Microsoft Word bustonul orifiyn ziyouz com doc



Download 406,08 Kb.
Pdf ko'rish
bet197/203
Sana26.09.2021
Hajmi406,08 Kb.
#185964
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   203
Bog'liq
Abu Lays Samarqandiy. Bo'stonul orifiyn

www.ziyouz.com kutubxonasi 
149
G'azotlardan yana biri Kichkina Badr jangi. Abu Sufyon Uhuddan qaytayotganida: "Sizlar 
bilan Kichik Badrda uchrashamiz", dedi. Shu erda bozor bor edi. Rasululloh (sollallohu 
alayhi vasallam) etmish kishi bilan shu erga keldilar. Ammo kofirlardan biror kishi 
chiqmadi. Musulmonlar salomat holda qaytdilar. Bu haqda Alloh taoloning: "Alloh va 
rasuliga bo'yinsungan..." so'zidan 
 
"Bas, u yurishdan biron noxushlik etmay, Allohning ne'mat va fazli bilan qaytdilar" (Oli 
Imron, 172–174-oyatlar), so'zigacha nozil bo'ldi.  
G'azotlardan yana Batni Raji' jangi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Marsad ibn 
Marsadni yetti kishi yubordilar. Ular bilan Osim ibn Sobit ibn Abul Aflah ham bor edi. 
Ular Batni Raji' degan joyga tushishdi. Mushriklardan bir jamoa chiqdi va urush bo'ldi. 
Kofirlar Xubayb bilan bir kishini asir olishdi, ikkalasini Makkaga olib kelib, shu erda 
o'ldirishdi. Mo'minlardan bir kishi tirik qoldi. Uni o'lik deb o'ylab tashlab ketishgan edi. 
G'azotlardan yana biri: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Muhammad ibn Maslamani 
bir jamoa bilan yubordilar. Mushriklar chiqib, ularni o'ldirishdi, Muhammad ibn 
Maslamani o'lgan gumon qilishib, tashlab ketishdi. So'ng u qutilib qoldi. 
G'azotlardan yana biri Bi'ri Ma'una jangidir. Omir ibn Molik arabning mohir 
chavondozlaridan "Nayza o'ynatuvchi", degan laqabi ham bor. U Rasulullohga (sollallohu 
alayhi vasallam): "Menga Qur'onni ta'lim beradigan, dinni o'rgatadigan kishilarni 
yuboring. Ular mening himoyamda bo'ladi", deb maktub yozdi. U zot (sollallohu alayhi 
vasallam) Munzir ibn Amr So'idiyni muhojir va ansorlardan iborat o'n to'rt kishi bilan 
yubordilar. Bir kecha yurgach, ularga Omir ibn Molik o'ldi degan xabar etdi. So'ng 
Rasulullohga (sollallohu alayhi vasallam) xat yuborishdi. Nabiy ularga yordam uchun 
to'rt kishini yubordilar. Keyin hammalari Bi'ri Ma'una degan joyga kelishdi. Ularga qarshi 
Omir Tufayl, Ra'l, Zakvon, Bani Lihyon va Asiya kabi arab qabilalari bilan chiqdi. 
Musulmonlarning hammasi Bi'ri Ma'unada o'ldirildilar, faqat Amr ibn Umayya Zamiriy, 
Sa'd ibn Abu Vaqqos va yana bir kishi qavmdan orqada qolib, omon qolishdi va ularning 
o'lganlarini bilganlaridan so'ng, Madinaga qaytib ketishdi. Rasululloh (sollallohu alayhi 
vasallam) bu qabilalarni qirq kun duoibad qildilar. Qotil Ka'b ibn Ashrafga Muhammad 
ibn Salamani uch kishi bilan yubordilar va ular uni o'ldirishdi. 
Bani Naziyr jangi. Amr ibn Umayya Zamiriy Bi'ri Ma'unadan qaytayotib Madinaga 
yaqinlashganida, Bani Kilob qabilasidan bo'lgan ikki kishi chiqdi. Ularni Rasululloh 
(sollallohu alayhi vasallam) kiyim bilan siylagan edilar. Amr u ikkalasini o'ldirdi, chunki 
ularning musulmon bo'lganini bilmagan edi. Shunda Bani Kilobdagilar kelib, ularning 
xunini talab qilishdi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Abu Bakr, Umar va Alilar 
(roziyallohu anhum) bilan kilobiylarning xunini to'lashga yordam so'rab Bani Naziyrga 
bordilar. O'rtada o'zaro yordam berishga axd bor edi. Ammo Bani Naziyr Nabiyni 
(sollallohu alayhi vasallam) o'ldirishni qasd qildi, Jabroil buning xabarini etkazdi. Shunda 
Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) ularning orqa tomonidan chiqib, Madinaga 
keldilar. Askar to'pladilar va ularni qamal qildilar. Ularning xurmolarni kesib, binolarini 
buzdilar. So'ng ularni mollarini tashlab chiqib ketish sharti bilan tark qildilar. Har bir 
kishi o'zi ko'taradigan miqdordagi narsasini tuyaga yukladi. Rasululloh (sollallohu alayhi 
vasallam) ularni Shomga surgun qildilar. Bu haqda Alloh taoloning: "U ahli kitoblardan 
(yahudiylardan) kofir bo'lgan kimsalarni birinchi to'plashdayoq haydab chiqargan zotdir" 


Bo’stonul orifiyn. Abu Lays Samarqandiy 
 
 

Download 406,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish