Microsoft Word bustonul orifiyn ziyouz com doc


-bob  Birodarlarni ziyorat qilish haqida



Download 406,08 Kb.
Pdf ko'rish
bet44/203
Sana26.09.2021
Hajmi406,08 Kb.
#185964
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   203
Bog'liq
Abu Lays Samarqandiy. Bo'stonul orifiyn

32-bob 
Birodarlarni ziyorat qilish haqida 
Faqih (rahimahulloh) aytadilar: Birodar va do'stlarni ziyorat qilish yaxshi va bu savobli 
ishdir. U bilan do'stlik ziyoda bo'ladi. Abu Umoma Bohiliy: "Bir mil yurib kasalni ziyorat 
qil, ikki mil yurib Alloh yo'lidagi do'stingni ziyorat qil, uch mil yurib ikki kishining orasini 
isloh qil", dedilar.  
Hukamolardan ba'zisi: "Ziyoratni tark qilib qo'yma, seni esdan chiqarib yuboradilar, 
ziyoratni ko'paytirma ham, sendan malollanib qoladilar", deydi.  
Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) Abu Hurayraga: "Yo Abu Hurayra, kamroq ziyorat 
qilsang, muhabbating ortadi", dedilar.  
Bakr ibn Abdulloh Mazaniy: "Sog' odam ziyorat qilinadi, kasal borib ko'riladi", deydilar.  
Umar (roziyallohu anhu) Abu Muso Ash'ariyga: "Oldinga kelgan insonlarni yuzlariga qara 
va ularni hurmat qil, chunki insonlar orasida hojatlarni chiqaradiganlari, zikr 
qiladiganlari, albatta, bor", dedilar.  
Abu Ja'far aytadilar: "Ali ibn Abu Tolibga (roziyallohu anhu) ko'rpacha to'shadim, unga 
o'tirdilar-da: "Hurmatdan faqatgina eshak bosh tortadi", dedilar".  
Toriq ibn Abdurahmon: "Sha'biy huzurida o'tirgan edim, uning oldiga Falon ibn Jarir 
kelgan edi, unga yostiq tashladi, u o'tirdi-da: "Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): 
"Sizlarga biror qavmning ulug'i kelsa, uni hurmat qilinglar", deb aytganlar" deb hikoya 
qiladi. 
Salma ibn Kuhayl Abu Juhayfadan rivoyat qiladi: "Ulug'lar bilan o'tir, ulamolar bilan 
birga yur, hukamolar bilan do'st bo'l".  
Abu Hurayra rivoyat qiladilar: "Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Kishi Mahshargohga 
do'stining dinida keladi, bas, har biringiz kimni do'st tutayotganiga qarasin", dedilar".  
Faqih (rahimahulloh) aytadilar: Ba'zilar insonlarga aralashishni tark qilib, uzlatga 
chekindilar va: "Uzlatda salomatlik bor", dedilar. Bu haqda biz aytadigan gap shuki, kishi 
dinini saqlab qololsa, uzlat qilsin, ammo nafsi bilan holi qolib, vasvasaga tushsa, uning 
uchun insonlar haq-huquqlari bilib, va ularni ulug'lab ularga aralashib yurishi afzaldir.  


Bo’stonul orifiyn. Abu Lays Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
37
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo) aytadilar: "Agar vasvasa bo'lmaganida, men insonlar 
bilan gaplashishni xohlamasdim". Hukamolardan biri o'g'liga: "Ey o'g'ilcham, besh toifa 
insonlardan tashqari xohlaganing bilan do'st bo'l, ammo besh kishi bilan do'st bo'lishdan 
saqlan. Yolg'onchini do'st tutma, chunki yolg'onchining so'zi sarob kabi yaqinni uzoq, 
uzoqni yaqin ko'rsatadi. Ahmoqni do'st tutma, chunki u senga foyda beraman deb zarar 
keltiradi. Tamagirni do'st tutma, chunki u senga eyimlik va ichimlikni sotadi. Baxilni 
do'st tutma, chunki baxil senga kerak bo'lganda yordamini bermaydi. Qo'pol bilan 
do'stlashma, chunki u seni ham, ota-onangni ham so'kadi. Qo'pollik qilayotgani esa, 
uning xayoliga ham kelmaydi". 
 

Download 406,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish