www.ziyouz.com kutubxonasi
34
30-bob
Qur'on tafsir qilish haqida
Faqih (rahimahulloh) aytadiki: Said ibn Jubayr Ibni Abbosdan (roziyallohu anhumo)
rivoyat qiladi. Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Kim Qur'onga o'z rayi bilan tafsir
aytsa, joyini do'zaxdan tayyorlasin", dedilar.
Abu Bakr Siddiq (roziyallohu anhu) Alloh taoloning "$" (Abasa, 31), degan so'zi haqida
so'ralganlarida, bilmayman, dedilar. So'ng: "O'zingizdan ayting", deyishdi. Shunda u
zot: "Qaysi er meni ko'taradi qaysi osmon menga soya qiladi, agar Alloh taoloning
kitobidan bilmagan narsamni o'z fikrim bilan aytsam, bilmayman", dedi.
Sha'biy Abu Solihning yonidan o'tib ketayotgan edi, uning qulog'idan ushlab: "Qur'on
o'qimasdan turib qanday tafsir qila olasan?!" dedi.
Umar (roziyallohu anhu) bir kishining qo'lida Mushafni ko'rdilar, har bir oyatning yonida
tafsiri yozilgan edi. Umar qaychini olib, uni qirqib tashladilar.
Hakim aytadilar: "Shurayh Qur'onning uchta oyatidan boshqasini tafsir qilmasdi.
Birinchisi:
"Magar ular (yarim mahrni olishdan) kechib yuborsa yoki nikoh qo'lida bo'lgan zot
kechsa" (Baqara, 237), oyatidagi "nikoh qo'lida bo'lgan zot erdir", derdi. Ikkinchisi:
"Unga hikmat hamda aniq-ravshan xitob ato etdik" (Sod, 20), oyatidagi "hikmat" so'zi
fiqh, "ochiq-ravshan xitob" esa hujjat va iymon, derdi. Uchinchisi:
"Zero, sen yollagan eng yaxshi kishi kuchli, ishonchli kishidir" (Qasas, 26), oyatidagi
kishi – Musoning quvvati o'n kishi ko'tara oladigan toshni ko'taradigan quvvatdir,
ishonchliligi esa, Joriya uning oldida yurganida, shamol esib qomatini bilintirdi. Shunda
Muso (alayhissalom), unga: "Orqada yur va menga yo'l ko'rsat", dedilar".
Oisha (roziyallohu anho): "Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) Qur'onni tafsir qilmasdilar,
faqat o'qiyotgan oyatlarini Jabroil bildirar edi", deydilar.
Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) tafsir qilmagan bo'lsalar, boshqalarga ham o'z raylari
bilan tafsir qilish joiz bo'lmasa, Qur'onning ma'no-bayonini bilishga qanday yo'l bor?
deyilsa, bundagi tafsirdan qaytarish mutashobih oyatlarga tegishli qaratilgan hammasiga
emas, deb javob beriladi. Alloh taolo:
"Endi dillarida haq yo'ldan og'ish bo'lgan kimsalar odamlarni aldab fitnaga solish va o'z
havoyi nafslariga muvofiq ta'vil-tafsir qilish uchun Uning mutashobih oyatlariga
ergashadilar" (Oli Imron, 7), degan. Chunki Qur'on xalqqa hujjat bo'lib tushgan. Agar
tafsir ilish joiz bo'lmasa, komil hujjat bo'la olmaydi. Shuning uchun arab tilini va sababi
nuzulni bilgan kishiga tafsir qilish joiz bo'ladi. Ammo mutakallif bo'lib, lug'at usullarini
bilmasa, tafsir qilishi joiz emas. Faqat eshitganini tafsir qilishi mumkin, bu esa hikoya
yo'li bilan bo'ladi, tafsir yo'li bilan emas. Buning ziyoni yo'q. Agar tafsir ilmini o'rgansa
va oyatdan hukm yoki dalil chiqarmoqchi bo'lsa, ziyoni yo'q. Agar eshitmasdan turib, bu
Bo’stonul orifiyn. Abu Lays Samarqandiy
Do'stlaringiz bilan baham: |