www.ziyouz.com kutubxonasi
153
dedilar. U zotdan: "Banda qanday qilib shoshiladi?", deb so'rashdi. U: "Men duo qildim,
ammo ijobat qilinmadi, deb shoshiladi", dedilar.
Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Banda duo qilsa, albatta, Alloh unga so'ragan
narsasini beradi yoki so'raganidan kattaroq bir baloni undan qaytaradi yoki so'raganidan
yaxshiroq narsani qiyomatga saqlab qo'yadi", dedilar.
A'mash Ibrohimning shunday deganlarini rivoyat qiladilar: "Agar birontangiz tushida
yomon narsani ko'rsa, chap tomoniga uch marta tuflasin, Allohning farishtalari va rasuli
panoh tilagan narsa bilan tushimda ko'rgan narsalarning yomonligidan menga dunyo va
oxiratda zarar berishidan panoh tilayman, deb aytsin, chunki bu unga Alloh taoloning
izni bilan zarar keltiradi".
Abu Hurayra rivoyat qiladilar: "Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) "Agar birontangiz
yomon tush ko'rsa, chap tomoniga uch marta tuflasin, uning yomonligidan Allohdan
panoh tilasin, shunda unga zarar bermaydi", dedilar".
Abdulloh ibn Mas'ud (roziyallohu anhu): "U uylansang, xotingga buyur, ikki rak'at namoz
o'qisin, so'ng uning boshidan ushla va: "Ey Parvardigor, menga oilamda va oilamga
menda baraka ber, meni ulardan va ularni mendan rizqlantir, bizni yaxshilikda jamlagan
narsang bilan jamla va oramizni o'zing ajratgan yaxshi narsa bilan ajrat", deb ayt",
dedilar.
Ibn Abbos (roziyallohu anhu): "Agar birontangiz ahliga, yaqinlashsa, "Ey Parvardigor,
shaytonni mendan va meni rizqlantiradigan narsangdan uzoqlashtir", deb aytsin. Agar
ularning orasida bola tug'ilsa, shayton unga Alloh taoloning izni bilan zarar bermaydi",
dedilar.
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu) rivoyat qiladilar: "Nabiy (sollallohu alayhi vasallam):
"Alloh bandalariga in'om etgan ne'mat oilada yoki molda yoki boladadir. Agar banda:
"Ma shaallohu la-havla va la-quvvata illa-a billah", deb aytsa, undan o'limdan boshqa
ofatni ko'taradi", dedilar, so'ng ( ) degan oyatni o'qidilar".
Mujohid aytadilar: "Agar senga biror xursandchilik etsa, ma shaallohu la-a havla va la-a
quvvata illa-a billah, yaxshiliklarni faqat Alloh keltiradi, yomonliklarni faqat Alloh
ketkazadi, deb ayt, so'ng xursandchilikni yuzingga chiqar".
Ibn Umar (roziyallohu anhumo): "Kimni bir zalolat adashtirib qo'ysa, ikki rak'at namoz
o'qisin, tashahhuddan so'ng: "Ey Parvardigor, ey adashuvchilarni hadoyat qilguvchi va
adashishdan qaytaruvchi, meni adashishimdan o'z izzating va sultonliging bilan meni
adashtirishdan qaytar, chunki bu sening fazling va marhamatingdandir", deb aytsin",
deydilar.
Sufyon Savriy ibn Abbosga (roziyallohu anhumo) nisbat berib aytadilarki: "Agar ayol
tug'ishga qiynalsa, "Bissmillahil laziy la-a ilaha illallohul-halimul kariym, subhana robbil
'arshil 'aziym. Alhamdu lillahi robbil 'alamin", deb yozsin", dedilar". Sufyon bu
kalimalarni jomga yozib so'ng uni suv bilan chayib-ichishni aytganlar.
Ubbon Usmondan rivoyat qiladi: Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Kimki tong
Bo’stonul orifiyn. Abu Lays Samarqandiy
Do'stlaringiz bilan baham: |