Bo’stonul orifiyn. Abu Lays Samarqandiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
32
yuborsa, halok bo'ladi", dedilar.
Umar (roziyallohu anhu) tavof vaqtida ikkita kishini ko'rib, ularga: "Arab
tilini
o'rganishga yo'l izlanglar", dedilar.
Faqih (rahimahulloh) aytadilar: Arab tilidan boshqa tilda gapirsa bo'ladi, bunda gunoh
yo'q, Nabiyning (sollallohu alayhi vasallam) fors tilida gapirganlari haqida xabar bor. Bu
Jobir ibn Abdullohdan rivoyat qilingan. U kishi aytadilar: "Men Xandaq kunida
Rasulullohga (sollallohu alayhi vasallam) taom tayyorlab, u kishiga bildirdim.
Rasululloh
ashoblariga: "Jobirning uyiga boringlar u sizlarga sho'rva tayyorladi", dedilar. Shunda
Nabiyga (sollallohu alayhi vasallam) sadaqaga xurmo keltirildi, yonlarida Hasan va
Husayn bor edi (roziyallohu anhumo). Ulardan bittasi xurmoni oldi va og'ziga soldi.
Shunda Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) barmoqlarini uning og'ziga kirgizib "qix,
qix" dedilar va xurmoni chiqardilar".
Abu Hurayraning qorni og'rib, Rasulullohga (sollallohu alayhi vasallam)
shikoyat
qilganida Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Ishkam dava?" (ya'ni, qorning
og'riyaptimi) dedilar va namoz o'qishga buyurdilar. Salmoni Forsiydan ham shu hadis
rivoyat qilingan. Shunisi sahihroqdir.
Sufyon: "Insonlar qiyomat kunida jannatga kirishlaridan oldin Suryoniy tilida,
jannatga
kirganlaridan so'ng, arab tilida gapirishlari xabari bizga etdi", dedi.
Abdusomad ibn Mu'qal rivoyat qiladi: "Vahb ibn Munabbah: "Birorta lug'at-til yo'qki,
undan biror narsa Qur'onda bo'lmasa", dedilar. Unga: "Qaerida?" deyildi. "Qur'ondagi
"sijjil" so'zi forsiydan, ya'ni, "sang" va "gil"qo'shilgan.
"Ey er, suvingni yutgil" (Hud, 44), so'zi habash tilidan,
"Ularni oldingga to'plagin" (Baqara, 260), so'zi rumiy tildan,
"qochib qutilish vaqti emas edi" (Sod, 3), so'zi suryoniy tildan", dedilar.
Habash tilida
"ikkita zaif" ma'nosidadir", deydi. Ba'zilar Qur'onda arab tilidan boshqa til bo'lishi
mumkin emas, chunki Alloh taolo:
"Ochiq-ravshan arabiy til bilan nozil qildi" (Shuaro, 195), deb aytgan deydi. Bunda javob
ikkita: habash, rum tillaridan deb zikr qilingan lafzlar, haqiqatda o'sha tillarning lafzlari,
lekin arablar bu so'zlarni iste'mol
qiladilar, ularni yaxshi tushunadilar. Arablar ularni
ishlatgani sababli, ular arabcha bo'lib ketgan.
Ikkinchi javob: Alloh taoloning "ochiq-ravshan arabiy tili bilan" degan so'ziga ko'ra,
haqiqatda Qur'on arab tilida nozil bo'lgan, garchi ba'zi so'zlari boshqa tilda bo'lsa ham.
Agar: "Qanday qilib Qur'on ularga hujjat bo'ladi, ularning tilida bo'lmasa?", deb so'ralsa,
arablar bu so'zlarni, garchi ba'zi so'zlari boshqa tilda bo'lsa ham, tushunadilar shuning
uchun ularga Qur'on hujjat bo'ladi, deb javob beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: