Ona tili
1. Qaysi qatordagi so‘zlarda
i ga monand aytiladigan e unlisi qatnashgan?
A) kecha, ekran
B) telefon, teatr
C) tennis, mergan
D) chekmoq, berk
2. Mazkur qolipga mos sabab munosabatli qo’shma gap berilgan qatorni aniqlang.
A) Ilm-u ma’rilat e’zozlangan mamlakatda hech kim urush haqida bosh qotirmaydi, chunki ilm-u ma’rifat insonni yuksaklikka ko‘taradi.
B) Shuning uchun ham u jaranglagan ovozlarga qo‘shilib ashula aytgim keldi, siz buni tushunmaysiz.
C)
Muhabbat, muhabbat, olov ekansan, olovdek gurullab yondim shu bois…
D) Lekin kun isishini kutish haqida gap bo‘lishi ham mumkin emas, negaki havoga ishonish qiyin.
3. Imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan so‘zni aniqlang?
A) ahloqli B) qaxqaxa C) hasharot D) jigarbant
4. Til oldi va chuqur til orqa undoshlari bir bo‘g‘inda kelgan so‘z qaysi qatorda mavjud emas?
A) Omonlik tilasang o‘zingga o‘zing, tilingdan chiqarma yaroqsiz so‘zing.
B)
Yaxshilik nur keltirur, yomonlik – zulmat.
C) Haqiqat yo‘lini ochinglar, to‘g‘ri yo‘ldan yuringlar.
D) Vatan qadrini bilmagan o‘z qadrini ham bilmas.
5. Yolg‘on doim rostdan yengiladi. U suv yuzasidagi ko‘pikdek yo‘q bo‘lib ketadi. (Beruniy) Ushbu gap haqida noto‘g‘ri hukmni aniqlang.
A) mustaqil so‘zlarning barcha turi
qatnashgan
B) ikki o‘rinda otlashib kelgan sifat mavjud
C) ko‘makchi bilan ma’nodosh qo‘shimcha qatnashgan
D) ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi mavjud
6. Harakat bajaruvchisining shaxsi va sonini hamda shaxsga qarashlilik ma’nosini bildirgan egalik shakllari qaysi qatorda mavjud?
A) Boqqaning ikki echki, o‘shqirganing yer tebratar.
B) Mehnat qilib topganing – qand-u asal totganing.
C) Mulla bilganin o‘qir, tovuq ko‘rganin cho‘qir.
D) Buning sababini tezda aniqlashim kerak.
7. Chiqish kelishigi qo‘shimchasini olgan so‘z gapda qanday vazifada kela oladi?
1) vositali to‘ldiruvchi 2) vositasiz to‘ldiruvchi
3) payt holi 4) sabab holi 5) o‘rin holi
A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 3, 5
C) 1, 3, 4, 5 D) barchasi
8. Qaysi qatorda yordamchi so‘zlarga mansub uchta birlik qatnashgan?
A) Yig‘ilgan xaloyiq suron bilan yangi shahar tomon qo‘zg‘aldi.
B) Gulnoz shundan
keyin uch marta xat yozdi, lekin javob kelmadi.
C) Bilasizmi, siz va biz bir ariqdan suv ichamiz-a?
D) Hali xabaring yo‘qmi? Asrora opam kasalxonadalar-ku!
9. Aхir, mеn sizlаrni o‘zimning echkilаrimdаn-dа yaхshirоq bоqmаdimmi?
Ushbu gapda nechta olmosh qatnashgan?
A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 1 ta
10. Qaysi qatorda faqat ismlar guruhiga mansub birliklar berilgan?
A) mingta, har narsa, havo, oltov
B) ertalab, o‘tirmoq, o‘ntacha, buyuk
C) uyqu, chiroyli, ohista,
mardlarcha
D) kuz, biz, sakkizinchi, bugun, bari
11. Qaysi qatordagi iboraning ma’nosi to‘g‘ri izohlanmagan?
A)tegganga tegib,tegmaganga kesak otadigan – tegajoq, xira
B) ignaday narsani tuyaday qilmoq – bo‘rttirmoq
C) igna ustida o‘tirmoq – bardosh bermoq, chidamoq
D) qo‘y og‘zidan cho‘p olmagan – mo‘min,
yuvosh
12. Men do‘stlik targ‘ibotchisiman... Do‘stlikni e’zozlashning zarur shartlaridan biri do‘stlar bilan
uchrashib turishdir. Turli katta-kichik marosimlar:
bayramlar, tug‘ilgan kunlar, to‘ylar bilan bir qatorda do‘stona yig‘inlar ham bu munosabatlarni tobora
mustahkamlaydigan vositalardir.
Ushbu gapda qatnashgan sodda yasama so’zlar miqdorini toping. A) 6 ta B) 9 ta C) 7 ta D) 8 ta
13. Qaysi qatorda uyushish munosabati mavjud?
A) Lekin kun isishini kutish haqida gap bo‘lishi ham mumkin emas, chunki havoga ishonish qiyin..
B) Mustaqil so’zlarning barchasini ham atash ma’noli deb bo’lmaydi – olmoshlar leksik ma’noga ega bo’lmagan birlikdir.
C) Gap tarkibidagi so‘zlar ham ma’no tomondan, ham grammatik tomondan o‘zaro bog‘lanadi.
D) Ehtimol, ertalab o‘ziga isitib berish uchun shunaqa deyayotgandir.
14. Qaysi so‘zda
til undoshlarining barcha
turi uchraydi?
A) darvozabon B) shod-xurram C) jahongashta
D) xushomadgo‘y
15. Katta mutafakkir san’atkorning har bir asari chuqur o‘yga toldiradi... Kelajakka e’tiboringni qaratadi. Abdulla Qahhor davr, xalq talabi va istagini chuqur his qilgan hozirjavob yozuvchi edi. Bugun ana shunday ijodkorlarni tarbiyalash darkor.
Ushbu gapdagi so'zlar tarkibida qanday fonetik o'zgarishlar kuzatiladi?
A) faqat tovush almashishi
B) tovush
almashishi va tushishi
C) tovush orttirilishi, tushishi, almashishi
D) tovush
orttirilishi va almashishi