunday keltiriladi: “Ehsonning mukofoti faqat ehsondir” (Ar-Rohman surasi, 60-oyat). Bu yaxshilikning mukofoti faqat yaxshilikdir, deganidir.

Bu oyatda birinchi zikr qilingan ehson (ya’ni yaxshilik) bandadan bо‘lib, u Alloh taoloning ibodatini astoydil jiddu-jahd bilan bajarishdir. Keyingi zikr qilingan ehson Allohdan bо‘lib, u Alloh bandalarini jannatiga kiritishi bilan bо‘ladi.

Bundan kо‘rinib turibdiki, har bir qilayotgan ishlarimizni a’lo darajada bajarmog‘imiz, о‘zaro bir-birimizga saxovat kо‘rsatib, yaxshilik qilmog‘imiz, nematlarni isrof qilmasligimiz ehson bо‘lar ekan.

2. Islomdagi yirik yо‘nalishlarning paydo bо‘lishi haqida shuni aytish, lozimki, islom ham о‘z tarixiy taraqqiyoti davomida bо‘linishdan chetda qolmagan.

Jahondagi barcha yirik dinlar о‘z taraqqiyotining muayyan bosqichida turli yо‘nalish va oqimlarga bо‘lingan. Chunki mazkur din tarqalgan hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy kurashning kuchayishi, muayyan dinga e’tiqod qiluvchi turli xalqlarning ijtimoiy manfaatlari va madaniy darajalari turlichaligidadir.

Islom ham о‘z tarixiy taraqqiyotida bunday bо‘linishlarni о‘z boshidan kechirdi. VII asrning ikkinchi yarmidayoq dastavval. xorijiylar (Al-xavorij, xaraja-dindan chiqmoq mazmunida) yо‘nalishi shakllangan, sо‘ngra yana ikki yirik oqim-sunniylik va shialikka ajralgan.

Sunniylik - bu islomda izchil, sobitqadam yо‘nalish hisoblanadi. Musulmonlarning juda kо‘pchilik qismi - 92 foizi sunniylikka e’tiqod qiladi. Qolgan 7 foizi shialikka e’tiqod qiluvchilardir. Sunna arabcha odat, an’ana, hatti-harakat tarzi degan ma’nolarni bildiradi. Sunniylik degan sо‘z arabcha «Sunna» - «muqaddas rivoyat», ya’ni Muhammad tо‘g‘risidagi rivoyatlar va uning hadislari tо‘plami degan tushunchadan olingan. Yana sunna farzdan farqli ravishda bajarilishi ixtiyoriy bо‘lgan kо‘rsatmalar, amallardir.

Sunniylar ummaviylar sulolasidan bо‘lgan xalifalarning oliy
hokimiyatiga bо‘lgan huquqini tan olganlar. Sunniylikda sunna Qur’ondan keyingi asosiy muqaddas manba, hadislar tо‘plami deb qaraladi. U VII asr о‘rtalarida shakllana boshlagan. Unda xalifalikdagi sinfiy munosabatlar, ijtimoiy ziddiyatlar, islom mafkurasi atrofidaga kurash о‘z ifodasini topgan. Uni tо‘plash, sharhlash va nashr qilishda vatandoshlarimiz Imom Buxoriy, Imom at— Termiziy asosiy rol о‘ynaganlar.

Sunniylikdan keyinchalik hanafiy, hanbaliy, molikiy va shofiy


mazhablari shakllandi.

Sunniylar fiqhiy-shar’iy masalalar yechimi yuzasidan tо‘rtta imom - Imom Abu Hanifa (699-767), Imom Molik ibn Anas (713-795), Imom Ahmad ibn Hanbal (780-855), Imom Muhammad Shofe’iyga ergashadi (vaf. 820). О‘zbekistonda Imom Abu Hanifa (Imomi A’zam) asoslagan hanafiya mazhabi keng tarqalgan. Ammo, yurtimizda boshqa mazhablarga ergashuvchilar, shuningdek, oz sonli bо‘lsa-da, shialar ham yashab keladi.

Shialik. Guruh, partiya, tarafdorlar degan ma’nolarni beradigan arabcha «shia» sо‘zidan kelib chiqqan. Shialik о‘z ahamiyati va tarafdorlari soniga kо‘ra islomdagi ikkinchi yо‘nalishdir. U VII asrning ikkinchi yarmida musulmonlarning maxsus va siyosiy guruhi sifatida yuzaga kelgan. U choryorlarning tо‘rtinchisi Ali tarafdorlarini birlashtirgan. U juda kо‘p sektalarga bо‘linib ketgan. Bular orasida ismoiliylar hozir 35 millionga yaqin tarafdoriga ega bо‘lib, hozir ham islom drirasida, katta rol о‘ynamoqda.

Shialar Arabistonda paydo bо‘lgan teokratik davlat-xalifalikdagi oliy hokimiyat uchun olib borilgan keskin kurash jarayonida kelib chiqqan.



Shia yо‘nalishi islomiy ibodiy, zaydiy, druz, ja’fariy mazhablarini о‘z ichiga oladi.

«Shiy’a» sо‘zi lug‘atda, «tarafkash» ma’nosini anglatadi. Islom olamida esa, hazrati Aliga tarafkashlik oqibatida kо‘pchilik musulmonlardan ajralib, alohida yо‘l tutgan toifaga aytiladi. Aslida shiy’a mazhabining kelib chiqishiga siyosiy ixtiloflar sabab bо‘lgan. 

Hozirgi kunda Ahli sunna val jamoa mazhabiga muqobil va yaqin sanaladigan, eng asosiy shiy’a mazhabi «imomiya» yoki «isna ashariya» deb nomlanadi. 
YA’ni, ular о‘n ikki imomga e’tiqod qiladilar, shuning uchun mazkur nomni olganlar. Ularni fiqhiy e’tibordan imom Ja’far Sodiqning ergashuvchilari bо‘lganlari uchun «Ja’fariylar» ham deyiladi. 
Imomiya mazhabidagi shiy’alar e’tiqod qiladigan imomlar quydagilar:

  1. Ali ibn Abi Tolib, roziyallohu anhu. 

  2. Hasan ibn Ali, roziyallohu anhumo. 

  3. Husayn ibn Ali, roziyallohu anhumo. 

  4. Ali Zaynul Obidiyn ibn Husayn.

  5. Muhammad al-Boqir ibn Ali Zaynul Obidiyn.

  6.  Ja’far as-Sodiq ibn Muhammad al-Boqir.

  7.  Muso al-Kozim ibn Ja’far as-Sodiq. 

  8. Ali Rizo ibn Muso al-Kozim.

  9. Muhammad al-Javod ibn Ali Rizo. 

  10. Ali al-Hodiy ibn Muhammad al-Javod.

  11. Hasan al-Askariy ibn Ali al-Hodiy. 

  12. Muhammad al-Mahdiy ibn Hasan al-Askariy. 


Shiy’alarning о‘n ikkinchi imomi, Muhammad al-Mahdiy tо‘rt yoki sakkiz yoshida Sorra man ra’o degan joyda otasining hovlisida bir g‘orga о‘xshash joyga kirib ketganu bir kuni qaytib chiqadi, deb e’tiqod qilinadi. 
Shuningdek, ularning aqiydasi bо‘yicha imomlik yagona diniy rahbarlik bо‘lib, u avvalgi imomning vasiyati ila keyingi imomga о‘tadi. 
Misol uchun, Payg‘ambar alayhissalom о‘zlaridan keyin imomlikni hazrati Aliga vasiyat qilganlar, о‘z navbatida, hazrati Ali, imom Hasan va Husaynga va hokazo. 

Shiy’a mazhabidagi musulmonlarning e’tiqodi bо‘yicha, imom gunohlardan pok, tо‘liq ilm sohibi bо‘ladi. Payg‘ambardan farqi vahiy tushmasligida, xolos. Imomlar mо‘jiza sohibi ham bо‘ladilar. 

Shiy’alarning о‘zlariga xos bayramlari bor. Ulardan biri «G‘adiyr hayiti». 
U zulhijja oyining 18-kuni nishonlanadi va katta hayit, deb nomlanadi. 
Ularninng e’tiqodi bо‘yicha bu hayit qurbon va ramazon bayramlaridan ham ulug‘ hisoblanadi. Shiy’alarning aytishlaricha, xuddi shu kuni payg‘ambar alayhissalom hazrati Aliga xalifalikni vasiyat qilgan emishlar. 
Muharram oyining birinchi о‘n kuni shiy’alar uchun motam kunlari hisoblanadi. Ular о‘sha kunlari Imom Hasan, Imom Husayn va boshqalarga motam tutadilar. 
Ulardan ba’zi bir haddidan oshgan toifadagilarining e’tiqodlari bо‘yicha о‘sha kunlari kim о‘zini kо‘proq qiynasa, shuncha kо‘p savob oladi. 
Imomiya shiy’alarining Ahli sunna val jamoa mazhabiga nisbatan eng katta aqiydaviy xiloflaridan biri u dunyoda mо‘minlar Allohning jamolini kо‘rmaydilar, deb e’tiqod qilishlaridir. 

Imomiya shiy’alarining asosiy markazi Erondir. Tarixchilar buning asl sababi Imom Husayn roziyallohu anhuning Erondan uylanishlari bо‘lgan, deydilar. 

Sobiq Sovet Ittifoqini nazarda tutadigan bо‘lsak, Ozarbayjon aholisining kо‘pchiligi shiy’adir. Shuningdek, Shimoliy Qofqozning Ozarbayjon chegarasiga yaqin joylarida yashaydigan aholi ham shiy’alardir. 
Bizning О‘zbekistonda Samarqand va Buxoroda ota-bobolari qadimda Erondan kelib qolgan shiy’a mazhabiga mansub kishilar yashashadi. 
Ularning mahalliy aholisi asli Erondan bо‘lgani uchun eroniylar ham deb ataydilar. 

Hozirgi kunda о‘zlarining masjidlari bor, ba’zi kitoblarini ham chop etdilar. Oxirgi paytlarda sunniy va shiy’iy mazhablari orasida yaqinlashish ishlari bо‘yicha faoliyat olib borilmoqda.

Har mazhab о‘zining ta’limotlarini tutishi bilan о‘zgani hurmat qilish va mushtarak manfaatlar yо‘lida hamkorlik qi-lish harakatlari yо‘lga qо‘yilmoqda. 
Eronda «Islomiy mazhablarni yaqinlashtirish» deb atalgan katta muassasa ish-lab turibdi. Har yili ilmiy anjumanlar о‘tkazilmoqda. 
Hozirgi paytda imomiy shiy’alar bilan ahli sunnalar orasida munosabatlarni yaxshilashga harakatlar bо‘lib turibdi.

Xorijiylar. (Al-xavorij) Bu oqimning nomi, «chiqing», «qarshi bо‘lish», «isyonchilar» ma’nolarini anglatuvchi arabcha «haraja» sо‘zidan olingan. Bu oqim islomdagi ilk sektalardan hisoblanadi. Islom olamini 1% ni tashkil etadi. U Ali bilan Muoviya о‘rtasida xalifalikning oliy lavozimini qо‘lga kiritish uchun olib borilgan keskin kurash jarayonida paydo bо‘lgan.

Xorijiylar 661 yili Alini о‘ldirishgan. Muoviya hukmronligi yillarida (661-680) va undan kyoyin xorijiylarning yirik qо‘zg‘alonlari bо‘lib о‘tgan.

Garchi ilk xorijiylar yer bilan yakson etilgan bо‘lsa-da, xorijiylikning о‘zi yashab qoldi. О‘z aqidasiga kо‘ra, u shialikning teskarisiga aylanib ketdi. U har qanday meros qilib olingan yoki xarizmatik rahnamolikni rad etar, dindorlar jamoasi rahnamosini tayinlashda taqvodorlik asosiy mezon bо‘lishi kerakligini ta’kidlar edi. Bu hol о‘tmishdan meros bо‘lib qolgan jо‘n bir mezon bilan baholanar edi: ilk xorijiylar taqvo masalasida, har bir muslim uchun eng katta gunoh kufrdir, degan keskin aqidasi bilan juda qattiqqо‘l edi.

Qur’onda bо‘lmagan yoki bо‘lsa ham noaniq holda tasvir qilingan hatti-xarakatlar yoki ta’qiqlarni shariat aniq va ravshan qilib belgilashi ham uzoq muddatlar davomida undan foydalanib kelishga zamin bо‘lgan.

Islomdagi diniy huquqiy mazhablar va ularning asoschilari, himoyachi va oqlovchilariga oid tartib qoidalari, qasam ichish, va’da berish va qasamyod qilish, qarzni uzish, kafillik, kafolat berish, omonat saqlash tahlili va ularga mansub tartib - qoidalar shariatning asosiy bо‘limlaridan hisoblanadi. Shariat musulmonlarnipt ichki hayoti, e’tiqodi va diniy vijdonini bevosita nazoratga oluvchi diniy va ahloqiy qoidalarni qamrab oladi.

XIX asrning oxiri, XX asrning boshlarida ijtimoiy-iqtisodiy hayotda vujudga kelgan siljishlar ayniqsa islom keng tarqalgan hududlarda yuzaga kelgan ilg‘or fikrlarning davlat taraqqiyotidan orqada qolayotgan g‘oyalarga qarshi kurashda kо‘zga tashlanadi. Bu jarayon islomga nisbatan qarashlarda ham о‘z aksini topgan. Bunga quyidagilarni misol keltirish mumkin. Islom modernizmi - islomning diniy ta’limotidagi iqtisodiy, siyosiy, huquqiy va ijtimoiy muammolarga taalluqli aqidalarni yangi zamon sharoitlariga muvofiklashtirish, zamonaniylashtirish orqali taraqqiyotning yangi yо‘llarini ishlab chiqishdir.

Islom traditsionalizmi oqimining tarafdorlari о‘rta asr aqidalariga qattiq amal qilib, ularni о‘zgarmas deb hisoblagan holda dinni har qanday isloh qilishga: modernizmga qat’iy qarshi chiqqanlar va hozir shunday qilayotirlar. Islomga e’tiqod qiluvchi har bir mо‘min, qaysi millatga mansubligidan qat’iy nazar, о‘z hayotida islom aqidalariga amal qilishi, ularni og‘ishmay bajarishi, islom traditsionalizmining asosiy prinsiplari hisoblanadi.

Islom fundamentalizmi esa «sof» islomni tiklash harakati asosida Markaziy Osiyo musulmonlari, kо‘pincha yosh musulmonlar orasida paydo bо‘lgan diniy oqim. Ushbu mavzuga bag‘ishlaigan - diniy fundamentalizm, ekstremizm haqida alohida ma’ruzalar mavjud.




Download 52,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish