www.ziyouz.com kutubxonasi
154
otirganida: "Bissmillahil laziy la-a yazurru ma' asmihi shay un fil arzi va la-a fis-samai va
huvas sami'ul 'aliym", deb uch marta ertalab aytsa, kechgacha, kechasi aytsa, tong
otguncha unga balo etmaydi", dedilar.
Usmon ibn Abul Os: "Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) mening oldimga keldilar,
menda o'ldirib qo'yadigan darajada qattiq og'riq bor edi. Shunda u zot: "O'ng qo'ling
bilan yetti marta og'riq erini sila va: "A'uzu billahi va qudrotihi min sharri ma ajidu"
(Alloh izzati va qudrati bilan o'zim topayotgan narsaning yomonligidan panoh
so'rayman), deb ayt", dedilar".
Abu Hurayra rivoyat qiladilar: "Islomga yangi kirgan bir kishi: "Kecha uxlay olmadim",
dedi. Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) sababini so'radilar. U chayon chaqqanini aytdi.
Shunda Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Agar sen "A'uzu bikalimatillahit-
tammati kulliha min sharri ma xuliq", deb aytganingda, inshaalloh, senga zarar bermas
edi", dedilar".
Ba'zi sahobalar: "Kim aksirganda "Alhamdu lillahi robbil 'alamiyn 'ala kulli hal", desa, har
qanday jag' tishi og'rig'idan omonlikda bo'ladi", deyishgan.
Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Kim aksirgan odamdan oldin "Alhahamdu lillahi
robbil 'alamiyn", desa, tish, quloq va qorin og'rig'idan omonda bo'ladi", dedilar. Ya'ni,
aksirgan odamdan oldin aksirmagan odam alhamdu lillah, deb aytsa.
Ibn Ma'sud (roziyallohu anhu): "Baqara surasidan o'n oyat – avvalidan to'rt oyat, oyat ul
kursiy va undan keyingi ikki oyat, suraning oxiridagi uch oyatni ertalab o'qisa,
kechgacha bu xonadonga shayton kirmaydi, agar kechaning avvalida o'qisa, tong
otguncha kira olmaydi. Agar jinniga o'qilsa, o'ziga kelib qoladi", dedilar.
Oldingilarning ba'zilari aytadi: "Kimga ne'matlar jamlansa, Allohga hamd aytishni
ko'paytirsin, kimning g'ami ko'paysa, istig'for ko'paytirsin, agar kambag'allik unga qattiq
yopishib olsa, "la-a havla va la-a quvvata illa billah"ni ko'p aytsin.
Ja'far ibn Muhammad (roziyallohu anhu): "To'rtta narsa bilan balolangan odamning to'rt
narsadan g'aflatda qolganidan ajablandim: G'am-tashvish bilan balolanib, "la-a ilaha illa
anta subhanaka inniy kuntu minazzolimiyn", deb aytmagan kishidan. Bir narsadan
ko'rqib "hasbiyallohu va ni'mal vakiyl", deb aytmagan kishidan ajablandim, chunki Alloh
taolo (? ) deb aytgan. Odamlardan qo'rqib, "ufavvizu amriy ilalloh", deb aytmagan
kishidan ajablandim. Jannatni xohlab turib, "ma shaallohu la-a quvvata illa billah", deb
aytmagan kishidan ajablandim.
Tavfiq Allohdandir va Alloh har bir tanglikda kifoya qiladi. Allohdan to'g'rilik va haqiqatga
hidoyat qilishini so'rayman. Sayyidimiz, xotamul anbiyo, rasullar imomi Muhammad
Mustafoga, u zotning ahli va sahobalariga qiyomat kuniga qadar salovot va salomlar
bo'lsin!
www.ziyouz.com
2008
Do'stlaringiz bilan baham: |