29-bob
Qur'onning yetti xil o'qilishi borasida
Bo’stonul orifiyn. Abu Lays Samarqandiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
33
Faqih (rahimahulloh) aytadilar: Ibn Abbos Nabiyning (sollallohu alayhi vasallam)
shunday deganlarini rivoyat qiladilar: "Jabroil menga Qur'onni bir xil o'qitdi, men
takrorlab, uni ko'paytirishini so'rayverdim, u ko'paytiraverdi, hatto yetti xil o'qishga
etdi". Boshqa xabarda: "Jabroil menga Qur'onni yettita qiroatda o'qishimni buyurdi.
Bularning hammasi shifo va kifoya qiluvchidir", deyiladi.
Ibn Mas'ud (roziyallohu anhu) aytadilar: "Bu Qur'on yettita qiroatda nozil bo'lgan. Har
bir o'qishning zohiri va botini bor".
Agar yetti xil o'qishning ma'nosi nima deyilsa, bu haqda har xil so'zlar bor. Ba'zilar: "Bu
holat ba'zi oyatlardagina topiladi. Masalan,
(Ahqof, 17), so'zi. Bu so'z yetti harfda o'qiladi. Raf'-pech, nasb-zabar va hafz-zer, yana
bular tanvinli va tanvinsiz o'qiladi. Shu olti xil usul bo'ladi, bundan tashqari, jazm-sukun
ham o'qiladi, bu yyettinchisidir. Masalan:
(Maryam, 25) so'zlariga o'xshashlar yetti uslubda o'qiladi. Bu usul hamma oyatlarda
ham topilavermaydi", deyishadi.
Ba'zilar esa: "Yetti xil usul degani, amr, nahiy, qissa, misol keltirish, mav'iza, jannatni
va'da berish, do'zaxdan qo'rqitishdir", deyishgan.
Abu Ubayda: "Yetti harf arab lug'atlaridan yettita lug'atdir. Buning ma'nosi bir harfda
yetti uslub bo'ladi degani emas, chunki hech qachon bunaqa o'qilmagan, lekin bu yetti
lug'at Qur'onda farq qiladi, ba'zisi Quraysh qabilasining lug'ati, ba'zisi Havozon, ba'zisi
Huzayl lug'ati, ba'zisi Yamoma lug'ati", deydilar.
Ba'zilar: "Yetti harf degani imomlardan yettitasi ixtiyor qilgan yetti xil o'qishdir, birinchisi
Osim ibn Najvod, ikkinchisi Hamza ibn Habibuz Ziyod, uchinchisi Kisoiy, bu uchalasi Kufa
ahlining qorilari, to'rtinchisi Abdulloh ibn Kasir, u Makkaning imomi, beshinchisi Nofi' ibn
Abdurahmon, u Muoviyaning mavlosi va Madina ahlining imomi, oltinchisi Abu Amr, ismi
Rayyon, kunyasi Abu Amr ibn Aloyi va u Basra ahlining imomi, yettinchisi Abdulloh ibn
Omir va Shom ahlining imomidir. Bu yettitalasidan har biri bir qiroatni ixtiyor qilganlar.
Hammalariniki, sahih, Rasulullohdan (sollallohu alayhi vasallam) olishgan.
Faqih (rahimahulloh) aytadilar: Ulamolar ikki xil o'qilgan oyat xususida ixtilof qilishdi.
Ba'zilari: "Alloh taolo bitta qiroatni aytgan, ikkitaga izn bergan", deyishdi. Ba'zilari:
"Alloh ikkalasini ham aytgan" deb aytishdilar. Bizning nazdimizda durust bo'lgani vallohu
a'lam: agar har bir qiroat uchun boshqa qiroatning tafsirini xilofidagi tafsiri bo'lganida
(bu Alloh ikkalasini ham aytdi deganga javob) ikkita qiroat ikkita oyat o'rnida bo'lardi.
Xuddi Alloh taoloning: $ va $ degan qavliga o'xshash. Shu oyatga o'xshashgan barcha
oyatlar yuqoridagi hukmdadir. Ikkita qiroatning tafsiri bitta bo'lsa, masalan, "al-buyuta",
yoki "al-buyuti", "al-muhsonata" va "al-muhsonati"ga o'xshash fatha va kasra bilan
bo'ladi. Ikkita qiroatning bittasini aytib, ularni har bir qabilaga o'zlarining tiliga mos qilib
ikkinchi qiroatga ijozat berdi. Agar ikkita qiroatning birini aytadi, degan gap durust
bo'lsa, Quraysh lug'atida aytishi kerak, deyiladi. Chunki Nabiy (sollallohu alayhi
vasallam) Qurayshdan edilar va Qur'on uning lug'atida nozil bo'lgan. Vaki' Sufyondan, u
Mujohiddan: "Qur'on Quraysh tilida nozil bo'ldi", degan rivoyatni naql qilgan.
Bo’stonul orifiyn. Abu Lays Samarqandiy
Do'stlaringiz bilan baham: |