Microsoft Word bustonul orifiyn ziyouz com doc


-bob  Kiyish durust bo'lgan va durust bo'lmagan liboslar haqida



Download 406,08 Kb.
Pdf ko'rish
bet52/203
Sana26.09.2021
Hajmi406,08 Kb.
#185964
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   203
Bog'liq
Abu Lays Samarqandiy. Bo'stonul orifiyn

39-bob 
Kiyish durust bo'lgan va durust bo'lmagan liboslar haqida 
Faqih Abu Lays (rahimahulloh) aytadilar: Erkagu ayolga hazzani – ipakdan kiyim kiyish 
joizdir, chunki sahobalar hazzani kiyishgan. Ba'zilar uni kiyishni makruh sanashgan. 
Hasan Basriy (rahimahulloh) aytadilar: "Uzilib ketguncha qamchini bo'ynimga o'rashim 
menga ipakni kiyishimdan yaxshiroqdir". 
Lekin biz aytamizki, bu kiyimning makruhligi xossatan o'zlariga tegishli bo'lishi mumkin, 
chunki Hasan Basriy juda kamtar bo'lganlar. Boshqalarga harom qilmaganlar.  
Haysamadan rivoyat qilinadi: "Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) ashobidan o'n 
uchtasini ko'rdim, ular hazzani kiyishardilar.  
Ikrima aytadilar: "Ibn Abbosning (roziyallohu anhumo) hazzadan bo'lgan kiyimi bor edi".  
Vahb ibn Hayson aytadilar: "Jobir ibn Abdullohning ustida hazzadan bo'lgan kiyimni 
ko'rdim".  
Shuningdek, Abu Hurayrada (roziyallohu anhu) ham hazza kiyim bo'lgani rivoyat 
qilinadi. 
Erkakka harir, yaltiroq, ipak kiyish joiz emas, ayollarga mumkin. Bu hukm Anas ibn 
Molik Rasulullohdan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qilgan hadisga binoan: "Kimki bu 
dunyoda harir kiysa, oxiratda uni kiymaydi".  
Abdulloh ibn Umar (roziyallohu anhumo) aytadilarki: "Rasululloh (sollallohu alayhi 
vasallam) chiqdilar, bir qo'llarida oltin va bir qo'llarida harir bor edi va: "Bu ikkalasi 
ummatimning erkaklariga harom, ayollariga halol qilindi", dedilar".  
Muhammad ibn Siyrin erkagu ayolga harir kiyishni makruh sanaganlar. Hujjatlari 
Nabiyning (sollallohu alayhi vasallam): "Oxiratda nasibasi bo'lmagan kishi harirni 
kiyadi", degan hadislaridir, chunki bunda erkak va ayollar orasini ajratilmagan. Javoban 
aytamizki, albatta, bu xabar erkaklarga qaratildi, chunki boshqa hadisda "ayollarga 
halol" deb aytilgan so'z uni tafsir qiladi.  
Jangda harirni kiyish to'g'risida ixtilof qilingan. Ba'zilar joiz emas deydi. Abu Hanifa ham 
shunday deganlar. Ba'zilar buni zarari yo'q, deydi. Bu Imom Abu Yusuf va Imom 
Muhammadning fikrlari.  
Urushda harir kiyishni makruh deganlarning hujjati hadisdagi qaytariq ommatan 
kelganidir. Ikrima jangda harir va yaltiroq libos kiyishni makruh sanardilar va 
aytardilarki: "Ular harir kiyish sababli shahidlikni rad qildi". Hasan Basriy ham jangda 
harir kiyishni makruh deganlari rivoyat qilingan.  


Bo’stonul orifiyn. Abu Lays Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
43
Ammo joiz deganlarning hujjati Umardan (roziyallohu anhu) rivoyat qilingan hadisdir. "U 
zotga: "Dushmanga yo'liqqanimizda, ularning qurollaridagi harir va yalt-yultlari 
ko'zimizga haybatli ko'rindi", deyishdi. Shunda Umar (roziyallohu anhu): "Sizlar ham 
qurollaringizga harir va yaltiroq narsalarni o'ranglar", dedilar.  
Qosim ibn Muhammad aytadilar: "Nabiyning (sollallohu alayhi vasallam) ashobi jangda 
harir va yaltiroq libos kiyishda karohiyat ko'rmasdi". 

Download 406,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish